Fan: Jahon tarixi 7-sinf


Download 38.19 Kb.
bet7/12
Sana29.01.2023
Hajmi38.19 Kb.
#1139510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7-jahon t namuna

Yangi imperiya. O'zidan avval hech kim yenga olmagan dushmanni mag'lub etgan Otton I o'zini Yevro- padagi eng kuchli qirol deb hisoblay boshlaydi. Ushbu g'alaba unda Buyuk Karl singari Rimda imperatorlik tojini kiyish hamda imperator unvonini olish istagini uyg'otadi.
962-yilda o‘z qo'shini bilan Rimga kelgan Otton I ga papa Ioann XII imperatorlik tojini kiydiradi. Shu tariqa yangi imperiya — Muqaddas Rim imperiyasi vujudga keladi. Uning tarkibiga German yerlaridan tashqari Italiyaning shimoliy hududlari ham kirgan, lekin bu yerdagi shaharlar german imperatorlariga hech qachon to'liq bo'ysunmagan. Shunga qaramasdan, har bir german qiroli taxtga kelganidan so‘ng o‘z qo'shini bilan Alp tog'lari orqali Italiyaga yurish qilib, Rimda imperatorlik tojini kiyardi.
German imperatorlari o‘z davlatlarini qadimgi Rimning davomchisi deb hisoblaganlar. Zamondoshlari “dun­yo mo'jizasi” deb nomlagan Otton I ning nabirasi Ot­ton III Rimni ulkan davlatning poytaxtiga aylantirish orzusida bo‘lgan. U butun xristian dunyosi Rim imperatori hukmida birlashishi lozim deb hisoblagan. Tabiiyki, butun dunyo xristian imperiyasi haqidagi orzularning amalga oshishi mushkul ish edi. Shunga qaramasdan, german monarxlari o‘z davlatlarini Rim imperiyasi, keyinroq Muqaddas Rim imperiyasi deb atashda davom etadilar. Bu davlat uzoq asrlar davomida hukm surgan.
Muqaddas Rim imperiyasi 962-yildan 1806-yilgacha hukm surgan.
German imperatorlari va cherkov. Yirik mamlakatni boshqarish uchun joylarda qirolning buyruqlarini bajaradi- gan amaldorlar bo'lishi lozim edi. Ilk o‘rta asrlarda esa faqat taraqqiy etgan va boy jamiyatgina minglab amaldor- larni ta’minlashi mumkin edi. X asrda Germaniya aholisi imperatorga nisbatan o‘z gersoglarining gapiga ko'proq quloq solgan. Ushbu vaziyatda Otton I va uning vorislari o'ziga xos usulni qo'llaydilar. Ular cherkov tashkilotlari- dan o‘z maqsadlarida foydalanadi. Tarixdan ma’lumki, frank qirollari davridayoq yepiskoplar ularning ishonchli xizmatchisi hisoblangan. Otton I bu borada yanada ilgarilab ketadi. U Germaniyadagi yepiskop va abbatlarga yer-mulk, boyliklardan tashqari ko'plab huquq va imtiyozlar beradi. Natijada cher­kov zodagonlari o‘z imkoniyatlari, hokimyatlari bo'yicha gersog va graflardan kam bo'lmagan. Ular har qanday kishini hukmdor irodasiga bo'ysundirishga qodir edilar. Impera­torning o‘zi esa kerakli odamni cherkov lavozimiga tayinlagan, zarur bo'lsa yepiskoplarni va hatto, Rim papalarini hech qiyinchiliksiz al- mashtirgan. Xususan, Otton I Rimda ko'plab yepiskoplar ishtirokida o‘zi yoqtirmagan papalardan birining us tidan sud jarayonini uyushtirib, uni tahqirli holatda vazi- fasidan chetlatgan. Uning vorisi Otton III esa o‘zining ustozi Gerbertning Silvestr III (999—1003) nomi bilan Rim papaligiga saylanishiga erishgan.

Download 38.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling