Fan: Musiqa 1-sinf Sana: Sinf
Download 444.85 Kb.
|
1 sinf musiqa konspekt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ______________________________
A xborot bilan ishlash kompetensiyasi
S haxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi I jtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi U mummadaniy kompetensiyasi M atematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi Darsning blok chizmasi:
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarga musiqa fani , kuylar, qo`shiqlar, shoir va bastakorlar haqidagi bilimlarini mustahkamlash, o`quvchilarga musiqali o`yinlar o`rgatish. 2) O`quvchilarni musiqa tinglashga, estetik didlarini shakllanishiga va Vatanni sevishga o`rgatish. 3) O‘quvchilarning musiqa tinglash, qo`shiq aytish malkarini rivojlantirish. Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish Musiqa tinglash , jamoa bo`lib kuylash , Musiqiy savodxonlik Komunikativ, o`z- o`zini boshqarish umummadaniy kompitensiyalar Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali. Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, DVD Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: Navbatchi axborotini tinglash Darsga hozirlik ko`rish. Fasl haqida suhbat. II. O`tilgan mavzuni takrorlash va mustahkamlash. O`qituvchi o`quvchilardan musiqa darsi nimani o`rgatishi haqida so`raydi. O`quvchilar o`z fikrlarini bayon etishadi. So`ng o`rganilgan”Alifbo bayrami’ qo`shig`i o`quvchilar tomonidan ijro qilinadi, birgalikda kuylanadi va o`quvchilar rag`batlantirib boriladi. II.Yangi mavzu bayoni: O`qituvchi DVD orqali mayin kuy eshittiradi.Bu kuy televizorlarda ijro etilayotgan kuylardan nimasi bilan farq qiladi? Bunday kuylarni qayerlarda eshitamiz? So`ng o`qituvchi mavzu yuzasidan tushuntirish ishlarini olib boradi. Musiqa inson ruhiyatini ko`tarishini aytib o`tadi. Qo`shiq kuylaganda uning musiqasiga qarab holatlar o`zgarishi mumkinligi aytiladui. Shuningdek so`zlarning aniq, tushunarli bo`lishiga e`tibor qaratish talab qilinadi. Insonlarning yosh hususiyatlariga qarab turli xil qo`shiqlar ijro etiladi. Yosh bollar ko`pincha musiqa bilan bo`gliq o`yinlarni xush ko`rishadi. Shuning uchun bugun biz sizlar bilan xalq og`zaki ijodiga mansub bo`lgan “oq terakmi, ko`k terak” musiqali o`yinini o`ynaymiz. Ko`pchilik bu o`yinni do`stlari bilan o`ynab ko`rishgan, shunday bo`lsada bugun biz shu qo`shiq-o`yinni o`ynaymiz va o`rganamiz. O`quvchilar ikki guruhga bo`linishadi va o`qituvchi o`yin o`rqali o`quvchilarga so`zlarini o`rgatib boradi. Oq terkmi, ko`k terak, bizdan sizga kim kerak? O`qishim ishi a`lo. G`ayratli, chaqqon, dono. Kattalarning dastyori, Kichiklarning sardori, Odob-axloqda o`rnak, Quvnoq bollar kerak. Oq terkmi, ko`k terak, bizdan sizga kim kerak? Oq terkmi, ko`k terak, bizdan sizga kim kerak? Quvnoq bolalar kerak, Inoq bolalar kerak. Bundan tashqari musiqai o`yinlarda raqs harakatlari ham mujassam bo`ladi. O`quvchilar bilan birga turli xil raqslarning harakatlari namoyish qilinadi. Qo`shiq aytish qoidalari eslatib o`tiladi. So`ng R. Tolb she`ri, N. Norxo`jayev musiqasiga mansub “Birinchi qor” qo`shig`i o`qituvchi tomonidan o`rgatiladi. Qish fasli haqida suhbat uyushtiriladi, atrofimizdagi olam fani bilan bog`lanadi.O`quvchilar bilan har bir jumlasi ustida ish olib boriladi. O`quvchilarga matn mazmuni tushuntiriladi. So`ng birgalikda kuylanadi. Shuningdek biz yozuvda matn yozishimiz uchun maxsus to`g`ri chizqlardan foydalanamiz. Musiqada ham shunday chiziqlar mavjud. Bu- nota yo`li. Ular 5 ta chizqdan iborat. Musiqa mana shu nota yo`liga yoziladi. IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi matnlar asosida ishlar olib boriladi. Darslikda berilgan qo`shiqlar asosida suhbatlar uyushtiriladi. So`ng birgalikda “Birinchi qor” qo`shig`ini ijro ettiramiz. O`quvchilarga avval matn so`zlarini bir necha bor takrorlab o`rgatamiz. So`ng uning kuyini ijro ettiramiz. Sinf 3 qatorga bo`linadi va har bir qatorga alohida- alohida ham ayttiramiz. Eng chiroyli ijro etgan qatorlar rag`batlantirib boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa o`rganilgan mavzular yuzasidan takrorlash topshiriladi.. Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ______________________________ Download 444.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling