XVI asr Tyudorlar sulolasi asri bo`ldi. Bu yuz yillik Angliya tarixida chuqur iz qoldirgan uch yirik tarixiy hodisa bilan ajralib turardi. Bular:
1.Reformatsiya
2.Mutloq monarxiyaning kuchayishi
3.Dengizda Angliya hukmronligining o`rnatilishi
Genrix VIII qirol hokimiyatini yanada mustahkamlash uchun cherkovni yerdan va boshqa mol-mulklardan mahrum etish haqida farmon chiqardi. Ularga qarashli bo`lgan yerlarning 2/3 qismi sotib yuborildi . Angliyada protestantlik ta`limotiga amal qiluvchi cherkov anglikan cherkovi deb ataldi. Qirol cherkov boshlig` deb e`lon qilindi. Rim papasi hokimiyati inkor etildi. Katolik cherkovining boyliklari tortib olindi.
Qirol Genrix VIII ning qizi Mariya (1553-1558) davrida kontrreformatsiya o`tkazishga urundi. U o`zning cherkov boshlig`I ekanligidan foydalanib protestantlikni shakkoklik deb deb e`lon qildi va katolik cherkovini tiklashga kirishdi. Qirolicha Yelizavetta I protestantlikni davlat dini deb e`lon qildi. Qirolichaning o`zi “Cherkov va dunyoviy ishlarning oliy hukmdori “ unvonini oldi. Yelizavetta I ning asosiy vazifalaridan biri mamlakat yaxlitligini mustahkamlash edi.
1558-yili hokimiyatga kelgan Yelizaveta I o‘zining 45 yillik hukmronligi davrida Angliyaning jadal rivojlanishi, dunyoning yetakchi davlatiga aylanishiga katta hissa qocshdi. Mamlakatda Reformatsiya o‘z nihoyasiga yetdi. Davlat qudratli bo‘ldi, xo‘jalikni rivojlantirishda va dengiz savdosida muvaffaqiyatlar-ga erishildi. Angliya asta - sekin kuchli dengiz davlati —≪dengizlar malikasi≫ga aylandi .
1603-yili Yelizaveta I ning o‘limi bilan tyudorlar sulolasi yakun topdi. Shundan so‘ng Angliya taxtiga styuartlar sulolasidan bo’lgan Yakov I o‘tirdi. Styuartlar shotlandiyalik edi. Uning davrida absolutizmning inqirozi kuchaydi, burjua inqilobi uchun iqtisodiy, siyosiy va g‘oyaviy asoslar shakllandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |