Fan: texnologiya (o‘g‘il bolalar) 5-sinf


Download 1.28 Mb.
bet62/83
Sana29.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1400352
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   83
Bog'liq
5 sinf texnologiya ogilbollar

Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

c) Darsga tayyorgarlik ko‘rish
d) O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

a) Savol – javob o‘tkazish
b) Topshiriqlarni tekshirish
c) Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

Duradgorlik birikmalari hosil qilishda bir necha bog‘lash usullari qo‘llaniladi. Buyumning qanday materialdan tayyorlanishiga va qanday maqsadlarda ishlatilishiga, unga qanday sifat berilishiga qarab detallar o‘zaro oddiy yoki murakkab ko‘rinishda biriktiriladi. Birikmalar hosil qilishda qo‘llaniladigan bog‘lish usullari: dasta bet bog‘lish, prizmatik yoki to‘g‘ri tirnoqli birikmalar (bir tirnoqli yoki ko‘p tirnoqli), porsi usulida bog‘lash, zakrovli birikmalar, chokli birikmalar, “qaldirg‘och quyruqli” tirnoqli birikmalar va boshqalardan iborat. Dasta bet bog‘lash duradgorlik birikmalari hosil qilishning eng oddiy va oson usuli. Bu usul binokorlik ishlarida, parnik xo‘jaligida yog‘och qismlarini o‘zaro biriktirishda, oddiy qoplama ramkalar, vitrinalar va boshqalar tayyorlashda qo‘llaniladi. Birikmaning o‘lchamiga qarab detallar bir-biriga mixlash yo‘li bilan, burama mix, bolt yoki changak yordamida qotiriladi. Dasta bet bog‘lishda detallar “G” simon, “T” simon shaklda to‘g‘ri va “qaldirg‘och quyruq” li qilib biriktirlishi mumkin. Duradgorlik birikmalari biriktirish usuliga ko‘ra ajraladigan va ajralmaydigan duradgorlik birikmalariga bo‘linadi. Birikmani yetarli darajada puxtalash uchun mix, cho‘p mix, burama mix, burchakli ustqurma, kiritma plastinka, bolt gayka va turli duradgorlik birikmalari (tirnoqli birkma lar, dasta bet bog‘lanishli, maxfiy va yarim maxfiy birikmalar) va hokozo vositalardan foydalaniladi. Qattiq va elastik yog‘och mixni mahkamroq ushlaydi, lekin mixni bunday yog‘ochga qoqish ancha qiyin. Burama mixlar duradgorlik ishlarida, ya’ni eshik va derazalarning oshiq moshiqlarini o‘rnatishda ishlatiladi. Bunday mixlar oddiy mixlarga nisbatan ancha puxta birikma hosil qiladi. Detallarni yog‘och mixlar bilan biriktirish asosan turumli birikmalarda qo‘llaniladi. Yog‘och mixlar yo‘g‘onligi 3–12 mm gacha bo‘ladi. Ular parmalangan teshiklarga elimlab qoqiladi. Pardozlangan buyumlarning burchak birikmalari o‘ynab ketmasligi uchun burchakli ustqurma, kiritma plastinka, burama mixlar bilan mahkamlanadi.
Yig‘ilgan va kuchga ishlaydigan ba’zi duradgorlik detallarida bolt gaykalardan foydalaniladi.


  1. Download 1.28 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling