Fan: Jahon tarixi Sinf 8 Dars – 1


Download 0.64 Mb.
bet116/149
Sana08.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#247769
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   149
Bog'liq
8 jahon 2019 yana

G’arbiy Afrika. Yevropaliklar, asosan, portugallar va ispanlarning G ‘arbiy Afrika hududlariga к irib kelishi XV asrda boshlandi. 1434-yildan 1482-yiIgacha portugallar va ispanlar Yashil burundan Kongo daryosigacha b o ‘lgan qirg‘oq hududlarini o ‘rganib chiqishdi Portugaliyaliklar dastlab bu ycrdan oltin olib ketishdi. Chunki bu paytda Yevropa bozorlarida qullarga unchalik ehtiyoj yo‘q edi. XVI asrning oxirigacha qul savdosi bilan faqat portugallar shug‘ullandi. Ular G ‘arbiy Afrika qirg'oqlarida joylashib olib, asta-sekin Senegal va Gambiya daryolari bo’ylab qit’a ichiga kirib bordi. Ammo bu keng hududlarda kuchli davlatlar mavjud bo’lib, portugaliyaliklar o czlarini istilochilardek tuta olmasdilar. Shu sababli ular asosiy e tiborini Quyi Gvineyaga, Atlantika okeani qirgoq bo’yi yerlariga qaratdi. Portugaliyaliklar sohil bo'ylarini to'rtta hududga ajratib, bu hududlarm ulardan olinadigan asosiy tovarning nomi bilan atadilar. Hozirgi Shimoliy Liberiyaning qirg‘oqlari Qalampir qirg‘og‘i, Fil Suyagi qirg‘og’i, Oltin qirg;oq, Volta va Niger daryolari oralig‘i esa Qul qirg‘ogi deb atalgan.

XVI asi oxiriga kelib, Amerikaning Ispaniya, Angliya va Fransiya mustamlakalariga aylantirilgan barcha hududlarida plantatsiya xo'jaligi keng rivojlantii ildi. Natijada, qullar mehnatiga ehtiyoj ham ortib bordi. Afrikadagi ishchi kuchi bozorini egallash uchun Yevropa davlatlari o‘rtasida kuchli kurash boshlandi. Bu kurash oqibatida Afrika aholisi juda katta zarar ko‘rdi.

XVII asrdan qul savdosida yetakchilik qilishni gollandlar o‘z qo‘liga oldi va Amerikadagi ispan mustamlakalariga afrikalik qullarni ular yetkazib berdi. Ammo qullar bozorida Gollandiyaning hukmronligi

ham uzoqqa cho‘zilmadi. XVII asrning ikkinchi yarmidan mustamlaka bozorlarini egallash uchun kurashga Angliya va Fransiya qo‘shildi. Ingliz va fransuz plantatorlari o‘z xo‘jaliklarining kengayishi tufayli qullarning mehnat bozorini o ‘zlari egallashga, o‘z tovarlariga oltin-u kumush bilan haq oladigan portugal hamda golland savdogarlarining xizmatidan voz kechishga harakat qildilar. Qul savdosiga, shuningdek, Shvetsiya, Daniya, Brandenburg kabi davlatlar ham qo‘shildi. Yevropaning kuchli davlatlari o‘rtasidagi raqobatchilik kurashi XVII asrning ikkinchi yarmi va butun XVIII asr mobaynida davom etdi. Bu kurash maydoni Afrika qit’asi, ayniqsa, G arbiy va Markaziy Afrika bo‘ldi. Qul savdosi u bilan shug‘ullanuvchilarga va savdogarlarga juda katta foyda keltirdi. Yevropa va Amerikadagi Bristol, Liverpul, Manchester, London, Nant, Rnan, Amsterdam, Nyu-York, Yangi Orlean Rio-de-Janeyro kabi ko‘plab shaharlarnmg jadal nvojlanishi va gull'ab-vashnashi qul savdosidan keladigan foyda bilan bog liq edi.

XYI—XVIII asrlarda yevropalik qulfurushlar Amerikaga 15- 16 million qul olib kelishdi. Arablar ham musulmon mamlakatlariga taxminan shuncha qul yetkazib bergan. Qullarni ko’pchiligi ularni tutish va tashib jarayonida nobud bo‘lardi. Birgina Atlantika okeani orqali amalga oshirilgan qul savdosi jarayonida 60 70 million afrikalik halok bo‘ldi.

Mamluk - 0 £rta asrlarda Misrda mavjud bo‘lgan harbiylar qatlami. Ular, asosan, kavkazlik va turkiy xalqlar vakillaridan iborat o‘smir qullardan shakllantirilgan

Irqchilik - barcha irqlarning teng emasligi, xalqlarning tarixi va madaniyatiga irqiy farqlar hal qiluvchi ta ’sir etishi to‘g‘risidagi mafkuraviy qarashlar yig'indisi.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling