1-Oraliq nazorat ishi 25-variant Savollar
Download 45.53 Kb.
|
1 2
Bog'liqOraliq nazorat ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-Oraliq nazorat ishi 25-variant Savollar
- Issiq suv uchuv qo’yiladigan asosiy talablar
NamMQI Qurulish fakulteti 27-QHALTE-17 guruh talabasi Turg`unov Hasanboyning Transport va muhandislik Obodonlashtirish fanidan yozgan ORALIQ NAZORAT ISHI Bajardi: Turg`unov H. Qabul qildi: Buzrukov Z. Variant: 25 1-Oraliq nazorat ishi 25-variant Savollar 1. Suv orqali issiqlik bilan ta’minlash tarmoqlari. Suv ta’minotining yopiq va ochiq tizimlari. 2. SHaharsozlikda vertikal rejalashtirishning ahamiyati, hududni vertikal rejalashtirishga qo’yiladigan asosiy talablar Javoblar 1. Issiq suv ta’minoti tizimlari insonlarni issiq suvga (75° S gacha) bo’lgan sanitar-gigiena va xo’jalik extiyojlarini qondirish uchun xizmat qiladi. "Xo’jalik" suvi bilan barcha yashash binolari, jamoat binolari, mehmonxonalar, kasalxonalar, xammomlar, kir yuvish xonalari, bolalar muassasalari jamoat ovqatlanish korxonalari, shu bilan birga sanoat korxonalari ham ta’minlanadi. Hozirgi paytda issiq suv bilan ta’minlash tizimlari ishlatilmagan birorta yangi qurilgan xonadonlarni, shahar sharoitda tassavur qilish mumkin emas. Oddiy qo’rinishda issiq suv ta’minoti tizimlari: suv isitgichdan va issiq suv tashuvchi quvurlardan, suv olish nuqtasidan iboratdir. Hozirgi vaqtda markazlashtirilgan issiq suv ta’minoti tizimlarida bir joydai turib 1 ta bino, ko’pgina xollarda esa bir nechta bino yoki kvartal, mikrora1on yoki posyolkalar issiq suv bilan ta’minlanadi. Issiq suv uchuv qo’yiladigan asosiy talablar Iste’molchilarga beriladigai issiq suv davlat tomonidan qo’yiladigan standart DAST 2874—82 "Ichimlik suvi" ga javob berishi kerak. Suv isitgichdan keyingi suvning issiqligi sanitar gigiena normalariga asoslanadi. Pastki chegara uchun 60°S belgilangan, bu haroratda suv tarkibidagi barcha biologik jonzodlar o’ladi. Yuqorigi chegara uchun 75°S belgilangan. Bu harorat iste’molchilarning suvni ochib kuyib qolishliklari oldini olish uchun belgilangan. QMQ 2.04.07—96 suvning haroratini suv isitgichdan keyin emas balki suv olish nuqtalarida belgilaydi: Issiqlik tormog’iga yopiq usul bilan ulangan markaziy issiq suv bilan ta’- minlash tizimlari uchun 50°S dan past bo’lmasligi kerak. Issiqlik tormog’iga ochiq usul bilan ulangan markaziy issiq suv bilan ta’minlash tizimlari uchun 60°S dan past bo’lmasligi kerak. Ikkala xolat uchun ham suvning yuqori harorati 75°S oshmasligi kerak Yuvinish va dushlar aralashtirgichlaridan olinadigav suvning xarorati 37°S dan oshmasligi kerak. Agar istemolchilarga ko’rsatilgan yuqori chegaradagi suvning haroratidan (75°S) oshiq bo’lgan haroratdagi suv kerak bo’lsa (masalan jamoat ovqatlanish korxonalarida yog’li idishlarni yuvish uchun), suvni ko’shimcha, joyniig o’zida elektr yoki gaz pechkalari yordamida isitiladi. KMQ da berilgan suv haroratining yuqori va quyi chegarasi suvning quvurda sovushini hisobga olmagan holda belgilangan. Tizimda xarakatlanayotgan issiq suv 5 - 10% ga soviydi. Issiq suv ta’minoti tizimlari quyidagi turlarga bo’linadi. a ) ochiq tizim 2-rasm. Bunday tizim uzuluksiz suv ishlatib turiladigan tizimlarda qo’llaniladi. b) aylanma tizim v) uzatuvchi quvurlari yuqoridan joylashgan tizimlar 3-rasm.Bunday tizimlar asosiy qo’llaniladigan tizimlardir.
2 Vertikal rejalashtirish hududni qurilish, rejalash, qurish va obodonlashtirish talablaridan kelib chiqqan holda tabiiy relyefni qayta shakllantirish, o'zgartirish va moslashtirish ishlarini o'zida mujassamlashtiradi. Vertikal rejalashtirish maxsus tuziladigan loyihalar asosida tuproqni bir joydan ikkinchi joyga ko'chirish bilan amalga oshiriladi. Hududni injenerlik tayyorlash ishlari vazifasi barcha talablardan kelib chiqqan holda relyefning eng maqbul yechimini topishdan iboratdir. Vertikal rejalashtirish materiallari shahar hududida ko‘chalar; binolar, yer osti kommunikatsiyalari va boshqa turdagi inshootlami loyihalashda relyef haqida dastlabki ma’lumot hisoblanadi. Vertikal rejani loyihalash va uni amalga oshirishda ikkita ketmaket bosqichni ko'rsatish kerak: birinchisi - hududni injenerlik tayyorlashga tegishli bo'lib, unda hudud relyefini umumiy holda tashkil etish va uni qurilishga tayyorlash masalalari hal etiladi, ikkinchisi — hududni rejalashtirish, qurish va obodonlashtirish bo‘lib, bu bosqichda mikrorelyef loyihalanib, binolar, inshootlar, ko'cha va yo'llar va shahar hududining boshqa elementlarining belgilari qo ‘yiladi. Noqulay shart-sharoitlar va jarayonlami bartaraf etish bilan bog'liq tadbirlarda vertical rejalashtirishning roli quyidagi holatlarda o'rinlidir, xususan: - shahar hududini kuchli yomg'irlar yoki suv manbalari ta’sirida suv bosishida hamda suv omborlari inshootlaridan shahar hududini himoya qilish hududni vertikal rejalashtirish vazifasiga kiruvchi dambalar qurish yoki hudud sathini ko‘tarish evaziga amalga oshiriladi; - hududni sizot suvlari ta’sirida suv bosishidan saqlash, drenaj tizimi yordamida yoki maydon sathini vertikal rejalashtirish yordamida amalga oshiriladi; - shahar hududida botqoqliklar mavjud hollarda ularga qarshi kurashning asosiylaridan biri vertikal rejalashtirish bo'lib, u yordamida turib qolgan suvlarning oqim yo'nalishi rejalashtiriladi va tashqi suvlarni qochirish uchun sharoit yaratiladi; - cho‘l va yarim cho'I zonalarda hududni sun’iy sug'orish maqsadida sug'orilayotgan maydonlarga suv o'z oqimi bo'ylab vertikal rejalashtirish asosida amalga oshiriladi; - jarlik mavjud va jariiklar rivojlanayotgan hududlarda vertical rejalashtirish yordamida jariiklar qiyaliklarini yuvib ketuvchi tashqi suvlarning yo'nalishi tashkil etiladi hamda jarliklami tugatish ulami ko'mish orqali amalga oshiriladi; - ko'chkili hududlarda ko'chkilami oldini olish tadbirlariga tashqi suvlarni qochirishni tashkil etish orqali vertikal rejalashtirish ishtirok etadi; - shahar hududida karst jarayonlari mavjud hududlarda karst natijasida vujudga kelgan voronkalami tashqi suvlardan saqlash va ularni yo'qotish bo'yicha vertical rejalashtirish hududni tekislash maqsadida qo'llaniladi. Vertikal rejalashtirish va uni amalga oshirish u bilan bog'liq bo'lgan tadbirlar majmuasi bilan birgalikda qo'llanilganda maqsadga muvofiqdir, bular: yer osti suv qochirish tarmoq'ariri o'matish bilan tashqi suvlami qochirish; sizot suvlarining ssts ; baland bo'lgan hollarda drenaj tarmoqlaridan foydalanish; jarlik va ko'chkili hududlarda tirgak devorlar o'matish va boshqalar. Relyef va uning vertikal rejasi ko ‘pgina shaharsozlik masalalariniyechishda bevosita yoki bilvosita o'z ta ’sirini ko'rsatadi, xususan: * shahaming umumiy me’moriy-rejaviy kompozitsiyasida, uning tumanlari, majmualar, maydonlar va alohidagi bino va inshootlaming joylashuvida hudud relyefining xususiy shakllaridan kelib chiqqan holda foydalanish; * shahar va uning tumanlarini qurishda, bino va inshootlami mikrorayonlar va turar joy kvartallarida joylashtirish xususiyatidan kelib chiqqan holda relyef va uning shakllarini hamda vertical rejalashtirishni inobatga olish; * ishlab chiqarish texnologiyasidan kelib chiqqan holda, sanoat korxonalarini joylashtirish va odatda kichik nishabliklarga ega tekis sinlami talab qiluvchi maydonlami joylashtirish va h k. holatlarda. Download 45.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling