Fan: Ona tili o’qish savodxonligi va uni o’qitish metodikasi
KO`MAKCHI MORFEMA (qo’shimcha) -
Download 351.01 Kb.
|
mavzu prez..
- Bu sahifa navigatsiya:
- KO`MAKCHI MORFEMA (qo’shimcha) - ya’ni morfema
- So‘z yasovchi morfemalar
KO`MAKCHI MORFEMA (qo’shimcha) - ya’ni morfema (tilda morfemani tor tushunganda, u qo`shimchaning sinonimi bo`lib ishlatiladi, lekin biz yuqorida morfema tarkibiga asos va qo`shimchani kiritdik) boshqa ma’noli qismga bo`linmaydigan(1), so`z yasash(2), so`zning biror grammatik shaklini hosil qilish uchun asos bo`ladigan(3) til birligi:
1) So‘z yasovchi morfemalar - yasovchi qismni tashkil etgan morfemalardir. Masalan, bilim so‘zi bil so‘ziga -im so‘z yasovchi morfemasini qo‘shish orqali hosil qilingan. bilimdon so‘zi esa bilim so‘ziga -don qo‘shimchasini qo‘shish bilan hosil qilingan. Demak, birinchi so‘zda yasovchi asos bil, ikkinchi so‘zda esa bilimdir. 2) Shakl yasovchi morfemalar - yetakchi morfemalarga qo‘shilib, yangi so‘z hosil qilmaydigan(1), so‘zning turli xil shakllarini vujudga keltiradigan(2) morfemalardir.Masalan, yaxshigina, Zamiraxon, ukam
a) Sintaktik munosabat bildirmaydigan morfemalar. O‘qigach so‘zidagi -gach morfemasi o‘qi so‘ziga qo‘shilib, undan yangi so‘z ham yasamaydi, bu so‘zni boshqa so‘zga bog‘lash uchun xizmat ham qilmaydi. Shuning uchun u lug‘aviy shakl yasovchi morfemadir.
Download 351.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling