Fan: Jahon tarixi 7-sinf


Download 38.19 Kb.
bet2/12
Sana29.01.2023
Hajmi38.19 Kb.
#1139510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7-jahon t namuna

Dars jihozlari: Darslik, Doska, Xarita, Chizma va tarqatma materiallar (test, krasvord)
Darsning borishi:
Tashkiliy qism
Navbatchi axboroti
O`tilgan mavzuni so`rash
Dars usuli: Baxs-munozara
Yangi mavzuning bayoni:
Reja:
a) .Buyuk Karl.
b) Italiya va Ispaniya urushlari.
c) Sakslarga qarshi urushlar.
d) Franklar imperiyasi.
e) Davlat boshqaruvi.
f)Franklar imperiyasining inqirozi.

Buyuk Karl (742-814). Karl sulola asoschisi Pipin Pakananing (714—768) o‘g‘li bo‘lib, Franklar qirolligini (800- yildan imperiyasini) 46 yil (768 — 814) boshqargan. “Buyuk” nomi unga tarixchilar tomonidan 53 ta harbiy yurishga boshchilik qilib, yirik saltanat tuzgani, bu davlatda yangi qonunlar, maorif va madaniyatga asos solgani uchun berilgan. Karl haqida ko'plab tarixiy asarlar, afsonalar, rivoyatlar va qo'shiqlar yaratilgan. Uning ismidan “korol”, ya’ni “qirol” unvoni kelib chiqqan.
Italiya va Ispaniya urushlari. Karl taxtga kelishi bilan istilochilik urushlarini olib borgan. Uning dastlabki harbiy yurishlaridan biri germanlarning langobard qabilasi Italiyada tuzgan davlatiga qarshi 773-yilda boshlanadi. Langobardlar qiroli Dezideriy mag'lub etilganidan so‘ng, sochi olinib Korvey monastiriga jo'natiladi. Italiya yerlari esa grafliklarga bo'linib, Frank qirolligiga qo'shib olinadi.Arab xalifaligi istilo qilgan Ispaniyaga qarshi 778-yilda Karl dastlabki muvaffaqiyatsiz yurish qiladi. Karlning jiya- ni, graf Roland jangda halok bo'ladi. Asrlar o‘tib Roland fransuz xalq og‘zaki ijodining sevimli qahramoniga aylanadi va u haqda “Roland haqida qo‘shiq” dostoni yaratiladi. Keyingi yurishlar davomida Pireneya yarim orolining arablardan tortib olingan hudud- larida tuzilgan Ispan markasi franklar davlatining chegara viloya- tiga aylantiriladi.

Download 38.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling