Fan nomi: Avtomobil boshqarishning zamonaviy va istiqbolli tizimlari Fan turi
Download 0.79 Mb.
|
Sillabus ABZVIT-TVM
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
- Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etilgan mavzular
- Mustaqil ta’lim uchun quyidagi adabiyotlar tavsiya etiladi
- V.Ta ‘lim natijalari. Kasbiy kompetensiyalari
IV.Mustaqil ta‘lim va mustaqil ishlar Avtomobil boshqarishning zamonaviy va istiqbolli tizimlari fanidan mustaqil ta‘lim va mustaqil ishlar yangi innovatsion va kompyuter texnologiyalari qo‘llanilgan holda yozma va o‘g‘zaki shaklda olinadi. Bunda uchta o‘zaro bog‘liq anglash va ijod qilish faoliyatini o‘z ichiga oladi: mashg‘ulotlarda olingan axborotni qayta ishlash, qabul qilinganlarni tizimlashtirish, mustaqil shakllantirish, xulosalash va umumlashtirish. Talabalarning mustaqil ta’limi har bir modul bo‘yicha o‘qituvchi rahbarligida va mustaqil tarzda amalga oshiriladi. Mustaqil ta’limning turli shakllari mavjud bo’lib, unda talaba o’qituvchi rahbarligida fan bo’yicha yangi bilimlarni, o’quv va ko’nikmalarni o’zlashtirish, ijodiy faoliyatni amalga oshira oladi. IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar Talabalarning mustaqil ta’limi har bir modul bo‘yicha o‘qituvchi rahbarligida va mustaqil tarzda amalga oshiriladi. Mustaqil ta’limning turli shakllari mavjud bo‘lib, unda talaba o‘qituvchi rahbarligida fan bo‘yicha yangi bilimlarni, o‘quv va ko’nikmalarni o‘zlashtirish, ijodiy faoliyatni amalga oshira oladi. Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etilgan mavzular: Elektromobillar. GPS treyker. Zamonaviy avtomobillar tuzulishi. Qo‘shimcha tormoz tizimlarini yaratish. Haydovchi ish joyiga bo‘lgan ergonomik talab. Avtomobil avtopiloti. Avtomatik uzatmalar qutisi. Immobilayzer. ABS tormoz tizimi. Zamonaviy avtomobillarning xavfsizlik yostiqchasining ishga tushish jarayoni. Mustaqil ta’lim uchun quyidagi adabiyotlar tavsiya etiladi: A.Muxitdinov va boshqalar. Avtomobillar. Konstruktsiyasi asoslari. “Istiqilol nuri” nashriyoti. T.:2015yu 332 bet. A.Muxitdinov, B.Sattivaldiev, SH.Xakimov “Transport vositalarining tuzilishi” (DSIGN OF VEHICLES) “Ta’lim nashriyoti” TOSHKENT-2014 y 158 b. Fayzullayev E.Z. Transport vositalari tuzilishi va nazariyasi. Darslik. 1-qism.-T.: “Yangi asr avlodi”, 2006. -375 b. V.Ta ‘lim natijalari. Kasbiy kompetensiyalari Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba: Transport vositalarining zamonaviy va istiqbolliy tizimlari fani masalalari doirasi: Avtomobilning ish qobilyatini saqlash va ta’minlash; Zamonaviy avtotransport vositalarini tahlil qilishni bilish kerak; Avtomobil vositalarini tahlil qilishni bilishi kerak; Transport vositalari va ularning agregatlari haqida tushunchaga ega bo‘lishi; Avtotransport vositalarining mexanizmlari haqida tasavvurga ega bo‘lishi; Zamonaviy avtomobillarni tasniflanishi haqida; Avtomobillarni ekspluatatsion xususiyatlari haqida; Avtomobillarni takomillashtirish yo‘nalishlari haqida; Avtomobilning aktiv va passiv elektron tizimlar haqida; Elektron boshqaruv blogi tushunchalasi; Avtomobilning zamonaviy nazorat tizimlari haqida; Zamonaviy avtomobillarning passiv xavfsizlik tizimlari tushunchasi; Zamonaviy avtomobillarda jihaozlangan sirena, immobilayzer va GPS treykerlar haqida; Avtomobilning avtoparking tizimi haqida; Transport vositalarining asosiy ilmiy-texnikaviy muammolari va taraqqiyot istiqbollari; Avtomobillarni vazifasi, agregatlari mexanizmlari va tizimlari tuzilishi; Avtomobillarni ekspluatatsion xususiyatlarining ko‘rsatkichlari; Avtomobillarniga asosiy texnik-iqtisodiy talablar kabi kompetentsiyalariga ega bo‘lishi lozim. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling