Fan: Musiqa 1-sinf Sana: Sinf


Download 444.85 Kb.
bet43/62
Sana13.02.2023
Hajmi444.85 Kb.
#1193322
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   62
Bog'liq
1 sinf musiqa konspekt

A xborot bilan ishlash kompetensiyasi

  • S haxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi

  • I jtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

  • U mummadaniy kompetensiyasi

  • M atematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi

    Darsning blok chizmasi:

    1

    Tashkiliy qism:
    a) salomlashish
    b) davomat aniqlash
    v) o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirsh.

    2

    2

    O’tilgan mavzuni takrorlash mustahkamlash: “Aql charhi” o’yini, “Topqirlik” mashqlari yordamida takrorlanib, mustahkamlanadi.

    7

    3

    O’quvchilarga yangi mavzu haqida tushuncha beriladi.

    10

    4

    Tinglash: Nota yozuvlaridan yoki audio CD disk yozuvlaridan foydalanib, arab hamda eron musiqa asaridan namunalar eshittirilib, suhbat-munozara o’tkaziladi.

    8

    5

    Musiqa savodi: Darslikda berilgan kuy parchasini dirijyorlik qilib, notalarni aniq va ravon sof tovushda kuylashga erishish.

    8

    6

    Jamoa bo’lib kuylash

    7

    7

    Dars yakuni: Test sinovlari orqali mavzuni mustahkamlash.
    Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, qo’shiqni yod olish

    3

    Darsning maqsadi.:
    1)O`quvchilarga musiqa fani , kuylar, qo`shiqlar, shoir va bastakorlar haqidagi bilimlarini mustahkamlsh, milliy cholg`u asboblari bilan tanishtirish.
    2) O`quvchilarni musiqa tinglashga, estetik didlarini shakllanishiga va Vatanni sevishga o`rgatish.
    3) O‘quvchilarning musiqa tinglash, qo`shiq aytish malkarini rivojlantirish.
    Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish
    Musiqa tinglash , jamoa bo`lib kuylash , Musiqiy savodxonlik Komunikativ, o`z- o`zini boshqarish umummadaniy kompitensiyalar
    Dars turi: Aralash
    Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali.
    Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, DVD
    Darsning borishi:
    I.Tashkiliy qism:
    Navbatchi axborotini tinglash
    Darsga hozirlik ko`rish.
    Fasl haqida suhbat.
    II. O`tilgan mavzuni takrorlash va mustahkamlash.
    O`qituvchi o`quvchilardan musiqa darsi nimani o`rgatishi haqida so`raydi. O`quvchilar o`z fikrlarini bayon etishadi. So`ng savol-javoblar o`tkaziladi.

    1. Musiqa qanday yaraladi?

    2. Musiqaga kim kuy bastalaydi?

    3. Yaxshi qo`shiq uchun matn mazmuni kerakmi?

    4. Qo`shiqchi va sozandalar faoliyatini ayting.

    5. Musiqa bizga nimani o`rgatadi?

    O`quvchilarning javoblari to`ldirilib boriladi.
    II.Yangi mavzu bayoni:
    O`qituvchi DVD orqali milliy kuy eshittiradi.Bu kuy televizorlarda ijro etilayotgan kuylardan nimasi bilan farq qiladi? Bunday kuylarni qayerlarda eshitamiz?
    So`ng o`qituvchi mavzu yuzasidan tushuntirish ishlarini olib boradi. Bizning yoshlarimiz hozirda estrada yo`nalishidagi kuy –qo`shiqlarni eshitayotganligi, Milliy cholg`uda ijro etilayotgan musiqa va kuylarni to`y tantanalarida eshitishimiz aytib o`tiladi.
    Milliy qo`shiqlar faqat milliy cholg`u asboblarida ijro etiladi. Bularga: dutor, tor, tanbur, doira, karnay, surnay, nay, nog`ora va b.q.lar kirishi aytiladi. Bugun biz sizlar bilan doira va nog`ora cholg`u asboblari bilan tanishamiz.Ikkala cholg`u asboblari ham zarbli cholg`u asbobi hisoblanadi. Farqi shundaki, doiraga qo`l bilan nog`oraga maxsus cho`plar bilan zarb beramiz. Shundagina bu asboblardan tovush chiqadi. Barcha to`y-tantanalarimiz bu cholg`ularsiz o`tmaydi. Qadimdan ta-bobolarimiz, momolarimiz doira bilan kuy-qo`shiq, o`lan, yor-yor, laparlar aytishgan.
    O`quvchilarga “Chitti gul” valq qo`shig`i eshittiriladi.
    So`ng o`quvchilarga xalq kuyi bilan yaratilgan “Boychechak” qo`shig`i eshittiriladi She`r mazmuni o`qib, tushuntiriladi, o`qituvchi tomonidan ijro etiladi.
    2-darsda ham bugungi o`rganilgan mavzu mustahkamlanadi. Qo`shiq aytish qoidalari, “Boychechak ” qo`shig`i o`quvchilardan so`raladi va o`rgatiladi.
    IV. Mustahkamlash.
    Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi. Darslikda berilgan rasmlar asosida suhbatlar uyushtiriladi. So`ng birgalikda “Boychechak” qo`shig`ini ijro ettiramiz. O`quvchilarga avval matn so`zlarini bir necha bor takrorlab o`rgatamiz. So`ng uning kuyini ijro ettiramiz.
    Sinf 3 qatorga bo`linadi va har bir qatorga alohida- alohida ham ayttiramiz. Eng chiroyli ijro etgan qatorlar rag`batlantirib boriladi.
    Mavzu 2 ta darsga mo`ljallanganligi uchun 2-dars davomida ham qo`shiqni to`g`ri, so`zlarini aniq ijro ettirishga o`rgatib boramiz.
    2-dars davomida o`quvchilardan o`tilgan mavzu yuzasidan savol-javoblar so`raladi.
    V. O`quvchilarni baholash.
    Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
    VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:
    Uyga vazifa xalq qo`shiqlarini aytishga tayyorlanib kelish topshiriladi.. Dars yakunlandi.
    Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ______________________________


    Download 444.85 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   62




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling