Фан: “ШАҲарларни транспорт режалаштириш”


Download 0.77 Mb.
bet1/4
Sana10.02.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1184670
  1   2   3   4
Bog'liq
ШТР-15-маъруза

Фан: “ШАҲАРЛАРНИ ТРАНСПОРТ РЕЖАЛАШТИРИШ”

Маърузачи: к.ў. С.С.Ражапова

10-mavzu. Shahar kо‘chalarining vertikal rejalashtirilishi.

  • Reja: 
    • Vertikal reja haqida umumiy tushuncha.
    • Kо‘chalarni vertikal rejalashtirish.
    • Chorrahalarni vertikal rejalashtirish.
    • Maydonlarni vertikal rejalashtirish.
  • Tayanch so’z va iboralar: шаҳар йўллари, кўчалар, тармоқ, шаҳарларни режалаштириш, радиал, халқасимон, аралаш, транспорт, иқлим ҳаракатланиш жадаллиги.

1. 15.1. Vertikal rejalashtirish haqida umumiy tushuncha.

  • Shahar hududi va kо‘chalarini obodonlashtirish, arxitektura yechimlarini muhandislik talablari asosida yechish, shaxar territoriyasi, kо‘cha va yо‘llarining relyefini tо‘g‘rilash va о‘zgartirish maqsadida vertikal rejalashtirish bajariladi. Shu bilan bir qatorda tabiiy sharoitlarda saqlab, qurilish ishlari va yо‘l inshootlarining hajmini kamaytirishga harakat qilinadi. Shahar kо‘chalari va yо‘llarini vertikal rejalashtirish uchun birlamchi ma’lumot bо‘lib reja balandlik belgilari (otmetkalari) yoki gorizontallari va yuza kesimlari aniqlanadi. Yо‘l bо‘laklarining nishabligi quyidagicha aniqlanadi:
  • H – nuqtalar otmetkalarining farqi;
  • L – nuqtalar orasidagi masofa.
  •  
  •  

Shahar maydonlarida nishablik – 30 ‰ dan, avtomobil tо‘xtab turish (stoyanka) yerlarida – 20 ‰ trotuarning bо‘ylama nishabligi 60 ‰ dan, velosiped yо‘lkalarining bо‘ylama nishabligi 50 ‰ dan oshmasligi kerak.
Kо‘chalarni vertikal rejalashtirishda muhandislik-texnik va me’morchilik talablariga kо‘ra joy relyefini о‘zgartirishni va kо‘chalar hamda maydonlar sirtining balandlik belgilarini, yer osti inshootlarining joylashuvini, binolarga kirish, hovlilarda yurish yо‘llarini belgilash kо‘zda tutiladi. Vertikal rejalashtirishga, shuningdek, kо‘priklar, yо‘l о‘tkazgichlar, tunnellar va qirg‘oq bо‘ylarining balandlik о‘rnini texnik va mahalliy sharoitlarga kо‘ra aniqlash ham kiritiladi.
Mavzelarni vertikal rejalashtirish suvning yer usti va yer osti suv oqimi tarmoqlariga (novlariga) oqib turishini ta’minlashni kо‘zda tutadi. Yer qazish ishlari hajmini kamaytirish uchun loyiha yechimlari joyning tabiiy relyefidan imkoni boricha foydalanadi. Joyning tabiiy qiyaligi kam bо‘lganida bunday loyihalashni mavzelarning konturi tо‘g‘ri tо‘rtburchak bо‘lganida bajarish mumkin. Qiyaligi katta va jarlikli past-baland joylarda shaharni tо‘g‘ri tо‘rtburchakli qilib rejalashtirish binolar va yer osti inshootlari qurilishida ancha katta qiyinchiliklar tug‘diradi. Bunday sharoitlarda kо‘chalarni eng past joylar bо‘yicha joylashtirib planda egri chiziqlilikka va sinishlarga yо‘l qо‘yish zarur. Bu yer qazish ishlari hajmini kamaytiradi, yondosh mavzelardan suv chetlatish sharoitlarini yaxshilaydi va gorizontallarga parallel joylashgan hamda kо‘chadan baland turadigan binolarni loyihalash uchun katta me’morchilik imkoniyatlarini yaratib beradi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling