Fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
Download 212.53 Kb. Pdf ko'rish
|
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi
Qishloq xo’jaligi.Mustaqillik yillarida boshqa sohalar qatorida agrar
sektorda ham iqtisodiy qayta qurish, bozor munosabatlariga o’tish ro’y berdi. Qishloq xo’jaligi respublika iqtisodiyotining yetakchi tarmog’i hisoblanadi. 1997 yil boshlarida respublikada 263 ta qishloq xo’jalik korxonasi faoliyat ko’rsatdi. Nodavlat sektorning jami ishlab chiqarilgan mahsulotdagi ulushi 98,3 foizni tashkil etdi. Paxta yetishtirishda nodavlat korxonalarining hissasi 97,9 foizni, donchilikda 98,1, kartoshkachilikda 99,7 sabzavotchilikda 98,7 polizchilikda 95,1 bog’dorchilikda 98,5 pillachilikda 100, go’sht yetishtirishda 98,9 sut va tuxum ishlab chiqarishda 99,4 qorako’l, teri va jun yetishtirishda 100 foizni tashkil etdi. Qoraqalpog’istonda dehqon-fermer xo’jaliklari tashkil etish bo’yicha birmuncha tajriba to’plandi. Dehqonlarga meros qilib qoldirish huquqi bilan yerlar uzoq muddatga ijaraga berildi. O’zbekiston hukumati ana shu tajribani ma’qullab, uni boshqa viloyatlarda ham ommalashtirishni tavsiya etishga qaratilgan maxsus qaror qabul qildi. Xo’jalik yuritishning bu usuli boshqa viloyatlarda yaxshi natija berdi. Respublikada 1991 yilda 1000 nafar, 2006 yilda esa 8884 nafar fermerlar faoliyat yuritdi. Tashqi iqtisod. Qoraqalpog’iston tashqi iqtisodiy aloqalarni ham rivojlantirib bormoqda. 1996 yilda tashqi savdo oboroti 228,4 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. 1996 yildagi savdoda asosiy sheriklarining hissasi: Rossiya-11,4 AQSH-14,1 Janubiy Koreya-11,1 SHveytsariya-9,4 Niderlandiya-7,2 foiz bo’ldi. Eksport qilingan tovarlar hajmi 122,9 mln. AQSH dollariga teng bo’ldi. Uning tashqi savdo oborotidagi ulushi 53,8 foizni tashkil etdi. G’arb mamlakatlariga eksport qilingan xom ashyo 113,6 mln. AQSH dollarini, MDH mamalakatlariga jo’natilganlari esa- 9,3 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Xorijga asosan paxta tolasi, toladan olingan mahsulotlar, qayta ishlangan neft maxsulotlari sotildi. Xorijdan esa shakar, bug’doy, mashina va jihozlar, agregatlar va ularning ehtiyot qismlari, quvurlar, avtomashinalar, ishlab chiqarishni komplektlovchi materiallar keltirildi. Biroq respublikaning iqtisodiyotni rivojlantirishga muhim omil bo’lgan imkoniyatlaridan to’la foydalanilmaganligi sezilmoqda. Download 212.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling