Fan: Jahon tarixi Sinf 8 Dars – 1


Download 0.64 Mb.
bet27/149
Sana08.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#247769
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   149
Bog'liq
8 jahon 2019 yana

Inqilobning sabablari. Angliya qiroli mamlakat parlamenti va «isloh qilingan din» cherkoviga qarshi kurash boshladi. Buning oqibatida vujudga kelgan qarama-qarshilik inqilobning asosiy sababiga aylandi. Qirol Yakov I ning maqsadi parlament mavqeini yo’qqa chiqarsh va eski feodal tartiblarni saqlab qolish edi. Qirol mahsulot sifati yomonlashadi, degan bahona bilan yangi ixtirolar qo’llashni taqiqlab qo’ydi. Bu esa manufaktura ishlab chiqarishi rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Hukmron tabaqa, davlat amaldorlari o’rtasida davlat xazinasini talon-taroj qilish kuchaydi. Qirol hatto ba’zi tovarlarni ishlab chiqarish va sotish uchun ruxsatnomani tadbirkor va savdogarlarga xohlagan narxda o’zi sotar edi. Oqibatda savdogarlar xarajatlarni qoplash uchun narx-navoni oshirishga majbur bo’lardilar. Yakov I ning tashqi siyosatidan ham burjuaziyaning noroziligi kuchayib bordi. Bunga bosh raqib Ispaniya bilan murosasozlik qilinayotganligi asosiy sabab bo’ldi. Karl I qirolligi davrida (1625-1649) ham vaziyat o’zgarmadi. U jamiyatda yuz berayotgan o’zgarishlarni tushunish va ularni qabul qilishni istamadi. Aksincha, Karl I Fransiya monarxi kabi chek­lanmagan huquqqa ega bo’lishga intildi.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling