Fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti
Download 189.68 Kb.
|
Ôzbekistonni muhofazaga olingan hududlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fuqaroviy-huquqiy javobgarlik
- Ma’muriy-huquqiy javobgarlik.
Intizomiy-huquqiy javobgarlik ko‘p hollarda mehnat intizomini buzish oqibatida qo‘llanishi mumkin. Shuning uchun ham u, asosan, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181- moddasiga binoan, quyidagi shakllarda qo‘llaniladi:
hayfsan; o‘rtacha oylik ish haqining 30 %dan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima. Ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga o‘rtacha oylik ish haqining 50 %dan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima solish hollari ham nazarda tutilishi mumkin. Xodimning ish haqidan jarima ushlab qolish ushbu kodeksning 164-moddasi talablariga rioya qilingan holda ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi; mehnat shartnomasini bekor qilish (100-moddaning ikkinchi qismi 3 va 4-bandlari). Ushbu moddada nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini qo‘llash taqiqlanadi. Fuqaroviy-huquqiy javobgarlik alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi qonun va talablarni buzganlik uchun qo‘llaniladi. Asosan yetkazilgan zararni qoplash, tiklash va qaytarish bilan bog‘liq. Bu esa Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi. Yuqorida nomi zikr etilgan qonunning 38-moddasiga asosan, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning holatiga zararli ta’sir o‘tkazayotgan korxonalar, tashkilotlar, sexlar, qurilmalarning faoliyati zararli ta’sir ko‘rsatayotgan manbalar, shu jumladan alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hamda ularning muhofaza qo‘riqlanma tegralari tashqarisidagi manbalar bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turiladi yoki cheklab qo‘yiladi. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga yetkazilayotgan zararni bartaraf etishning imkoni bo‘lmasa, korxona, tashkilot, sex va qurilmalarning faoliyati to‘xtatiladi hamda ularning faoliyat yo‘nalishi o‘zgartirilganidan va alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zararli ta’siri to‘liq bartaraf qilinganidan keyingina faoliyatlari amaldagi qonunlarga muvofiq qayta tiklanishi mumkin. Ma’muriy-huquqiy javobgarlik. Ushbu javobgarlik turi O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 82-moddasiga ko‘ra, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tartibini buzganlik uchun qo‘llaniladi. Bunday huquqbuzarlikni sodir etish - fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa, uch baravaridan besh baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Davlat milliy tabiat bog‘lari, buyurtma qo‘riqxonalari, tabiat yodgorliklari, suvni muhofaza qilish tegralari, kurort tabiiy hududlari, botanika bog‘lari, dendrologiya va hayvonot bog‘lari, qo‘riqlanma (oraliq) tegralar, o‘rmonlarning taqiqlangan mintaqalari, baliq xo‘jaligi tegralari va alohida muhofaza etiladigan o‘zga hududlar tartibini buzish - fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa, bir baravaridan uch baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa - fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa, besh baravaridan yetti baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Download 189.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling