Fan: Hasharotlar ekologiyasi
Download 1.62 Mb.
|
hasharotlarning veterenariyadagi ahamiyati
So'nalar (Tabanidae) oilasiga eng yirik qon so'ruvchi ikki qanotlilar kiradi. So’nalar tanasining uzunligi 6–30 mm bo’lib, rangi turlariga qarab sariq, qora va kulrang tusda bo’ladi. Boshining yon tomonida yirik fasetkali ko’zlari joylashgan. Ko'zlari qizg'ish tilla rangda tovlanib turadi. Boshining ostki qismida og’zi joylashgan bo’lib, og’iz apparati urg’ochilarida sanchib so’ruvchi tipda, erkaklarida yalovchi tipda tuzilgan bo’lib, xartumcha ko’rinishda. Erkagi va yosh urg'ochisi gul nektari bilan oziqlanadi. Urg'ochi so'nalar faqat keyin qon bilan oziqlanishga o'tib, qoramollarga, odam va yovvoyi hayvonlarga hujum qiladi. Ular bu davrda kemiruvchilar, kaltakesaklar va hatto hayvonlarning 2-3 kunlik murdalariga ham hujum qilishi mumkin. So'nalar hayvonlar terisini sanchib-yalovchi yoki kesib-yalovchi og'iz organlari orqali kesib, shu joydan chiqadigan qonni so'rib oziqlanadi va 2-4 kundan so'ng suv yoki ariq bo'ylaridagi nam tuproqlarga to’p-to’p qilib tuxum quyadi
So'nalar 1 yilgacha yashaydi, ammo qon so'rib olgan urg'ochi so'na 1 oygina yashaydi va shu vaqt ichida bitta urg'ochi so'na ariq bo'yidagi nam tuproqqa 300 tadan 3500 tagacha tuxum qo'yadi. Tuxumlardan 1-2 haftadan keyin qurtlar chiqadi. Qurtiar 10-11 oygacha botqoqlikdagi or-ganik qoldiqlar bilan oziqlanadi. Bu muddat ichida ular 6 marta po'st tashlab, 6 yoshga kiradi. Bahorda qurtlar g'umbakka ayianadi. G'umbaklik davri ob-havoga bog'liq bo'lib, u 6 kundan 25 kungacha davom etadi, so'ngra jmsiy voyaga yetgan qanotli so'na uchib chiqadi.
Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling