Fan: Jahon tarixi Sinf 8 Dars – 1
Dars bayoni O’tilgan mavzuni takrorlash
Download 0.64 Mb.
|
8 jahon 2019 yana
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi mavzu bayoni
Dars bayoni
O’tilgan mavzuni takrorlash: Klaster usuli Qojarlar sulolasi (1796-1925) Ismoil Safaviy-diniy rahnamo 1730 –yili Nodir Qulining hukm- 1502 yil- Tabriz egallandi ronligining boshlanishi
1722-yildan afg’onlarnning Eronga istilosi Tiyul- shox oldidagi xizmati uchun vaqtincha 1710 yilgi Shox Sulton Husayn yoki umrbod muddatga beriladigan yer-mulk farmoni
1602-Eron-Turkiya urushida Shox AbbosI (1587-1629) Eron g’alaba qozondi. Soliqlar kamaytirildi. Poytaxt Tabrizdan Isfaxonga ko’chirildi Yangi mavzu bayoni Qi t ’aning Sahroyi Kabirdan shimoliy qismida Misr, Sudan, Liviya, Jazoir, Tunis, Marokash va Mavritaniya kabi arab mamlakatlari joylashgan bo‘lib, ular VII asrdan boshlab islom dini va madaniyati t a ’siri ostida rivojlandi. XVI asrda k o ‘pchilik arab mamlakatlari usmoniylar tomonidan bosib olindi. Mamluklar hukmronligi ostida b o ‘lgan Mis r ham birinchilardan bo'lib o ‘z mustaqilligini yo'qotdi. 1517-yilning boshida Salim I armiyasi Misrning poytaxti Qohirani egallab, uni taladi va vayron qildi. Turklar istilosi mamlakatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga katta o’zgarish kiritmadi. Faqat mamluklarning siyosiy hokimiyati ag'darilib, barcha feodallar o ‘z mulklari va imtiyozlarini saqlab qoldilar. Misr alohida podsholik maqomini oldi va amalda yarim mustaqil davlat edi. Mahalliy boshqaruv hokimiyati to ‘liq mamluk amirlarining qoTida saqlanib qoldi. Turklar mamluklarning boshqaruv mahoratidan, mahalliy sharoitni, aholining urf-odatlarini yaxshi bilishidan o‘z manfaatlari yo’lida foydalandilar. Misrda ishlab chiqarish texnikasi hali о’tа oddiy bo‘lsa-da, manufakturalardagi ichki mehnat taqsimoti mahsulotlarning ko‘payishiga olib keldi Natijada, ichki va tashqi savdo tez rivojlandi. Misr Yevropa v a qo‘shni Osiyo davlatlari bilan qizg‘in savdo munosabatlarim olib bordi. XVIII asr oxiriga kelib, faqat Qohira shahnnmg о’zini hisoblaganda chet ellar bilan savdo qiladigan 5 mingta savdogar faoliyat yuritardi XVIII asrning 6 0 - yillarida boshlangan mamluk zodagonlarining o’zaro urushlari Misrning iqtisodiy ahvoliga yomon ta’sir ko‘rsatdi. Ularning о’zboshimchaligi , de hqon va hunarmandlar ustidan qilgan zolimliklari mamlakatda norozilikni keskin kuchaytirdi. Turk hukmronligi va rnamluklar zulmiga qarshi boshlangan xalq harakatiga Qohiradagi al-Azhar masjidining taniqli shayxlari boshchilik qildilar . Ularning da’vati bilan 1795 - yilning yozida qohiralik hunarmand va savdogarlar o’z do‘konlarini yopdilar . Mamluk hukmdorlari shayxlar bilan muzokaralar boshlashga majbur bo’ldi hamda zo‘ravonlik va qonunsizliklarni to‘xtatishga va’da berdi. 798-yili Napaleon boshchiligidagi fransuz qo‘shinlari Misrga bostirib kirdi va Qohirani zabt etdi. Al-Azhar masjidi shu davrda boshlangan fransuz bosqiniga qarshi xalq harakatining ham markaziga aylandi. 1800-yili fransuzlar Misrni tark etishga majbur bo‘ldilar. XVI asr boshida ispanlar Jazoirga bostirib kirib, uning qirg’oq bo‘yi hududlarin i egallab oldi. Ispanlarga qarshi xalq harakatiga boshchilik qilgan sarkarda Xayriddin yordam sobrab Turkiyaga murojaat qildi. Usmoniylar sultoni Salim I Shimoliy Afrikada о rnashib olish uchun paytdan foydalanishga urindi va Xayriddinga beklarbegi (beylerbeyi) unvonini berdi. Jazoirga yirik yanicharlar korpusim, harbiy kemalar , artilleriya va moliyaviy yordam jo‘natdi. Turklarning yordamiga tayangan Xayriddin birin-ketin Jazoir shaharlarmi Ispanlardan ozod qildi. Jazoir rasman Istanbulga bo‘ysunsa-da, mamlakat podshosi deyarli mustaqil siyosat olib bordi. XVI asrdan Liviyaga ham yevropaliklarnmg kirib kelishi boshlandi. 1510-yili Tripoli ispanlar tomonidan zabt etildi. Liviyal yordam so’rab Salim I ga murojaat qildi. Musulmonlarni ozod qilish shiori istida harakat qilgan turklar 1551 – yili butun Liviyani imperiyaga qo’shib oldi. XVIII asrdan boshlab, Liviya nomigagina Istanbulga buysunib, mustaqil ichki va tashqi siyosat olib bordi. siyosat olib bordi. XVI asrdan boshlab ispanlar va turklar Tunisga ham qiziqish bildirdi. Natijada, 1574-yili Tunis qirg’oqlariga kelib tushgan 40 ming kishilik turk qo’shinlari bu yerda ham ispanlar hukmronligiga xotima yasadi. Sudan va Marokash rnustaqilligini saqlab qoldi. Marokash Usmoniylar imperiyasi va Yevropa davlatlari bilan savdo shartnomalari tuzib , bundan katta foyda oldi. Mamlakat yaxshi rivojlandi.
Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling