Fan nomi: gruntlar mexanikasi,zamin poydevorlar
Download 97.41 Kb.
|
Ravshan
Bir o‘qli sinovlar. Mazkur sinovlar, odatda, qoyatosh gruntlaming namunalari uchun o‘tkaziladi. Sinovlarda diametri yoki kesim tomoni 40...45 mm bo‘lgan silindrsimon namunalardan foydalaniladi. Faqat yuklash namuna to‘la buzilgunga qadar amalga oshiriladi. Bunda olinuvchi kattalik Rc=Fch/A, bu yerda Fch - chegaraviy buzuvchi kuch, A - namunaning ko‘ndalang kesimi yuzasi, yakka o‘qli siqishga nisbatan grunt namunasining mustahkamligi deb ataladi. Har xil qoyatosh gruntlar uchun u keng doirada: bo‘rlar, juda bo‘sh ohaktoshlar va qumtoshlar 1...5 MPa dan juda mustahkam bazaltlar, gabbro, marmarlar uchun 250...300 MPa va undan katta miqdorgacha o‘zgaradi. Cho‘zilishga qarshilik (Rr - bir o‘qli cho‘zilishga nisbatan grunt namunasining mustahkamligi) to‘g‘ri yoki egri metodlar yordamida bevosita sinov o‘tkazish yo‘li bilan aniqlanishi mumkin. Biroq muhandislik maqsadlari uchun yetarli darajada aniqlik bilan Rr qoyatosh gruntlarning namunalari uchun (1/10...1/20) Rc ga teng deb olinishi mumkin. Download 97.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling