Fan ilmiy dunyoqarash shakli
Download 127 Kb.
|
FAN ILMIY DUNYOQARASH SHAKLI
Diniy dunyoqarash shakllanishi va mohiyati. Diniy dunyoqarash- dunyoqarashning tarixan ikkinchi shakli dindir. (Din so’zi arabchadan tarjimada e’tiqod, ishonch, ishonmoq degan ma’nolarni anglatadi.) Mif kabi, din zamirida ham e’tiqod, tuyg’ular va emosiyalar yotadi. Garchi din kurtaklari ««aqlli odam» dunyoqarashi shakllanishining dastlabki bosqichlarida, ya’ni taxminan 40-60 ming yil muqaddam paydo bo’lgan bo’lsa-da, umuman olganda u dunyoqarashning mustaqil shakli sifatida keyinroq, jumladan mif ta’sirida insonning mavxum fikrlash qobiliyati sezilarli darajada kuchaygan davrda vujudga kelgan.
Diniy dunyoqarash odamlarning g’ayritabiiy narsalar (xudolar, ««oliy aql», qandaydir absolyut va sh.k.)ga bo’lgan e’tiqodiga asoslanuvchi tegishli xulq-atvori va o’ziga xos harakatlaridir. Agar mifologiyada an’anaga, rivoyat qiluvchining, ya’ni oqsoqolning obro’siga e’tiqod kuchli bo’lsa, dinda g’ayritabiiy narsalarga e’tiqod birinchi o’rinda turadi, oliy kuchlar nomidan rivoyat qiluvchi ruhoniylar obro’si esa ikkinchi darajali rol o’ynaydi. Xullas, din murakkab ma’naviy tuzilma va ijtimoiy-tarixiy hodisa bo’lib, unda e’tiqod muqarrar tarzda birinchi o’ringa qo’yiladi va hamisha bilimdan ustun turadi. Mifologik dunyoqarashda barcha hodisa va voqealarning sababi afsonaviy kuchlar hisoblansa, diniy dunyoqarashda ularning o’rnini turli dinlarga xos bo’lgan xudolar va ilohiy qudratlar oladi. Diniy dunyoqarash ham insonning olam mohiyatini bilishdagi o’ziga xos bir yo’l, bir bosqichdir. Diniy dunyoqarashning shakllanib borishi bilan din kelib chiqadi. Din voqelikni o’ziga xos aks ettiruvchi ijtimoiy hodisadir hodisadir. Diniy dunyoqarashning muhim jihatlari diniy tuyg’u, diniy aqidalarga ishonish, sig’inish, diniy e’tiqod va shu kabilar tashkil qiladi. Diniy dunyoqarashning boshlang’ich elementi – bu diniy tuyg’udir. Diniy tuyg’u – bu kishilarning tabbaruk va aziz, deb tasavvur qilinadigan mavjudotlarga, muqaddaslashtirilgan buyumlar, shaxslar, joylarga, bir-birlariga, o’z-o’ziga, shuningdek, ilohiy mazmunda talqin etiladigan tabiat va jamiyat hodisalariga munosabatlarda paydo bo’ladigan hissiyotdir. Diniy dunyoqarashning ikkinchi elementi – diniy aqidalardir. Diniy aqidalar o’z mazmuni bilan dunyo va undagi voqea-hodisalarni ilohiy e’tiqod asosida tushunish bilan bog’langan tasavvurlar va tushunchalardir. Download 127 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling