Fan iqtsodiyot nazaryasi dan mustaqil ishi


Download 26.23 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi26.23 Kb.
#204379
Bog'liq
Mehmonaliyev Ixtiyor cmm-59


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

CMM-59 GURUH TALABASI

Mehmonaliyev Ixtiyor Abdujalil o’g’li

FAN IQTSODIYOT NAZARYASI DAN

MUSTAQIL ISHI

Mavzu: Iqtisodiy faoliyat va tanlov erkinligi

Reja:

  1. Iqtsodiy faolyat turlari

  2. Ijmoiy ishlab chiqarish

  3. Tanlov erkinligi

Kishilar yashashlari siyosat, san'at, adabiyot, fan, ma'rifat , ma'daniyat , ta'lim bilan shug‘ullanishlari uchun xayotiy ne'matlarini iste'mol qilishlari qoniqishlari kerak.

Buning uchun esa oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va turli xizmatlardan iborat xayotiy vositalar zarur.

Xar bir kishi o‘zining kundalik xayotida bir qancha , ya'ni xayotiy extiyojlari -kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-ro‘zg‘or buyumlariga ea bo‘lishi, bilim olish kabi extiyojlari uchun zarur bo‘lgan pul daromadlarini qaerdan , nima xisobiga topishi kerak degan muammolarga duch keladi.

Ana shu oldimizda turgan muammolarni yechish va o‘z talablarini qondirish maqsadida kishilar turli yo‘nalishlarda soxalarda faoliyat ko‘rsatadilar.

Iqtisodiyot faoliyati nima?

Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib , kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan xayotiy vositalarini ishlab chiqarish va iste'molchilarga yetkazib berishga qaratilgan , bir –biri bilan bog‘liqlikda amal qiladigan turli –tuman faoliyatlarini yaxlit qilib, (birlashtiruvchi iqtisodiy tizim, iqtisodiyot deb ataladi) bir so‘z bilan, iqtisodiy dalil deb ataladi.

Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo‘jaligi doirasida ro‘y bergan.

Shuing uchun iqtisodiyot degani uy-xo‘jaligi va uni yuritish qonunlari tushunilgan. Xozirda esa iqtisodiyot degani faqat uy xo‘jaligi, ya'ni indivudial xo‘jalikdan , moliya va xususiy xjalik, jamoa, xissadorlik jamiyati, davlat xo‘jaliklaridan, konsernlar, qo‘shma korxonalar, davlatlar o‘rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlardan iborat bo‘lib,juda murakkab organizm xisoblanadi.

Buning ustiga barcha resurslarimiz pul mablag‘lari, tabiiy boyliklar, malakali ishchi kuchlari, ishlab chiqarish vositalari , iste'mol tovarlari xammasi cheklangan miqdordadir.

Mana shu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, axoliningto‘xtovsiz o‘sib boruvchi extiyojlarini qondirish maqsadida erishish, resurslar va maxsulotlarni to‘g‘ri taqsimlash yo‘llarini topish iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi.

Tarixiy taraqqiyot darajasiga qarab , turli davrlarda va turli mamakatlarda iqtisodiyot turlicha bo‘lishi mumkin.

Uning quyidagi turlari ajratiladi:

An'anaviy iqtisodiyot

Ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan

Bozor iqtisodiyoti


Qamrov darajasiga qarab xam iqtisodiyot turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, jaxon iqtisodiyoti, mamlakat iqtisodiyoti, milliy iqtisodiyoti, tarmoq iqtisodiyoti, mintaqa iqtisodiyoti, korxona yoki firma iqtisodyoti, oila iqtisodiyoti.

Ba'zan ularni yaxlitlashtirib , makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot deb ataladi.

Iqtisodiyotning bu turlari darajali, shakllari, qanday bo‘lishidan qat'iy nazar ularning xammasi bir maqsadga bo‘ysungan: u xam bo‘lsa, insoniyatning yashashi, ko‘payishi, va kamol topishi uchun shart-sharoit yaratib berish, turli xil xayotiy vositalarni yaratib , ularni extiyojlarini qondirib borishdan iboratdir.

Xulosa shuki, iqtisodiyot inson xayotining asosini , uning poydevorini tashkil etib, o‘zi esa insonsiz, uning faoliyatisiz mavjud bo‘lmaydi va mazmunga xam ega emas.

Inosniyatning iqtisodiyotidagi roli uning tabiatidagi eng oliy tirik mavjudot ekanligi bilan ya'ni ongli ravishda ma'lum maqsadga qarab ijodiy mexnat olish qobiliyati bilan belgilanadi.

Inson tomonidan yaratilgan tovarlar, xizmatlarning resurslarining xarakati bo‘yicha iqtisodiyot turli fazalardan- ishlab chiqarish , ayirboshlash , taqsimlash va iste'mol jarayonlarining birlishidan iboratdir.

Bularning ichida asosiysi vaboshlang‘ichi ishlab chiqarish jarayonidir. Chunki xamma tovarlar va xizmatlar shu bosqichda yaratiladi. Agar ishlab chiqarish bo‘lmasa, taqsimlanadaigan ayirboshlanadigan va nixoyot, iste'mol qilinadigan narsalar bo‘lmaydi.

Shunday qilib tovar va resusrlar xarakati doimo to‘xtovsiz takrorlanib turadigan jarayondir.

Kishilarning xo‘jalik faolichyati juda murakkab va chalkash turli tuman xodisalar va jarayonlar majmuidan iborat bo‘lib , unda iqtisodiy nazariya to‘rt bosqichni ajratadi: ishlab chiqarish , taqsimot, ayirboshlash va iste'mol.

Ishlab chiqarish – bu insonning xayot kechirishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma'naviy ne'matlarni yaratish jarayonidir.

Taqsimot- xar bir xo‘jalik yurituvchi sub'ekt maxsulot ishlab chiqarishda ishtirok etganligi ulushini (miqdori, proporsiyalar) aniqlash jarayonidir. Ayirboshlash- moddiy ne'matlar va xizmatlarni bir sub'ektdan boshqasiga xarakat qilish jarayoni, ne'matlarni ijtimoiy ayirboshlashni aks ettiruvchi , ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalar shaklidir.

Istemol- ma'lum extiyojlarni qondirish maqsadida ishlab chiqarish natijalaridan foydalanish jarayonidir.

Bu barcha bosqichlar o‘zaro bog‘liqlikda va o‘zaro aloqadorlikda bo‘ladilar.

Maxsulotlar va xizmatlar turli tuman bo‘lishiga, tez ko‘payib borishiga qarmasdan, bu ne'matlar ishlab chiqarish extiyojlarini : jamiyatning ishlab chiqarish extiyojlarini qondiruvchi ishlab chiqarish vositalariga bo‘lgan bo‘linadilar: ishlab chiqarish vositalari va iste'mol buyumlariga.

Shunga muvofiq ijtimoiy ishlab chiqarish xam ikki bo‘linmaga bo‘linadi: (ajraladi):



  1. bo‘linma ,ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish

  2. bo‘linma, iste'mol buyumlarini ishlab chiqarish.

Insonlarning extiyojlarini qondiruvchi ne'matlar va xizmatlar ijtimoiy ishlab chiqarishning turli soxalari va tarmoqlarida yaratiladi.

“Ijtimoiy ishlab chiqarish” deganda butun jamiyat, ya'ni makroiqtisodiy miqyosda amalga oshiriladigan ishlab chiqarish jarayonlari tushuniladi.

Ijtimoiy ishlab chiqarish bir –biri bilan bog‘liq ikki soxadan iborat:


  1. Moddiy ishlab chiqarish


  2. Nomoddiy ishlab chiqarish



Kelajakda har bir talaba o'zini muvaffaqiyatli va gullab-yashnagan deb biladi va ideal vazifalarni bajaradigan ofis xodimi va ofitsiant yoki sotuvchi emas. Biroq, orzular tushlardir va haqiqat har doim ham biz xohlagan tarzda amalga oshirilmaydi. Har kim ham mukammal ish topib, bosh aylanadigan martaba qurishni uddalay olmaydi. Ammo orzularni ro'yobga chiqarishdan qo'rqmagan har bir kishi o'zi uchun ishlab chiqishi va o'zi uchun ishlashi mumkin bo'lgan biznesni yaratishi mumkin! Buning uchun etarli narsa yo'q - yakka tartibdagi tadbirkorni ochish va, albatta, ishlash va ishlash.

Iqtisodiyot nazariyasi fani ko'pgina maktab va yo'nalishlardan iborat. Iqtisodiyot fani mudom o'zgarishda bo'lgani sababli uning taraqqiyoti va tarixiy retrospektivasi bilan iqtisodiyot tarixi fani shug'ullanadi.



Iqtisodiyotning qonun-qoidalari, tushunchalari va rivojlanish tamoyillarini oʻrganuvchi umumiqtisodiy va nazariy fan. Iqtisodiyot nazariyasi xorij mamlakatlarida "Ekonomiks", "Ekonomika" va "Siyosiy iqtisod" nomlari bilan, MDH mamlakatlarida "Iqtisodiyot nazariyasi" nomi bilan yuritiladi. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyotni umumiy jihatidan va har bir iqti-sodiy tizimga tadbiqan oʻrganadi, iqtisodiy hodisalarni mikro va makro hamda jahon iqtisodiyoti darajasida tahlil etadi. Bu fan Oʻzbekistonda "Iqtisodiy bilim asoslari" sifatida maktablarda, "Iqtisodiyot asoslari" sifatida kollej va akademik litseylarda va "Iqtisodiyot nazariyasi" sifatida oliy oʻquv yurtlarida oʻrganiladi. Iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan bo'lib, tovar va xizmatlarning ishlab chiqarilishi, taqsimlanishi va iste'mol qilinishi jarayonlarini o'rganadi.

Iqtisodiyot nazariyasining predmeti kishilarning cheklangan iqtisodiy resurslar sharoitida muqobil xoʻjalik yuritish asosida oʻz ehtiyojlarini qondirishga qara-tilgan xattiharakatlari, ularni belgilovchi iqtisodiy shartsharoitlar hisoblanadi. Bu fan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning (firmalar, xonadon, ayrim individ va davlat) iqtisodiy xattiharakatlarini yaxlitlikda oʻrganadi. Uning tadqiqot obʼyekti iqtisodiy hodisalar boʻlib, ular ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimot va isteʼmol sohasida yuz beradi. Tabiiy sharoit — bu iqlim, tuproqning tu-zilishi, yer osti boyliklarining mik,dori, oʻsimlik va hayvonot dunyosidan, odamlarning ish qobiliyatidan iborat-ki, bu omillar iqtisodiy faoliyatga taʼsir etmay qolmaydi.

Iqtisodiyot nazariyasi oʻz predmetini bir qator uslubiy tamoyillarni qoʻllagan holda oʻrganadi: barcha iqtisodiy hodisalarning yaxlitligini, iqtisodiy tizim hosil etishini, bu tizimda ulardan har biri oʻz oʻrniga ega boʻlishini, ular bir-biriga taʼsir etishini nazarda tutadi; iqtisodiy voqelikni qotib qolgan holda emas, balki rivojlanishda va yangilanishda olib qaraydi, bir voqelik oʻrniga boshqasi yuzaga kelishi, shaklan eski hodisalarda yangi mazmun boʻlishini hisobga oladi; insonning xoʻjalik faoliyatiga nafaqat iqtisodiyot, balki tabiat qonunlari ham taʼsir etishiga eʼtibor beradi. Tabiat kishilik jamiyati boʻlmasada, mavjud boʻlaveradi, lekin jamiyat tabiatdan tashqarida boʻla olmaydi, chunki u tabiat resurslarini ishlatish bilan boglik, tabiat iqtisodiyotning moddiy asosi; iqtisodiyotdagi oʻzgarishlar tabiatdagi oʻzgarishlarga qaraganda gʻoyat tez boradi, shu sababli iqtisodiyotning rivojlanish qonunlari doimo oʻzgarib turadi; tabiiy hodisalar kishilar ishtirokisiz oʻzoʻzidan yuz bersa, iqti-sodiy hodisalar kishilar faoliyati orkali yuz beradi, ammo bu faoliyatni obʼyektiv sharoit taqozo etadi; iqti-sodiyot nazariyasi texnologiyani bevo-sita oʻrganmasada, uning iqtisodiyotga taʼsirini chetlab oʻtmaydi, aksincha, hisobga oladi. U texnika-texnologiyani joriy etish yoki etmaslikning iktisodiy chegaralarini nazariy asoslaydi; iqtisodiyotni sof holda emas, balki unga ijtimoiy-siyosiy, ruhiyaxloqiy, milliy-demokratik omillar taʼsirini inobatga olib oʻrganadi. Iqtisodiyot — ijtimoiy xayotning bir qismi, shuning uchun jamiyat ham uning taʼsiridan xoli emas.

Iqtisodiyot nazariyasi siyosatni oʻrganmasada, uning iqtisodiyotga taʼsiri bilan shugʻullanadi, chunki toʻgʻri tanlangan siyosat iqtisodiyotga ijobiy, aksincha boʻlganda esa unga salbiy taʼsir oʻtkazadi. Iktisodiy vaziyatni hisobga oladigan, shu vaziyatda qonunlarning amal qilishi, binobarin, iqtisodiy zarurat mavjudligini, uni yuzaga chiqarish chora-tadbirlarini belgilovchi siyosat iqtisodiy rivojlanishga faol taʼsir etadi. Shu maʼnoda iqtisodiyotni siyosatning ilmiy asosi deb hisoblash mumkin. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyotdagi turli hodisalar, jarayonlarni oʻrganganda ular qonun-tushunchalar darajasida ilmiy jihatdan yzohlab beriladi.

Iqtisodiy tushunchalar — iqtisodiyotni oʻrganishda qoʻllaniladigan na-zariy bilimlar boʻlib, ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy ifoda etilishidir. Ular 2 guruhga boʻlib oʻrganiladi: Umumiqtisodiy tushunchalar — iqtisodiy taraqqiyotning hamma bosqichlariga xos tushunchalar, mas, mehnat, ishlab chiqarish, mahsulot, ish kuchi, resurs kabilar. Ayrim ijtimoiy-iqtisodiy tizimga xos tushunchalar, mas, pul, talab, taklif, baho, kredit, emissiya, inflyasiya kabilar ayrim tizimga xosdir. Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy jarayon va hodisalarning belgilarini umumlashtirish asosida iqtisodiy qonunlar taʼriflanadi.

Iqtisodiyot nazariyasining eng asosiy taxdil usuli — bu abstraksiyalash (mavhumlashtirish) asosida xulosalar chiqarishdir.

Gʻarbdagi "Ekonomiks" mualliflari R. Makkonnell va L. Bryu yozishicha, na-zariya — bu laboratoriya fani emas. Shu sababli nazariyada ilmiy abstraksiyalash usuli bosh oʻrin tutadi. Bu usul — iqtisodiy hodisalarni ularga taʼsir etuvchi oʻtkinchi, ikkinchi darajali faktlardan xoli etgan tarzda taxdil etib, nazariy umumlashtirish, ilmiy xulosalar chiqarishdir. Bu usul iqti-sodiy hodisalarning tabiatini bilish, ularga xos qonuniyatlarni ochish imkonini beradi.

Abstraksiyalash asosida tushunchalar va qonunlar taʼriflanadi, ular ilmiy muomalaga kiritiladi. Abstraksiyalash yuz berganda iqtisodiyotga oid asosiy, muqim, doimo yuzaga chiqib turadigan faktlar ajratib olinadi, ular oʻrtasidagi bogʻlanish aniqlanadi. Bularning hammasi tafakkur orqali bajariladi. Abstraksiyalash boʻlmasa gʻoyat koʻp, tartiblanmagan faktlar orasida oʻralashib qolib nazariy xulosa qilib boʻlmaydi. Abstraksiyalash — bu iqtisodiyotning nazariy modelini yaratishdir.

Nazariyada induktiv usul qoʻllanilganda ayrim hodisalarni oʻrganishdan ularni umumlashtirib, xulosalar chiqarishga oʻtiladi. Deduktiv usul qoʻllanilganda umumiy xulosalardan xususiy xulosalarga, umumiylikdan aniqroq hodisalarga oʻtiladi.

Iqtisodiyot nazariyasida tarixiy va mantiqiy usullar ham bor. Tarixiy usul hodisalarni rivojlanishda olib qaraydi. Mantiqiy usul turli hodisalarning ichki mantiqiy aloqalarini anikdab, umumiy xulosa chiqarishda qoʻllanadi.

Iqtisodiyot nazariyasida miqdoriy va sifat tahlili birgalikda qoʻllaniladi. Miqdoriy taxlil yuz berganda iqtisodiy — matematik modellashtirish ham ishtirok etadi. Bunda iqtisodiy oʻzgarishlar miqdoran taxlil etiladi, ular oʻrtasidagi aloqa bogʻlanishlar ham miqdoran oʻlchanadi, ularning naqadar oʻzgarishi baholanib, prognozlar ishlab chiqiladi. Bu usul yordamida iqtisodiy modellar yaratiladi (qarang Iqtisodiy tarakqiyot modeli). Iqtisodiyot nazariyasida gipoteza va paradigmalar qoʻllanadi. Ilmiy paradigma bu Iqtisodiyot nazariyasida qabul qilingan taxlil usullariga tayangan holda hal etiladigan muammoni qanday yechimi boʻlishini belgilashdir.

Iqtisodiyot nazariyasi, asosan, uch vazifani bajaradi: a) iqtisodiyot qonuniyatlarini idrok etish, iqtisodiy bilim berish, iqtisodiy savodxonlikni oshirish; b) boshqa iqtisodiy fanlar uchun asos sifatida xizmat qilish, ularga nazariy negiz boʻlish; v) iqtisodiy siyosatga doir amaliy tavsiyalar berish, siyosatni ishlab chiqishda nazariy tayanch boʻlish. Iqtisodiyot nazariyasi boshqa iqtisodiy fanlar bilan uzviy boglangan. Birinchidan, ularning yutuqlarini umumlashtirgan holda yangi xulosalar bilan boyib boradi. Ikkinchidan, umumiqtisodiy nazariyaga oid xulosalar bilan qurollantirgan holda ularning rivojlanishiga koʻmaklashadi.

Iqtisodiyot nazariyasi faniga 17-asrda Yevropada asos solingan, bu bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlib, uning qonun va qoidalarini bilishga intilish Iqtisodiyot nazariyasini yuzaga keltirgan. U Gʻarbda paydo boʻlsada, uni oziqlantirgan iqtisodiy gʻoyalar dastlab Sharqda, xu-susan, Markaziy Osiyoda shakllangan. Bu oʻrinda Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek asarlarini eslash kifoyadir. Iqtisodiyot nazariyasi dastlab "Siyosiy iqtisod" nomi bilan yuzaga kelgan. Bu tushunchani birinchi marta A. Monkretyen (Fransiya) oʻzining "Siyosiy iqtisod xaqida traktat" asarida (1615 y.) qoʻllagan. A. Monkretyen va T. Man (Angliya) Iqtisodiyot nazariyasidagi merkantilizm oqimiga asos solishgan.

Ulardan soʻng fiziokratlar maktabi paydo boʻldi (18-asr). Uning eng yirik namoyandasi "Iqtisodiy jadvallar" kitobining (1758 y.) muallifi F. Kene (Fransiya)dir. Iqtisodiyot nazariyasi tarixda eng nufuzli oʻrin egallagan oqim bu klassik siyosiy iqtisod boʻlib, uning namoyandalari A. Smit va D. Rikardo (Angliya) hisoblanadi (qarang Klassik siyosiy iqtisod maktablari). Bu maktab 18-asr oxiri — 19-asrning boshlarida tanilgan va ob-roʻli oqim hisoblangan. 19-asrning 2-yarmidan 20-asr boshlariga qadar Iqtisodiyot nazariyasida marjinalizm maktabi asosiy oʻrinni egallab keldi. Buning asosiy vakillari K. Menger, F. Vizer, E. Byom-Baverk (Avstriya), U. Jevons hisoblanadi.

19-asrning oxiri va 20-asr davomida Iqtisodiyot nazariyasida 3 ta yoʻnalish vujudga keldi:Birinchisi — neoklassik yoʻnalish boʻlib, uning oʻzi monetarizm [A. Marshall (Angliya), M. Fridmen (AQSH)] va neoliberalizm — [L. Mizes (Avstriya), F. Xayek (Angliya) va L. Erhard (Germaniya)]ga boʻlinadi.

Ikkinchisi — keynechilik yoʻnalishi boʻlib, uning yirik vakillari J. M. Keyns (Angliya), J. Robinson (Angliya), A. Xansen va P. Samuelson (AQSH)lar hisoblanadi.



Uchinchisi — institutsional ijti-moiy yoʻnalish boʻlib, uning koʻzga koʻringan vakillari T. Veblen, J. Komons, U. Mitchell, J. Gelbreyt (AQSH). 21-asr boshiga kelib, monetarizm maktabi ustuvorlikka ega boʻldi, chunki uning tavsiyalari koʻpchilik mamlakatlardagi iqtisodiy siyosatda oʻzining amaliy ifodasini topdi.
Download 26.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling