Fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Download 189.68 Kb.
bet2/8
Sana18.06.2023
Hajmi189.68 Kb.
#1565131
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ôzbekistonni muhofazaga olingan hududlari

Ishning maqsadi va vazifalari. Ushbu kurs ishini bajarishdan asosiy maqsadimiz O`zbekiston muhofazasidagi hududlarni o`rganish hamda ularni insoniyat hayotida tutgan o`rnini o`rganishdan iboratdir.
Kurs ishining ob`yekti va predmeti. O`zbekiston muhofazasidagi hududlar kurs ishining ob`yekti hisoblanadi. O`zbekiston muhofazasidagi hududlar y`ni Davlat qo`riqxonalari, milliy bog`lar, davlat buyurtmaxonalari, davlat tabiat yodgorliklari bular kurs ishimizning predmeti hisoblanadi.
Ishning amaliy ahamiyati. . O‘rta umumta’lim maktablarida, kollej va litseylarda hamda Oliy o‘quv yurtlarida o‘quvchi-talabalarga o‘qitilib kelinayotgan zoologiya fanlaridan mavjud bo‘lgan darslik va o‘quv hamda uslubiy qo‘llanmalarda, qo`riqxonalar, milliy bog`lar, tabiat yodgorliklari haqidagi ma`lumotlar to`laqonli yoritilib berilmagan. Ushbu ma`lumotlardan o`quvchi talabalarga qo`riqxonalar, tabiat bog`lari, milliy bog`lar haqida mavzu o`tilganda qo`shimcha manbaa sifatida foydalanilsa bo`ladi.


I BOB ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN O‘ZGA TABIIY HOLATI
1.1 ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLAR EKOLOGIK-HUQUQIY HOLATI VA UNING XUSUSIYATLARI
Bugungi kunda jamiyat va tabiatning o‘zaro ta’siriga doir muammolar tobora dolzarb bo‘lib bormoqda va hozirgi, shuningdek kelgusi avlodlarning faravonligi, umuman, jahon sivilizatsiyasining taqdiri ekologik muammolarning ijobiy hal etilishiga borgan sari ko‘proq bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
Fan-texnika rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida keskin o‘zgarib borayotgan atrof muhit ekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda, inson hayotiga, turmush tarziga hamda genetik fondi va irsiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu esa hozir yer yuzida yashab turganlarninggina emas, balki kelgusi avlodning ham salomatligiga, ayniqsa yer, suv, atmosfera havosi, yer osti boyliklari, hayvonot va o‘simliklar dunyosi, tabiat va tarixiy yodgorliklarning tabiiy holatiga ham salbiy ta’sir qilmoqda.
Bu masalaga, O‘zbekiston hukumati mustaqillikka erishgan dastlabki yillardanoq e’tibor berdi va 1993 yil 7 mayda «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida» gi qonunni qabul qildi.
Mazkur qonun, hozirgi va kelajak avlod manfaatlarini ko‘zlab noyob hamda ekologik, iqtisodiy, ilmiy, madaniy, tibbiy va estetik nuqtai nazardan milliy boylik va umumxalq mulki bo‘lgan qimmatli tabiiy majmualarni muhofaza etishning umumiy, huquqiy, ekologik, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilab berdi.
O‘zbekiston Respublikasida o‘simliklar va hayvonot dunyosini hamda davlat milliy tabiat bog‘lari va tarixiy yodgorliklarini saqlab qolish, ularning sonini ko‘paytirish inson hayotini ekologik normal saqlashga, tabiat bilan jamiyat va inson o‘rtasidagi ma’lum mutanosiblikni shakllantirishga katta yordam beradi.
Hozirgi paytda respublikamizda qo‘riqlanadigan yerlarning umumiy maydoni 2 mln. gektardan ortiq, alohida qo‘riqlanadigan 11 ta tabiiy hududiy ob’ekt, jumladan 9 ta qo‘riqxona, 400 dan ortiq tabiat yodgorliklari mavjud. Demak, ana shunga o‘xshash alohida muhofaza etiladigan va boshqa tabiiy hududlar huquqiy muhofaza qilinmog‘i lozim.
O‘zbekiston Respublikasida alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlar ushbu qonun, shuningdek yer, suv, o‘rmon to‘g‘risidagi, yer osti boyliklaridan foydalanish, atmosfera havosini hamda atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari bilan ham^tartibga solib turiladi.
O‘zbekiston Respublikasining alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi qonunlarining vazifalari noyob tabiiy majmualarni, tabiat yodgorliklarini, o‘simliklar va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolishdan, tabiiy jarayonlarni o‘rganishdan hamda tabiiy muhitni kuzatish va tadqiq etish majmuidan, aholini ekologiya bobida tarbiyalashdan, tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga molik hududlardan xo‘jalik maqsadida foydalanishni cheklashdan iboratdir.
Shunisi e’tiborliki, «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy xududlar» ning ta’rifi va ularning huquqiy maqomi yuqorida nomi tilga olingan qonunning 3-moddasida ko‘rsatilgan.
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar yerlar va suv kengliklari (akvatoriyalar)ning ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, sanitariya-sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik qismlaridir.
Tabiatning rang-barangligini saqlab qolish, ekologik muvozanat va biosfera monitoringini saqlab turishga, shuningdek shikast yetgan tabiiy majmualarni tiklashga mo‘ljallangan yagona tizimni tashkil etuvchi O‘zbekiston Respublikasining alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlari xo‘jalik maqsadida foydalanishdan to‘liq yoki qisman, bir umrga yoki vaqtincha olib qo‘yilishi mumkin.
Tabiiy zaxiralardan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir rejalar va dasturlar, yer tuzilishi va joylarni tekislash kesmalari hamda boshqa rejalarni ishlab chiqishda alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hisobga olinadi.
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda davlat qo‘riqxonalari (shu jumladan biosfera qo‘riqxonalari), davlat milliy bog‘lari, davlat tabiat yodgorliklari, davlat zakazniklari maqomi beriladi.
Suvni muhofaza qilish mintaqalari (tegralari), kurort va rekreatsiya tegralari, yer usti va yer osti suvlari hosil bo‘ladigan tegralar (daryo uvalari, oqiziqli adirlar, tog‘ yonbag‘irlarining etaklari), nodir va qimmatbaho mineral konlari, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qo‘riqlanma (oraliq) tegralari, baliq xo‘jaligi tegralari, o‘rmonlarning taqiqlangan mintaqalari, tarixiy-tabiiy va yodgorlik bog‘lari, botanika va hayvonot bog‘lari, dendrariylar hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va xalqaro shartnomalar bilan belgilab qo‘yiladigan tartib asosidagi boshqa hududlar ham alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kiradi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralarining qarorlari bilan alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning boshqa toifalari ham nazarda tutilishi mumkin.
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi davlat boshqaruvini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralari amalga oshiradilar.
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi davlat nazoratini O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasining «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘isida» gi qonunida ushbu toifadagi yerlariga qanday yerlar kirishi ham aniq bayon etilgan. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlari tabiatni muhofaza etish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar jumlasiga kiradi. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlarida ularning maqsad- muddaosiga zid faoliyat taqiqlanadi. Yuqorida aytib o‘tilgan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishning tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasining yuqoridagi va Yer to‘g‘risidagi qonunlari bilan belgilab qo‘yiladi.
Davlat qo‘riqxonalari, davlat milliy bog‘lari yer uchun haq to‘lashdan ozod etiladilar. Alohida muhofaza etiladigan boshqa tabiiy hududlar ham O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yilgan tartibda yer uchun haq to‘lashdan ozod etilishlari mumkin. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanilgan hollarda ijara haqi va yer solig‘i undirib olinadi.
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlari tortib olinishiga favqulodda hollarda O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi (5-modda).
Shuningdek, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish ham katta ahamiyatga ega bo‘lib, qonun asosida, amaldagi huquqiy normalarga mos bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Ushbu masala «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida» gi qonunning 7-moddasida ifodalangan. Unga ko‘ra, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantirish va joylashtirishning bosh kesmasi yoki tabiatni muhofaza qilishning hududiy majmui kesmasiga muvofiq barpo etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantirish va joylashtirishning bosh kesmasini yoki davlat hokimiyati mahalliy idoralari tabiatni muhofaza qilishning idoralari tabiatni muhofaza qilishning hududiy majmui kesmasini tasdiqlashi bilan ayni bir vaqtda muhofaza etishga tavsiya etilayotgan yer maydonini zaxiralash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Alohida muhofaza etiladigan hudud tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilingunga qadar mazkur hududda yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning xo‘jalik faoliyati cheklanadi yoki to‘xtatiladi. Bunday hollarda yer egalari va yerdan foydalanuvchilar, xo‘jalik faoliyatining cheklanishi yoki to‘xtatilishi tufayli, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishida ko‘rilgan yo‘qotish va talafotlar uchun tovon olish huquqiga hamda yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlarga egadirlar.
Ta’kidlash joizki, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning davlat kadastri ham katta ahamiyatga ega. Ushbu muammo mazkur qonunda yetarlicha o‘z aksini topgan. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning davlat kadastri bu hududlarning huquqiy maqomi, ularning jug‘rofiy mavqei, miqdor va sifat ko‘rsatkichlari, ekologik, ilmiy, ma’rifiy va boshqa xil ahamiyati to‘g‘risidagi, yer egalari va yerdan foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarni qamrab oladi.
O‘zbekiston Respublikasining alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlari davlat kadastri mazkur hududlar tarmog‘ini rejalashtirish, ularni muhofaza etishni ta’minlash va ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, tegishli qoidalarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati darajasini oshirish, shuningdek ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylashtirishni rejalashtirish chog‘ida bu hududlarning o‘rni va ahamiyatini hisobga olish maqsadida yuritiladi. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning davlat kadastri respublika byudjeti hisobidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan yagona tizim asosida yuritiladi. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning davlat kadastrini yuritishni O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining idoralari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda amalga oshiradilar.
Xullas, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar huquqiy holatining quyidagi xususiyatlari mavjud:

  1. u O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qo‘ygan talabiga mosligi, konstitutsiyaviy ustunlikka ega ekanligi hamda davlat tomonidan muhofaza etilishi;

  2. alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar huquqiy holatining o‘rganish va u to‘g‘risidagi qonun davlat qo‘riqxonalari, davlat milliy tabiat bog‘lari, davlat zakazniklari va davlat tabiat yodgorliklari, alohida muhofaza etiladigan o‘zga tabiiy hududlar va boshqa masalalarni hamda u bilan bog‘liq barcha munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishi;

  3. u yangi ijtimoiy tuzum - bozor munosabatlarini mustahkamlash va ekologik siyosatni barqarorlashtirish uchun huquqiy zamin bo‘lib, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish hamda ularni huquqiy tartibga solishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yishi;

  4. mazkur sohani huquqiy tartibga solish bozor iqtisodiyotida qabul qilingan ekologik qonunlarni qo‘llash va ular bilan birgalikda ekologik muhitni yaxshilashga, tabiat ob’ektlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga, ayniqsa, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni saqlashga qaratilganligi;

  5. ushbu soha fuqarolarimizdan shu kungi hayot talabi asosida ekologik-huquqiy ma’naviyat va madaniyatli bo‘lishni hamda ushbu yo‘nalishda doim yuksalish bo‘lishini taqozo qilishi va h.k.




Download 189.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling