Fan metodologiyasi haqida umumiy tushuncha


Download 13.85 Kb.
Sana02.05.2020
Hajmi13.85 Kb.
#102744
Bog'liq
Fan metodologiyasi


Fan metodologiyasi haqida umumiy tushuncha

Fan falsafasi va metodologiyasida ilmiy bilim tuzilishi va

o ‘sishining oqilona rekonstruksiyalari amalga oshiriladi, bilish

faoliyatining tam oyillari, usul, metod va shakllari aniqlanadi.

X o‘sh, bunday rekonstruksiyalar qay darajada to ‘liq va ishonchli bo‘lishi m um kin?

U lam ing to ‘liq emasligi shuning o‘zidayoq namoyon

bo‘ladiki, ilmiy bilim genezisi, fan falsafasi va metodologiyasi

fan hodisasini tushunishni to ‘la oqilonalashtirishga harakat

qilishiga qaram ay, faqat insonning ongli em pirik oqilona

faoliyati natijasidagina sodir bo‘lmaydi. Bu haqda Uaytxed

shunday deb qayd etgan edi: «Fanning antiratsionalizmi

uning metodologiyasini saqlab qolish vositasi sifatida qisman

o ‘zini oqlaydi... Fikr yuritish metodologiyasi abstrakt sohani

cheklashni taqozo etadi. Bunga muvofiq haqiqiy ratsionalizm

ham isha o‘z doirasidan chetga chiqishi va konkretlikka qaytar ekan, undan ilhom lanishi lozim. Shunday qilib, mag‘rur

ratsionalizm antiratsionalizm ning shakllaridan biridir. U

mavhumlikning m a’lum qatorida tafakkurning to'xtab qolishini anglatadi. F anda aynan shunday bo‘ladi!«.

Endi fan faylasufi va metodologi foydalanadigan empirik

m aterialning inform ativ xususiyatiga to ‘xtalib o ‘tmoqchimiz.

X o‘sh, ular nim ani tahlil qiladi? «Tabiat—inson bilimi» zanjirining soddalashtirilgan sxemasini tasaw ur qilaylik: tabiiy

o b ’yekt—tabiatni bilayotgan subyekt—ong ostidagi va ongdagi,

oqilona va nooqilona ijodiy intellektual jarayon—aniq g‘oyani

jam lash — g‘oyani nazariy jihatdan qayta ishlash—yangi

bilim ni original ilm iy m aqola yoki xabarda ifoda etish (dastlabki m anba)—yangi bilim ni maxsus ilmiy monografiya yoki

sharhda ifoda etish—tarixiy-ilmiy asarda va darslikda

ifodalash — om m abop nashrda va «yirtma kalendar» tarzidagi

ommabop nashrlarda ifodalash va h.k. X o‘sh, fan faylasuflari

va metodologlari nima bilan «oziqlanadi»? U lar dastlabki

manbaga kam dan-kam yetib boradilar, am m o dastlabki

manba bu g‘oya genezisini ab initio tavsiflash emas, balki

bilimni ideallar, normalar va shu kabilarga muvofiq tarzda

ifodalash demakdir. Buning ustiga, g‘oyaning muayyan

asoslariga muallifning ishonchi aldam chi bo‘lishi mumkin.

H ar bir odam muayyan g‘oya o‘zida qachon va nima sababga

ko‘ra tug‘ilganligini doimo anglab yetavermaydi. Ong osti

jarayonlari masalasiga kelsak, ularni um um an anglash m um -



kin emas.
Download 13.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling