Shahar kо‘chalaridagi mavjud transport va piyodalar kommunikatsiyalarining kategoriyalari
- Kо‘ndalang profillar bо‘ylama о‘qiga nisbatan perpendikulyar holda va kо‘chalar bir-biri bilan kesishish joylarida, shuningdek mikrorayonga kirish joylarida yoki tuproq hajmi bir-biridan katta farq qiladigan joylarda quriladi.
- Profillarni qurishda pastlik va balandliklar dastlabki ma’lumot bо‘lib xizmat qiladi. Bо‘ylama va kо‘ndalang profillarda muhandislik kommunikatsiyalarini, transport va temir yо‘llarni, tonnellarni, elektr tarmoqlari va yо‘l-transport inshootlarini borligini kо‘rsatishning ahamiyati juda kattadir. Bо‘ylama profilni qurayotganda quyidagi shartlarga amal qilish talab qilinadi:
- 1) Kо‘chalarning toifasiga qarab, ularning bо‘ylama nishablarini tanlash (15.2-jadval).
- 2) Tuproq ishlari hajmini kamaytirishga intilish.
- 3) Chuqurliklarda kerakli bо‘lgan muhandislik kommunikatsiyalarini loyihalash.
- 4) Tuproqni surayotganda tabiiy nishabni imkon qadar saqlash.
- 5) Sinuvchi loyiha nishablarini iloji boricha 50-100 metrdan kam qilmaslik.
- Ushbu talablarni inobatga olib, transport kommunikatsiyalarining profil kesimlari 15.2-rasmda kо‘rsatilgan shakl tuzilishi asosida loyihalanadi.
Kо‘cha kо‘ndalang profil kesimlar:
a, b, v – markazdan ikki yonga berilgan nishablik; g, d – shunday, bir tomonlama nishablik; h – bort toshining balandligi; in, in1 – kо‘ndalang nishabliklar.
3. Chorrahalarni vertikal rejalashtirish. 3. Chorrahalarni vertikal rejalashtirish. - Chorrahalarni vertikal rejalashtirish kesishadigan kо‘chalarning ahamiyatiga va toifasiga hamda bо‘ylama nishabliklarning yо‘nalishiga bog‘liq. Kesishadigan kо‘chalar qatnov qismi о‘qining belgilari yo kesishadigan kо‘chalar о‘qining belgilari yoki kesishadigan kо‘chalar novlarining belgilari bilan tutashishi mumkin. Magistral kо‘chalarda kо‘ndalang novlar qilish yaramaydi. Chorrahalarni vertikal rejalashtirishdan maqsad transport va piyodalar harakati uchun xavfsizlikni ta’minlash hamda oqova suvlarning oqib ketishi uchun imkon tug‘dirishdir. Uning uchun quyidagi omillarni inobatga olish talab qilinadi:
- - har xil toifadagi kо‘chalar kesishish joyida bosh kо‘chaning о‘qi bо‘yicha nishablikni saqlab qolish;
- - bir xil toifadagi kо‘chalar kesishishida katta nishablikka ega bо‘lgan kesuvchi kо‘chani asosiy qilib olish yoki ikkalasini ham bir yonli kо‘ndalang profilga aylantirish;
- - qaysi kо‘chadan tramvay yо‘li о‘tsa, о‘sha bosh kо‘cha deb hisoblanadi, qolgan barcha kо‘chalarning elementlari va ikkinchi kо‘cha shunga asoslanib olinadi;
- - magistral kо‘chani kо‘ndalang kesib о‘tuvchi quvurlar ishonchliligini ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |