Metod: Og`zaki va yozma bayon etish,(aralash)
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Shakl:Guruhlarda va yakka tartibda ishlash:
Usul: Bingo ”Aqliy hujum”,Og`zaki so`rov, savol-javob, debat, 7 qadam, klaster.
Dars bayoni
O`tilgan mavzuni takrorlash:
1.Reformatsiiya harakati qay tariqa vujudga keldi?
2. Protest so`zining ma`nosi nima?
3.Nega Germaniya reformatsiya vatani bo`ldi?
4.Yangi oqim nima uchun Lyuterchilik yoki protestanlik deb ham ataldi?
YANGI MAVZU BAYONI .
Atamalar:
Veto-(lotincha-taqiqlayman) davlat boshlig`ining biror qonunni yoki qarorni kuchga kirishdan to`xtatib qo`yish huquqi.
Kontrreformasiya-XVI-XVII asrlar o`rtalarida Yevropada Rim papasi rahnamoligida reformatsiyaga qarshi qaratilgan diniy-siyosiy harakat.
Monarxiya-(yunoncha-yakka hokimlik)-cheklanmagan huquqqa ega bo`lgan yakka shaxs boshqaradigan davlat.
Mutloq monarxiya (absolutizm)-oliy hokimiyatning huquqi hrch qanday qonun bilan cheklanmagan yagona bir shaxs-monarx qo`lida to`planishidir.
Boshqaruvning mutloq monarxiya shakli siyosiy tarqoq mamlakatni yagona markaziy hokimiyat qo`l ostida birlashtirish natijasida vujudga keldi. Mutlaq monarxiya mamlakat tarqoqligiga barham berdi.
Qirol Genrix VIII Tyudor butun mamlakatni yagona markaz-Londonga bo`ysundirdi.
Angliya qirollari veto huquqiga ega edi.Bu huquq ularga parlamentning har qanday qarorini ta`qiqlay olish imkonini berardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |