Fan: Hasharotlar ekologiyasi
Download 1.62 Mb.
|
hasharotlarning veterenariyadagi ahamiyati
Burun bo'shlig'i va miyaga joylashib olgan bo'ka lichinkalari qo'y va echkilarda soxta aylanma (tentak) kasalligini paydo qiladi, ya'ni mollarning hushidan ketishi, bir joyda aylanishi kuzatiladi. Kasallangan yosh mollar ko'pincha nobud bo'ladi. Nafas yo'llari zararlanganda esa qo'ylar zotiljam kasalligidan o'ladi.Zararlangan hayvon ozib ketadi va mahsulot sifati pasayadi. Ba’zan ular tuxumlarini odam ko’ziga purkab yuborishi ham mumkin. Lichinkalar odam ko'ziga tushib qolsa miaz, konyunktivit kasalliklarini keltirib chiqaradi. Estrozga qarshi kurashda kompleks chora-tadbirlar qo'llaniladi. Birinchi navbatda, kasallangan qo'y va echkilar davolanadi. Buning uchun mollarning burun bo'shlig'iga yodning 0,25 % li va xlorofosning 2 % li eritmasi pulverizatorda purkalib, burun bo'shlig'idagi bo'ka lichinkalari haydab chiqariladi. Kasallik manbai hisoblangan bo'kalarning hamma yoshdagi lichinkalari qirib tashlanadi
Tuya bo'kasi (Oephlopeia titihatez) ham tirik lichinkalarini tuyaning burun teshiklariga qo'yadi. Lichinkalar burun kataklari va bosh suyaklari bo'shliqlarida parazitlik qilib, tuyalarda mahalliy tilda "burun og'ru" deb ataladigan kasalliknikeltirib chiqaradi. O'zbekiston sharoitida qanotli bo'kalar may oyidan boshlab kuzgacha uchraydi. Tuya bo'kasi lichinkalari burun bo'shlig'ida 2 marta tullab, 3 yoshga kiradi, bunda ularning uzunligi 2,3-5,7 sm ga yetadi. Kuzda qo'yilgan mayda lichinkalar tuyaning burun bo'shlig'ida bahorgacha parazitlik qilib, 3 yoshga kiradi va erta bahorda tuyaning burnidan yerga tushib, g'umbakka aylanadi.G'umbakdan 28-41 kundan keyin qanotli bo'ka uchib chiqadi.Uchib chiqqan erkak bo'kalar urg'ochilarini otalantirib, o'lib ketadi. Urg'ochilari esa tuyalar orasida uchib yurib, yetilgan mayda lichinkalarini tuyalar burun teshiklariga qo'yadi.
Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling