Misol. 6.2. Selektiv tozalash qurilmasiga 40 000 kg/soat moy fraksiyasi ( 0,928) kiritilmoqda. Tozalash fenol yordamida o`tkaziladi, uning xomashyo massasiga nisbati 1,7:1 ni tashkil etadi. ekstraksion kolonnaning pastki kismidagi temperatura 56 0C, kolonna yuqorisidagi esa 82 0C. Rafinatni massa bo`yicha chiqishi (ρ = 0,907) 76% ni tashkil etadi, uning rafinatli eritmadagi massa ulushi 0,86 ga teng. Rafinatli eritmaning tinish (turish) vaqti 1,2 soat, ekstraktda – 0,5 soat. ekstraktning nisbiy zichligi 0,985, fenolning zichligini 56 0C da 1043 kg/m3, 82 0C da – 1021 kg/m3 ga teng deb qabul qilingan. Kolonnadagi aralashma oqimining shartli tezligi 9,5 m3/m(m2 . soat)ni tashkil etadi. Kolonnada 2,2 m masofa oralig`ida 6 ta nasadkali tarelka o`rnatilgan. Kolonna diametri va balandligini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |