FAN NOMI:GRUNTLAR MEXANIKASI,ZAMIN POYDEVORLAR Xudoyqulov Ravshan 618 - MAVZU:Suvga to‘yingan gruntlarning zilzila ta’sirida quyqalanishi
Gruntlarning suv o‘tkazuvchanligi Fizik tasavvurlar. Suv o‘tkazuvchanlik deb suvga to‘yingan gruntning bosimlar farqi ta’sirida o‘z g‘ovaklaridan suvning uzluksiz oqimini o‘tkazish xossasiga aytiladi. Bunda suvning uzluksiz oqimi deganda uning grunt faol g‘ovaklarining butun kesimi, ya’ni g‘ovaklarning bog‘lanishli suv bilan to‘lmagan qismi bo‘ylab uzluksiz harakati (filtratsiyasi) tushuniladi. Gruntlarning suv o‘tkazuvchanligi ularning g‘ovakliligi, granulometrik va minerallar tarkibi, bosimning gradiyentiga bog‘liq bo‘ladi. - Gruntlarda suv sizilishi (filtratsiyasi) ancha murakkab jarayondir. Darhaqiqat, har xil donali gruntda g‘ovaklar bir - biri bilan turli yo‘nalishlarda kesishadigan o‘zgaruvchan kesimli egri bugri yo‘llarni tashkil qiladi. Binobarin, bu yo‘llarda suvning harakatlanish trayektoriyalari ham o‘ta murakkab bo‘ladi. Changsimon - loyli gruntlarda loyli zarralarni qurshagan va ular bilan elektrostatik tortish kuchlari vositasida bog‘langan bog‘lanishli suv qobiqlari ayrim kesimlarda g‘ovaklarning yo‘llarini to‘suvchi va erkin suv harakatini sekinlashtiruvchi tiqinlar hosil qilishi mumkin. Gruntning turli kesimlarida suv harakatining haqiqiy tezligi har xil bo‘lishi mumkin va ochig‘ini aytganda, noaniq bo‘ladi, shu sababli gruntda suv filtratsiyasining matematik tavsifi bu jarayonni sxemalashtirish bilan bog‘liq va eksperimentlarning natijalariga asoslanadi.
- Grunt elementida suv filtratsiyasi sxemasini ko‘rib chiqamiz (2.6-rasm). Suvga to‘yingan grunt qatlamining bir - biridan L masofa uzoqlikda joylashgan 1 va 2 nuqtalarida har xil pzometrik bosimlar amal qilayotgan: Hi>H2 bo‘lsin. Harakatlanayotgan suv oqimining istalgan nuqtasidagi bosim quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi: H = p/7w + z + V2 /(2^) ~ p/7w + z, (2.22) 58 bu yerda: p /yw - pyezometrik balandlik (p - suvdagi bosim; yw - suvning solishtirma og‘irligi); z - taqqoslashning ayrim gorizontal tekisligi ustida ko‘rib chiqilayotgan nuqtaning balandligi; v2 /(2g) - tezlik bosimi (v - oqimdagi suv harakati tezligi; g - erkin tushish tezlanishi). Haqiqiy gruntlarda suvning harakat tezligi baland bo‘lmagani bois, (2.2) ifodada tezlik bosimi odatda e’tiborga olinmaydi. Bu yerda shuni ta’kidlab o‘tish
- Gruntning elementar naychasida suv sizilishi (filtratsiya) sxemasi lozimki, suvdagi bosim p 2.7-rasmda ko‘rsatilganidek, nafaqat suyuqlik ustunining balandligi, balki inshootdan poydevor osti orqali zamin gruntlariga tushuvchi yuk bilan ham belgilanishi mumkin (g‘ovakdagi bosim). Bosimlarning bu farqi ta’sirida grunt g‘ovaklaridagi suvning 1 nuqtadan 2 nuqtaga harakati boshlanishi mumkin. Bu harakat kesim yuzasi A bo‘lgan silindrsimon oqish naychasi bo‘ylab yuz berayotgan bo‘lsin. Bunda ayrim vaqt t mobaynida 1 nuqtadan 2 nuqtaga kelgan suv sarfi Q ni o‘lchab, filtratsiyaning shartli tezligini hisoblab chiqarish mumkin: & = Q /(At). (2.23)
- Filtratsiya tezligini oqish naychasi kesimining umumiy yuzasi A ga kiritish yuqorida ko‘rsatilgan omillardan tashqari, bu kesimning bir qismini qattiq zarralar, changsimon - loyli gruntlarda esa filtratsiyada ishtirok etmaydigan bog‘lanishli suv ham egallagan, degan shartlilikni o‘z ichiga oladi. Shu sababli (2.23) formula bo‘yicha aniqlangan filtratsiya tezligi doim gruntdagi suv filtratsiyasining haqiqiy tezligidan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |