Fan metodologiyasi haqida umumiy tushuncha
Download 13.85 Kb.
|
Fan metodologiyasi
Fan metodologiyasi haqida umumiy tushuncha Fan falsafasi va metodologiyasida ilmiy bilim tuzilishi va o ‘sishining oqilona rekonstruksiyalari amalga oshiriladi, bilish faoliyatining tam oyillari, usul, metod va shakllari aniqlanadi. X o‘sh, bunday rekonstruksiyalar qay darajada to ‘liq va ishonchli bo‘lishi m um kin? U lam ing to ‘liq emasligi shuning o‘zidayoq namoyon bo‘ladiki, ilmiy bilim genezisi, fan falsafasi va metodologiyasi fan hodisasini tushunishni to ‘la oqilonalashtirishga harakat qilishiga qaram ay, faqat insonning ongli em pirik oqilona faoliyati natijasidagina sodir bo‘lmaydi. Bu haqda Uaytxed shunday deb qayd etgan edi: «Fanning antiratsionalizmi uning metodologiyasini saqlab qolish vositasi sifatida qisman o ‘zini oqlaydi... Fikr yuritish metodologiyasi abstrakt sohani cheklashni taqozo etadi. Bunga muvofiq haqiqiy ratsionalizm ham isha o‘z doirasidan chetga chiqishi va konkretlikka qaytar ekan, undan ilhom lanishi lozim. Shunday qilib, mag‘rur ratsionalizm antiratsionalizm ning shakllaridan biridir. U mavhumlikning m a’lum qatorida tafakkurning to'xtab qolishini anglatadi. F anda aynan shunday bo‘ladi!«. Endi fan faylasufi va metodologi foydalanadigan empirik m aterialning inform ativ xususiyatiga to ‘xtalib o ‘tmoqchimiz. X o‘sh, ular nim ani tahlil qiladi? «Tabiat—inson bilimi» zanjirining soddalashtirilgan sxemasini tasaw ur qilaylik: tabiiy o b ’yekt—tabiatni bilayotgan subyekt—ong ostidagi va ongdagi, oqilona va nooqilona ijodiy intellektual jarayon—aniq g‘oyani jam lash — g‘oyani nazariy jihatdan qayta ishlash—yangi bilim ni original ilm iy m aqola yoki xabarda ifoda etish (dastlabki m anba)—yangi bilim ni maxsus ilmiy monografiya yoki sharhda ifoda etish—tarixiy-ilmiy asarda va darslikda ifodalash — om m abop nashrda va «yirtma kalendar» tarzidagi ommabop nashrlarda ifodalash va h.k. X o‘sh, fan faylasuflari va metodologlari nima bilan «oziqlanadi»? U lar dastlabki manbaga kam dan-kam yetib boradilar, am m o dastlabki manba bu g‘oya genezisini ab initio tavsiflash emas, balki bilimni ideallar, normalar va shu kabilarga muvofiq tarzda ifodalash demakdir. Buning ustiga, g‘oyaning muayyan asoslariga muallifning ishonchi aldam chi bo‘lishi mumkin. H ar bir odam muayyan g‘oya o‘zida qachon va nima sababga ko‘ra tug‘ilganligini doimo anglab yetavermaydi. Ong osti jarayonlari masalasiga kelsak, ularni um um an anglash m um - kin emas. Download 13.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling