Fan va innovatsiya vazirligi andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Potensiometriyada titrlashning ohirgi nuqtani aniqlash. Texnik namunadagi nitratni aniqlash


Download 284.79 Kb.
bet6/7
Sana17.06.2023
Hajmi284.79 Kb.
#1523266
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Potensiometrik titrlash KURS ISHI tayyor

2.2 Potensiometriyada titrlashning ohirgi nuqtani aniqlash. Texnik namunadagi nitratni aniqlash.

Potensiometrik titrlash orqali gazlar, neft va neft maxsulotlari suyultirilgan gazlar tarkibidagi oltingugurtli va vodorod sulfidli birikmalarni, merkaptanlarning miqdorini aniqlab olish mumkin shu bilan birga suv xavo tarkibini xam aniqlanadi. Ishning bexato ketishida elektrod yaxshi tanlangan bulishi kerak. Magnit aralashtirgich gaz utkazgich naychalar elektrodlarning joylanishida ularning germetikligiga e`tibor beriladi. Potensiometrik titrlash Bu metod shunga asoslanganki vodorod sulfid va merkaptanlarning kaliy gidrooksid ishtirokida yuttirish va keyingi potensiometrik titrlashda ammiyak ishtirokida kumush nitrat eritmasidan foydalaniladi.Bu metod suv kog`oz,teri,turli xil ichimliklar gaz va suyultirilgan gazlar tarkibidan vodorodsulfid va oltingugurtli birikmalarni ajratib olishga asoslangan.


O’lchash vositalari ,apparatura va reaktivlar.
Laboratoriyada ishlatiladigan ionomer I-130 va boshqa tipdagi priborlar,-2mkVdan +2mkVgacha bulgan ulchashini ta`minlaydigan elektr yurituvchi kuch bulishi kerak. Turli xildagi eletrodlar kumushsulfidli ESS-01,yoki argentit markali EA-2-100 elektrodi GOST standart buyicha 22985.Elektrod taqqoslagich kumush nitratli EVL-1M1,EVL-1M3.
Analizning borishi
1.O`lchanayotgan gaz yuttirish sklyankasi orqali quyib yuboriladi.Gaz o`lchagich va gaz xisoblagich yordamida gazning xajmi o`lchanadi.
2. Gaz xisoblagich kursatgichlarini, atmosfera bosimi ostidagi gazning urtacha temperaturasini yozib boriladi.
3. Yuttirish sklyankasida ushlanib qolgan miqdorni titrlash stakaniga sekin kuchiriladi.
4. Sklyankani ozroq distillangan suv bilan yaxshilab chayqatilib yana titrlash stakaniga solinadi.
Kumush xlorli va argentli elektrodlarni titrlash stakaniga botirishdan oldin yaxshilab distillangan suvda yuvib olinadi va filtr qog`ozi bilan tozalanadi. Eritmali stakanni magnit aralashtirgich ustiga yaxshilab joylashtiriladi elektrodlarning germetikligini xam tekshirib ku`riladi ingichka shisha trubka orqali 2sm kub xajmda ammiyakning konsentrlangan eritmasi gaz oqimi bilan tozalash maqsadida yuboriladi.Shuni yodda tutish kerakki eritmada portlovchi aralashmalar hosil bulishi mumkin shuning uchun ammiyakni titrlashdan keyin yuboriladi. Elektrodlarni eritmaga 10-15mm oralig`ida botiriladi. Magnit aralashtirgichni tezligini nazorat qilib borish kerak, tezlikni shunday quyish kerakki eritmadagi moddalar sachrab ketmasligi kerak. Azotli birikmani eritmani tozalab turish maqsadida boshidan oxirigacha titrlash davomida yuborib turiladi.Kumush nitrat eritmasi bilan titrlash asta sekin olib boriladi.Byuretkali kapillyarcha ichiga kumush nitrat eritmasi solinib titrlanayotgan eritma ichiga 10-15mm uzunlikda joylashtiriladi va tomchilatib boshlanadi.Boshlangich potensialini yozib olinadi va tirlash davom ettiriladi.Oldin kumushnitrat eritmasi kappilyar orqali 0,1 sm kub xajmida tomchilatib boriladi xar bir tomchidan keyin yangidan xosil bulgan potensial chizig`ini yozib boriladi.Eritmada 0,1sm kub titrlash uchun ketgan tomchi kuchlanishni oshirib yuborsa tomchi 0,05sm kubga kamytiriladi.Titrlash uchun ketadigan tomchining oshib borishi potensial zonasida siljishini kursatib boradi.
Texnik namunadagi nitratni aniqlash. Odatda, texnik ob'ektlarda nitratni aniqlash murakkab analitik vazifa bo'lib, uni bajarish uchun ko'p vaqt talab etiladi. Ion-selektiv plastifikatsiyalangan elektrodlardan foydalanish, uning sezgir elementi to'rtinchi ammoniy asosining nitrat tuzini o'z ichiga olgan membranadir, bu muammoni tezda hal qilishga imkon beradi.

Amaldagi uskunalar va reaktivlar


PH-Meter, pH-121 yoki EV-74 ionomeri, Nitrat selektiv plastiklashtirilgan elektrod, Kumush xlorid mos yozuvlar elektrodi, Magnit aralashtirgich, 100 ml hajmli hajmli kolbalar, 10 ml hajmdagi pipetka, 50 ml hajmdagi ko'zoynaklar, Kaliy nitrat, Kaliy sulfat, 1 M eritma, Nitrat miqdori 60% gacha bo'lgan nitratning texnik namunalari.

Download 284.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling