Darsning tarkibiy qismlari:
Dars bayoni
1. Mutloq monarxiya haqida nimalarni bilasiz?
2.Angliya qirol va qirolichalaridan qaysilari faoliyati bilan tanishdingiz?
3. Kontrreformatsiya nima?
4.Angliyada reformatsiya qaysi qirol davrida amalga oshirildi?
5.Tyudorlar sulolasi tarixda qaysi uch voqea bilan eslanadi?
6.Yelizavetta I ichki va tashqi siyosatda qanday muvaffaqiyatlarga erishdi?
Yangi mavzu ma`ruza shaklida tushuntiriladi.
Angliya inqilob arafasida. XVI asr Angliya uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Dengizda yakka hukmronlikka erishildi. Chet ellar bilan savdo-sotiq ishlari tobora kengayib bordi. London tashqi savdoda monopol huquqni qo’lga kiritdi. Natijada bu shaharda baquvvat savdogarlar guruhi vujudga keldi. Ichki savdo ham rivojlandi. 1600-yilda Londonda dastlabki birja ochildi. Qishloq xo’jaligida ham bozor munosabatlarining qaror topishi tezlashdi. Bu omillarning barchasi katta mavqega ega bo’lgan o’rta tabaqaning shakllanishiga olib keldi. Ular, asosan, «isloh qilingan din»ga e’tiqod qilar edilar. O’rta tabaqa vakillari qirol hokimiyatini inkor etmagan. Aksincha, uning parlament bilan hisoblashishining tarafdori bo’lganlar. Burjuacha hayot tarzi-tejamkorlik, mehnatsevarlik va izlanuvchanlik jihatlari tobora chuqur ildiz otib bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |