Fan: Pedagogika. Psixologiya 1-mustaqil ish Bajargan talaba: Axmedov Islom Guruh: Di-13. 19 Fan o'qituvchisi: Shuxrat Xudoyberdiyev
Download 84.67 Kb.
|
1 mustaqil ish pedagogika psixologiya Axmedov Islom
Ritsarlik tarbiyasi. G’arbiy Yevropada ham dunyoviy feodallar muhitida risar fazilatlariga yega bo’lgan tajribali, mohir va mard jangchi, shuningdek, olijanob, nazokatli, odobli, xushmuomalali, vijdonli, fidokor va sodiq inson — tarbiyasi bilan bog’liq alohida tarbiya tizimi, ya’ni risar tarbiyasi maydonga keldi.
G’arbiy Yevropa mamlakatlarida risar tarbiyasi XII asrga kelib to’la tarkib topdi va rivojlandi. Risar tarbiyasining mazmuni, «risarlarga oid yetti fazilat»dan iborat yedi. Bu fazilatlar quyidagilardir: ot minib yurishni, qilichbozlikni, nayzabozlikni, suzish, ov qila bilish, shashka (keyinchalik shaxmat) o’ynashni bilish, she’r to’qish va qo’shiq ayta olish. Bu fazilatlardan birinchi o’rinda turgan uchtasi risarga berilmog’i zarur harbiy tarbiyaga taalluqlidir: risar otliq askar, qilich va nayza yesa o’sha zamon jangchisining asosiy quroli yedi. Suzish va ov qilishni bilish jismoniy chiniqish, chaqqonlik va bardoshlilikni o’stirish uchun talab qilinardi. Bundan tashqari, ov qilish, shuningdek, o’zining qayerdaligini aniqlaybilish (oriyentasiya qobiliyati), topqirlik, hushyorlik, dushmanning izini topish va shu kabi sifatlarni o’stirish vositasi hisoblanardi. Shashka va shaxmat o’yini, bir tomondan, bekorchi vaqtini band qilish yoki hujum va mudofaa rejasini tuza bilish qobiliyatini o’stirish vositalaridan hisoblanardi. She’r to’qish va qo’shiq ayta bilish yesa o’zining syuzereniga (kichik feodallar ustidan turgan hokim, boshliq va risarning homiysi) madhiya o’qish va o’zining sodiqligini izhor qilish, uning mardligini, zafarlarini, qahramonligini maqtash va shu orqali iltifotga sazovor bo’lish hamda o’zi uchun mahbuba qilib belgilangan xonimga madhiyalar o’qish uchun kerak yedi. (o’rta asrlarda G’arbiy Yevropa dvoryanlar jamiyatida shunday rasm bor yediki, bunga muvofiq har bir risar bironta aslzoda feodal xonimning homiyligida bo’lmog’i lozim yedi, risar o’zining homiysi bo’lgan xonimni («dama serdsa») diliga jo qilib, uning oldida tiz cho’kar va o’zini unga bag’ishlar yedi). Risarga oid ana shu yettita fazilatni yegallash bilan birga, o’sha davrlarda dvoryanlar jamiyatida qabul qilingan odob va nazokat qoidalarini o’rgatish ham risar tarbiyasining mazmuniga kirar yedi. Risar tarbiyasining amaliy yo’llari quyidagilardan iborat yedi: feodal o’z o’g’lini 7 yoshdanoq syuzerenning saroyiga joylashtirar bu yerda uning o’g’li 14 yoshgacha paj vazifasini bajarar ya’ni ovqat vaqtida xizmat qilar, syuzeren xoni, feodal begimning va boshqa xonimlarning yumushlarini qilar, ular bilan birga sayrga chiqar, saroydagi qabul marosimlarida ishtirok yetar, har qanday saroy bayramida va tomoshalarida qatnashar va shu tufayli feodal dvoryanlar jamiyatidagi rasm va qoidalarni yegallab olar yedi, so’ngra 14 yoshdan 21 yoshgacha syuzerenning qurol-yarog’ini ko’tarib yurarardi. U syuzerenning qurol yarog’ini tartibda saqlar, syuzeren bilan birga jang va urushlarda ishtirok qilar, u bilan ovga chiqar, harbiy musobaqa va o’yinlarda, turnirlarda (risarlarning kuch sinash musobaqalarida) ishtirok yetib harbiy bilim jang san’atini yegallab olar yedi. 21 yoshga kirganda unga katta tantana bilan risarlik unvoni berilardi. Download 84.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling