Fan nomi: Avtomobil boshqarishning zamonaviy va istiqbolli tizimlari Fan turi
VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari
Download 0.79 Mb.
|
Sillabus ABZVIT-TVM
- Bu sahifa navigatsiya:
- VII. Kreditlarni olish uchun talablar
VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
ma’ruzalar; real vaziyatga asoslangan amaliy ishlarni bajarish; esse, tezis va maqolalar yozish; vaziyatli topshiriqlarni (keys-stadi) yechish; jarayonli-yo‘naltirilgan ta’lim; muhokamalarda ishtirok etish; kichik guruhlarda ishlash; loyiha ishi bajarish; mustaqil ishlarni bajarish; taqdimot tayyorlash; turli darajadagi testlarni yechish; so‘rov o‘tkazish. Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha test yoki yozma ishni topshirish. Fandan talabalarni baholash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta maxsus ta‘lim vazirining 2018-yil 9-avgustdagi 19-2018-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta‘lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risida”gi NIZOM asosida amalga oshiriladi. Fan doirasida 2 ta joriy nazorat (JN), 2 ta oraliq nazorat (ON) va yakuniy nazorat (YaN) olinadi. Xususan: 1-JN uchun talaba: a) 1-8 mavzular doirasidagi amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rishi va amaliy mashg‘ulot darsida so‘zlab berishi (maksimal 9 ball) b) tavsiya etilgan mavzular ichidan esse yozish va belgilangan tartibda rasmiylashtirishi zarur (maksimal 6 ball). 2-JN uchun talaba: a) 9-15 mavzular doirasidagi seminar mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rishi va seminar darsida so‘zlab berishi (maksimal 9 ball) b) tavsiya etilgan mavzular ichidan esse yozish va belgilangan tartibda rasmiylashtirishi zarur (maksimal 6 ball). Fan doirasida 2 ta oraliq nazorat (ON) va yakuniy nazorat (YaN) olinadi. Xususan: 1-ON uchun talabaga: 1-8 mavzular bo‘yicha tuzilgan savollarga yozgan yozma ishiga olgan bahosi; 1-8 amaliy mashg’ulot mavzular asosida bajargan ishlar bo‘yicha olgan bahosi; 1-5 mustaqil ish mavzulari asosida bajargan ishlaridan olgan bahosi. 1-ON bo‘yicha a, b, c punktlarning birortasini bajarilmasligi, talabaning 1-ON dan o‘tmaganligini anglatadi va 2-ON ga ruxsat berilmaydi. 1-ON ni topshirishni oxirgi muddati 2-ON ning boshlanish sanasigacha. 1-ON dan kamida qoniqarli baho olingan taqdirda 2-ON ga ruxsat beriladi. 2-ON uchun talabaga: 9-15 mavzular bo‘yicha tuzilgan savollarga yozgan yozma ishiga olgan bahosi; 9-15 amaliy mashg’ulot mavzular asosida bajargan ishlar bo‘yicha olgan bahosi; 6-10 mustaqil ish mavzulari asosida bajargan ishlaridan olgan bahosi. 2-ON bo‘yicha a, b, c punktlarning birortasini bajarilmasligi talabaning 2-ON dan o‘tmaganligini anglatadi va YaN ga ruxsat berilmaydi. 2-ON ni topshirishning oxirgi muddati YaN ning boshlanish sanasigacha. 2-ON dan kamida qoniqarli baho olingan taqdirda YaN ga ruxsat beriladi. YaN da talabaga barcha o‘tilgan mavzular doirasida tuzilgan savollar bo‘yicha yozgan yozma ish uchun baho qo‘yiladi. YaNdan kamida qoniqarli baho olingan taqdirda talaba fanni o‘zlashtirgan hisoblanadi va 4 kreditga ega bo‘ladi. YaNdan kamida 60% (30 ball) ball to’plagan talaba fanni o‘zlashtirgan hisoblanadi va 4 kreditga ega bo‘ladi. Fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan talaba ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan bo‘yicha tegishli kreditlarni o‘zlashtirmagan hisoblanadi.
Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling