3.Har qanday holatda so‘z shakli yasaydi. - 3.Har qanday holatda so‘z shakli yasaydi.
- oqish (ozaytirma shakli) - kelish (harakat nomi)
- otam (egalik shakli) - ko‘rdim (shaxs-son shakli)
- ukang (egalik shakli) – bording (shaxs-son shakli)
- O‘zbek tilida ko‘makchi morfemalar, ya’ni qo‘shimchalar yetakchi morfemadan so‘ng keladi. Asosga eng avval so‘z yasovchi qo‘shimcha, so‘ng lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha, eng oxirida esa sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar qo‘shiladi. Fido-kor-lar-ga
- asos+so’z yasovchi+lug’aviy shakl+sintaktik shakl
Asosga so‘z yasovchi qo‘shimcha, shakl yasovchi qo‘shimchalar ikkitadan qo‘shilsa, ular ketma-ket ulanadi, yuqoridagi tartib buzilmaydi: - Asosga so‘z yasovchi qo‘shimcha, shakl yasovchi qo‘shimchalar ikkitadan qo‘shilsa, ular ketma-ket ulanadi, yuqoridagi tartib buzilmaydi:
- sinf-dosh-lar-im-dan,
- Shuningdek, ayrim so‘zlarda umumiy tartib buzilishi ham kuzatiladi: es-la-gan-lik kabi. Bunda asos + so‘z yasovchi qo‘shimcha + shakl yasovchi qo‘shimcha + so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shilmoqda.
- Umuman olganda, qo‘shimchalarning qo‘shilishida o‘ng qo‘l qoidasiga rioya qilinadi.
Morfologik qayta bo’linish - So’zning morfemalarga bo’linishi, morfemalar orasidagi chegara-ajralish o’rni tarixiy taraqqiyot natijasida o’zgarishi ham mumkin .Masalan: ular olmoshi hozirgi o’zbek tilida u-lar shaklida ajraladi, lekin qo’shimchaning tarkibidagi –l tovushi aslida o’zaknikidir. U olmoshi aslida ul shaklida bo’lgan. Demak, bu so’z ul-ar –ular shakliga o’tgan bo’lib, o’zakning bir tovushi qo’shimchaga o’tgan, o’zak morfema qisqargan, affiksal morfema kengaygan.
- (ul-ning, ul-ni, ul-ga va boshqalar)
Morfologik qayta bo’linish fonetik hodisa bilan ham bog’liq. Ya’ni bir morfemaga qo’shimcha qo’shilishi bilan fonetik jihatdan boshqa tusga kirishi natijasida so’zlar ikki xil variantda bo’lib, birining boshqasidan tug’ilishi natijasini ko’rsatadi. Masalan, sana-sanoq, qishloq-qishlog’i, kurak-kuragi kabi. - Morfologik qayta bo’linish fonetik hodisa bilan ham bog’liq. Ya’ni bir morfemaga qo’shimcha qo’shilishi bilan fonetik jihatdan boshqa tusga kirishi natijasida so’zlar ikki xil variantda bo’lib, birining boshqasidan tug’ilishi natijasini ko’rsatadi. Masalan, sana-sanoq, qishloq-qishlog’i, kurak-kuragi kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |