Bug‘ mashina moylari- asosan silindr moyi deb ataladi va bug‘ mashinalari detallarini moylash uchun qo‘llaniladi. Bug‘ mashinalari bug‘ tavsifiga bog‘liq bo‘lib, ular yordamida ishlashiga ko‘ra to‘yingan bug‘da ishlovchi va qayta qizdirilgan bug‘da ishlovchi mashinalarga bo‘linadi. - Bug‘ mashina moylari- asosan silindr moyi deb ataladi va bug‘ mashinalari detallarini moylash uchun qo‘llaniladi. Bug‘ mashinalari bug‘ tavsifiga bog‘liq bo‘lib, ular yordamida ishlashiga ko‘ra to‘yingan bug‘da ishlovchi va qayta qizdirilgan bug‘da ishlovchi mashinalarga bo‘linadi.
- To‘yingan bug‘da ishlovchi mashinalar uchun silindr 2, viskozin 3 va nigrol L navli moylar qo‘llaniladi.
- Qayta qizdirilgan bug‘da ishlovchi mashinalarda vaport, silindr 6 va vapor gidron navli moylar qo‘llaniladi.
- Maxsus moylar guruhiga transformator, turbina, kompressor, parfyumeriya va meditsina moylari kiradi.
- Transformator moylari transformator o‘zagi va o‘ramlarini sovitish va himoyalash (izolyasiya) uchun qo‘llaniladi.
- Turbina moylari bug‘li va suvli turbina podshibniklarini moylash uchun, shuningdek. Bug‘li trubgeneratorlar boshqarish tizimini to‘ldirish uchun qo‘llaniladi. Turbina moylari quyidagilarga bo‘linadi:
- Turbina L marka (20 – 23 stt. 500C) – kichik va o‘rta quvvatdagi bug‘li turbinalarni moylash uchun qo‘llaniladi.
- Turbina UT marka (28 – 32 stt, 500C) – aylanishlar soni minutiga 2000 – 3000 bo‘lgan kuchli bug‘li turbinalar uchun qo‘llaniladi.
- Turbina T marka (44 – 48 stt, 500C)
- turboreduktor moyi (55 – 59sst, 500C) paraxod qurilmalarini moylash uchun ishlatiladi.
- Kompressor moylari ikkiga bo‘linadi.
- Kompressor M marka (9.5 – 14sst, 1000C) – havo haydovchi va ikki bosqichda havoni siquvchi kompressorlarni moylash uchun ishlatiladi.
- Kompressor T marka (14 – 20 sst, 1000C) – yuqori bosim (40 dan 225at) dagi ko‘p bosqichli kompressorlarda ishlatiladi.
- Parfyumeriya va meditsina moylari o‘ziga xos rang va hidga ega. Parfyumeriya moylari qovushqoqligi 500C da 15 – 20sst, meditsina moylari 500C da 28 – 31sst. Bu moylar “oq” moylar nomi bilan ham yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |