Fan ilmiy dunyoqarash shakli
Download 127 Kb.
|
FAN ILMIY DUNYOQARASH SHAKLI
antik falsafa – miloddan avvalgi - VI-III asrlar;
o’rta asr G’arb falsafasi milodiy -IV – XIVasrlar; yaqin Sharq hamda Markaziy Osiyo Uyg’onish davri falsafasi - IX-XII asrlar; g’arbiy Evropa Uyg’onish davri falsafasi - XIV-XVI asrlar; yangi davr falsafasi - XVII- XIX asrlar; eng yangi (hozirgi zamon) falsafasi - XX-XXI asrlar. Falsafaning strukturasi. Falsafa o’z shakllanishi va rivojlanishining qadimgi davridayoq, tabiat, inson, jamiyat va ma’naviyatni, shuningdek sababiy bog’lanishlar, qonunlar va shu kabilarni bilish sohasida yuksak natijalarga erishdi va rasionallik nuqtai nazaridan odamlarning dunyo haqidagi umumiy tasavvuriga aylandi. Ammo olamning cheksiz darajada rang-barangligi va serqirraligi tufayli o’sha davrdayoq parchalanmagan falsafiy bilimlar va tasavvurlardan ayrim bo’limlar ajralib chiqa boshladi, vaqt o’tishi bilan rivojlanib, ancha aniq shakl-shamoyil kasb etdi va yangi bilimlar bilan to’ldirildi. ««Dunyo – inson» tizimidagi munosabatlarning rang-barangligi predmetli-amaliy, gnoseologik, akseologik, estetik, axloqiy va boshqa xil munosabatlar bilan belgilanadi. Quyidagilar falsafaning strukturasi hisoblanadi: ontologiya – mavjudlik, borliq haqidagi bilim; gnoseologiya (boshqa bir terminologiyaga ko’ra – epistemologiya) – bilish nazariyasi; aksiologiya - qadriyatlar haqidagi ta’limot; praksiologiya – borliqni o’zlashtirishga qaratilgan inson faoliyatini o’rganuvchi ta’limot; ijtimoiy falsafa – jamiyat haqidagi ta’limot; logika(mantiq) – tafakkur shakllari va qonunlari haqidagi ta’limot etika – axloq haqidagi ta’limot; estetika – nafasatshunoslik haqidagi ta’limot falsafiy antropologiya – inson haqidagi ta’limot. XIX asr oxiri va XX asr boshlaridan jins falsafasi (gender falsafsi), texnika falsafasi, ta’lim falsafasi va boshqalar paydo bo’ldi. Download 127 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling