Fan: Musiqa 1-sinf Sana: Sinf
Download 444.85 Kb.
|
1 sinf musiqa konspekt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ______________________________
A xborot bilan ishlash kompetensiyasi
S haxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi I jtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi U mummadaniy kompetensiyasi M atematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi Darsning blok chizmasi:
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarga musiqa fani , kuylar, qo`shiqlar, shoir va bastakorlar haqidagi bilimlarini mustahkamlash, o`quvchilarga tinglash orqali o`rganishni o`rgatish. 2) O`quvchilarni musiqa tinglashga, estetik didlarini shakllanishiga va Vatanni sevishga o`rgatish. 3) O‘quvchilarning musiqa tinglash, qo`shiq aytish malkarini rivojlantirish. Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish Musiqa tinglash , jamoa bo`lib kuylash , Musiqiy savodxonlik Komunikativ, o`z- o`zini boshqarish umummadaniy kompitensiyalar Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali. Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, DVD Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: Navbatchi axborotini tinglash Darsga hozirlik ko`rish. Fasl haqida suhbat. II. O`tilgan mavzuni takrorlash va mustahkamlash. O`qituvchi o`quvchilardan musiqa darsi nimani o`rgatishi haqida so`raydi. O`quvchilar o`z fikrlarini bayon etishadi. So`ng milliy qo`shiqlar haqida so`raladi.O`quvchilar milliyhaqida bilganlarini aytib beradilar, ular qanday kuy bilan ijro qilinishi haqida ma`lumot beradilar.O`quvchilardan “Childirma’ qo`shig`i so`raladi, birgalikda kuylanadi va o`quvchilar rag`batlantirib boriladi. II.Yangi mavzu bayoni: So`ng kuylarni tinglash orqali biz musiqaning qandayligini bilishimiz mumkin. Sho`x kuylar insonning yavshi kayfiyatidan darak beradi, g`amgin kuylar esa qalb jarohatidan hosil bo`ladi. Shuningdek biz kuy va shovqinlarni ajrata bilishimiz lozim. Tabiat hodisalaridan momaqaldiroqning ovozi, shamollarning ovozlarini, turli xil hayvonlarning ovozlarini eshitamiz. Biz ularniu aslo kuy deb ayta olamymiz. Kuy biror bir musiqa asbobi yordamida yuzaga keladi. Yuqorida aytganimizdek kuylar turli xil bo`ladi.Biz doimo kuylarni shovqinlardan ajrata bilishimiz lozim. Shuningdek tovushlarni to`g`ri talaffuz qilish qo`shiqning ma`noli va yoqimli bo`lishiga olib kelishi aytiladi.Tovushlar yuqori, past va bir tekis balandlikda bo`ladi. Sho`x kuy va qo`shiqlar yuqori tovushda, g`amgin qo`shiqlar past tovushda ijro etilishi aytib o`tiladi.Musiqada 7 ta tovush bor. Bular: do, re, mi, fa, sol, lya, si.Bu tovushlarning barchasi nota chizig`iga yoziladi.Bu tovushlarning eng yuqorisi si hisoblansa, do eng past aytiluvchi tovushdir. Har bir xonanda musiqa ijro etayotganda albatta mana shu tovushlarning joylashishiga qarab qo`shiq kuylaydi.Musiqa tovushlarining yuqoriga ko`tarilishi va pastga qarab tushishi tushuntiriladi. Inson hayotida musiqa muhim ahamiyatga ega, Musiqa orqali insonlarning holati aytiladi. Har bir musiqaning o`z vazifasi bor. Kayfiyatni ko`tarish uchun sho`x, quvnoq kuylar eshitishni, tushkunlikka tushganda esa g`amgin, mungli ohamglarni eshitishni, to`y-tantanalarda yana raqsbop qo`shiq-kuylarni eshitishni xohlaymiz. Shunday ekan musiqa inson hayoiti bilan chmbarchas bo`g`liqdir. O`quvchilarga o`zbek xalq qo`shig`i “Chamanda gul” qo`shig`i eshittiriladi. O`quvchilar bilan qish faslining oxirdi oyi o`tayitgani va bu fasldan so`ng bahor kelishi aytib o`tiladi. Bahor faslida tabiat uyg`onadi , borliq gullarga to`ladi. Bugun biz sizlar M. Oqilova she`ri , Il. Akbarov musiqasi bilan yaratilgan “Gullola” qo`shig`i eshittiriladi..She`r mazmuni o`qib, tushuntiriladi, o`qituvchi tomonidan ijro etiladi. O`quvchilar bilan yuqorida aytilgan qo`shiq haqida suhbat o`tkaziladi.Avval o`qituvchi tomonidan matn o`qiladi, mazmuni yoritiladi, so`ng matn kuyga solinadi va qo`shiq qilib ayttiriladi. 2-darsda ham bugungi o`rganilgan mavzu mustahkamlanadi. Qo`shiq aytish qoidalari, “Gullola” qo`shig`i o`quvchilardan so`raladi va o`rgatiladi. IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan suhbat olib boriladi. So`ng birgalikda “Gullola” qo`shig`ini ijro ettiramiz. O`quvchilarga avval matn so`zlarini bir necha bor takrorlab o`rgatamiz. So`ng uning kuyini ijro ettiramiz. Sinf 3 qatorga bo`linadi va har bir qatorga alohida- alohida ham ayttiramiz. Eng chiroyli ijro etgan qatorlar rag`batlantirib boriladi. Mavzu 2 ta darsga mo`ljallanganligi uchun 2-dars davomida ham qo`shiqni to`g`ri, so`zlarini aniq ijro ettirishga o`rgatib boramiz. 2-dars davomida o`quvchilardan o`tilgan mavzu yuzasidan savol-javoblar o`tkaziladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa o`rganilgan mavzular yuzasidan takrorlash topshiriladi.. Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ______________________________ Download 444.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling