Uyga vazifani so‘rash:
a) Savol – javob o‘tkazish
b) Topshiriqlarni tekshirish
c) Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish
Yangi mavzu bayoni:
Yog‘ochdan yasaladigan uy-ro‘zg‘or buyumlari ko‘p turli bo‘lib, ularning asosiy turlari oshxona buyumlari, mehmonhona, yotoqxona hamda ro‘zg‘orda ishlatiladigan turli asboblar va buyumlar yog‘och qismlaridan iborat. Uy-ro‘zg‘or buyumlaridan har birini tayyorlashda uning bajariladigan vazifasiga qarab qanday yog‘och turidan maqsadga muvofiqligini aniqlab olinadi. Unda asosan ishlatiladigan yog‘och materialining qattiqligi hamda undan tayyorlanadigan buyumdan foydalanish jarayonida ro‘y beradigan ta’sirlarga
chidamlilik darajasi xisobga olinadi. Oddiy shaklda ro‘zg‘or buyumlaridan bo‘lgan sabzavotlar to‘g‘rash taxtasini odatda o‘rtacha qattiqlikdagi yog‘ochlardan har turli shakllarda tayyorlanadi. Oyoqlarni oddiy yoki burama mixlar bilan mahkamlash hamda mahsus chiqarilgan taxtachada o‘yiladigan o‘yiqlarni o‘rganish usullari bilan biriktirish mumkin. Bu buyumni tayyorlash uchun yog‘ochni tanlash, unda rejalash chizmasini chizish, arralash, randalash, parmalash, jilvirlab silliqlash va oyoqchalarni biriktirish ishlari bajariladi. Ushbu taxtani atoflarini turli naqshlar bilan bezatsa ham bo‘ladi. Bunday taxtachalarni oshxona devoridagi qoziqqa ilib saqlash ancha qulay. Shunday osib qo‘yishga moslashtirilgan taxtachalarning orqa tomoniga chiroyli naqshlar yoki boshqa tasvilarni turli usullarda ishlab bezatiladi. Ko‘pincha shunday bezatiladigan taxtachalarga oyoqchalar yasalmaydi, ularning bezatilgan tomoni ko‘rinib turadigan holatda qoziqqa ilinib qo‘yiladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Mustahkamlash uchun savollar:
Yog‘ochdan yasaladigan uy-ro‘zg‘or buyumlarini sanang.
Yog‘ochning avfzallik tomonlarini tushuntiring.
Yog‘ochdan qaysi soxalarda ko‘p foydalaniladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |