Fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti


Download 212.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana02.06.2024
Hajmi212.53 Kb.
#1834963
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi

MANAVIY VA MADANIY SOHA. 
Talim tizimi.Davlatimiz rahbarining 2018 yil 5-apreldagi “Maktabgacha talim 
tizimini yanada rahbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 
qaroriga asosan O’zsanoatqurilishbank ko’magida Qoraqalpog’istonda tashkil 
etilishi rejalashtirilgan 179 ta maktabgacha talim muassasalaridan 129 tasi 
bo’yicha uch tomonlama bitimlar tuzilgan. 2020 yilning birinchi choragida Moliya 
vazirligi tomonidan 13 ta bog’chani moliyalashtirish uchun 6 milliard 400 million 
so’m mablag’ jalb qilindi. 1996 yil respublikada 743 ta umumta’lim maktablari 
faoliyat ko’rsatdi. 
2019 yili Nukus shahrida 168 o’ringa mo’ljallangan Prezident maktabi ochildi. Bu 
maktabning qurilishi uchun mahalliy byudjet hisobidan 83 milliard so’m mablag’ 
ajratildi.
2017 yilning 1 fevralidan boshlab Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm 
viloyatida joylashgan bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalaridagi, ayrim
fanlar chuqur o’rgatiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlardagi ta’minoti
uchun, «Barkamol avlod» markazlaridagi, musiqa va san’at maktablaridagi 
mashg’ulotlar uchun ota-onalarning har oylik to’lovi miqdorlari, shuningdek,
aholining madaniyat va dam olish markazlaridagi to’lov miqdorlari respublika
bo’yicha belgilanganidan 2 barobar kam darajada o’rnatildi.
Mamlakatimiz Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida ijtimoiy 
sohani isloh qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, “Oliy ta’lim tizimini 
yanada takomillashtirish borasida ham ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, 2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish
dasturi qabul qilindi”,-deb ta’kidlandi. Bevosita davlat rahbarining tashabbusi
bilan Qoraqalpog’istonning ko’pmillatli xalqining talab va istaklarini inobatga
olib, 2017 yilda oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish borasida ham 
ko’plab ishlar amalga oshirildi. 
Respublikada 91 ta kasb-hunar kollejlari (2011 yil) va Berdaq nomidagi 
Qoraqalpog’iston davlat pedagogika universitetlari faoliyat ko’rsatmoqda. 2011 
yilga kelib respublikada oltita, 2020 yil boshiga kelib esa sakkizta (2019 yili 
O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali hamda 
Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali tashkil etildi) oliy o’quv yurtida 
barcha sohalar bo’yicha malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda.


Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti T.G.SHevchenko nomidagi 
Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti asosida 1976 yili tashkil qilindi va 
keyinchalik universitetga Nukus davlat universiteti nomi berildi.
Toshkent tibbiyot pediatriya instituti Nukus filiali O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 1 oktyabrdagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali O’zbekiston 
RespublikasiBirinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2002 yil 30 maydagi 
“Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikattsiya 
texnologiyalarini joriy etish to’g’risida”gi Farmoni va 2005 yil 2-iyuldagi 
“Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish 
to’g’risida”gi Qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus 
Talim Vazirligining 2005 yil 17-iyundagi 130-sonli buyrug’i bilan tashkil etilgan.
O’zbekiston Davlat sanat instituti Nukus filiali Qoraqalpoq xalqining 
betakror sanati va madaniyatini yanada ravnaq toptirish, istetodli yoshlarni milliy 
va jahon sanatining yuksak namunalari ruhida tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyat 
va intilishlarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash va ro’yobga chiqarish, 
zamonaviy teatr va kino, televideniye va radio yo’nalishlari bo’yicha yuqori 
malakali aktyorlar va sanatshunoslik sohasida mutaxassislarni tayyorlash tizimini 
takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti 
I.A.Karoimovning 2008 yil 28-aprel PQ-845 sonli “O’zbekiston Davlat sanat 
institutining Nukus filialini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori 
asosida tashkil etildi.
1992 
yilda 
O’zbekiston 
respublikasi 
Fanlar 
akademiyasining 
Qoraqalpog’iston bo’limiga akademiya maqomi berildi. Uning tarkibida 3 ta 
institut tashkil etildi. Tarix, arxeologiya va etnografiya hamda bioekologiya 
institutlari ham bo’lim tarkibiga kiritildi. Botanika bog’i bo’linmasiga bo’lim 
maqomi berildi. 1994 yilda esa Fanlar Akademiyasi tarkibiga O’zbekiston 
Sog’liqni saqlash vazirligiga qarashli tajriba instituti va tibbiyot klinikasi ham 
kiritildi. Respublikadagi 60 nafar fan doktorlari va 600 nafar fan nomzodlaridan 30 
foizi O’zbekiston mustaqilligi yillarida ilmiy daraja oldi. Ilgari fanlar 
akademiyasining haqiqiy a’zoligiga saylangan CH.A.Abdirov, S.K.Kamolov 
hamda muxbir a’zolar A.B.Baxiyevlar qatoriga 1994 -1995 yillarda yana ikki olim 
T.Eshanov va A.Dauletovlar a’zolikka qabul qilindi. 
Respublikada OAKning nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya 
qiluvchi ixtisoslashgan kengashlarning tashkil etilganligi muhim ahamiyat kasb 
etdi. Olimlar chet el mutaxassislari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib 
bormoqdalar. Bioekologiya instituti xodimlari Germaniya olimlari bilan birga 1993 
yildan beri Orolbo’yi ekologiyasi muammolari bo’yicha tadqiqotlar olib 
borishmoqda.

Download 212.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling