Fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
Download 212.53 Kb. Pdf ko'rish
|
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi
Siyosiy hayot. 1990 yil 14 dekabrda Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy
Kengashining IV sessiyasida «O’zbekiston Respublikasi tarixida Qoraqalpog’iston Respublikasi Davlat suvereniteti to’g’risida Deklaratsiya» qabul qilindi. Ushbu Deklaratsiya 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan qonunda o’zining huquqiy asosini topdi. Unda Qoraqalpog’istonning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi e’tirof etildi. Har ikki Respublika o’rtasidagi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 70-75 moddalarida o’z aksini topdi. Konstitutsiyaga ko’ra Qoraqalpog’iston Respublikasi O’zbekiston tomonidan himoya qilinadi (70 modda). Qoraqalpog’iston fuqarosi ayni paytda O’zbekiston fuqarosi hisoblanadi (21 modda). Bu Qoraqalpoq xalqiga O’zbekiston xalqlarining barcha huquqlaridan foydalanish imkonini beradi. Konstitutsiyaning 82-moddasida belgilab qo’yilganidek Qoraqalpog’iston Juqorig’i Kengesi raisi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati va Oliy Majlis raisi o’rinbosari hisoblanadi. 98 moddaga binoan Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumati rahbari lavozimi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi.107 moddasiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy,Oliy Xo’jalik sudi tarkibiga Qoraqalpog’istonning xuddi shunday sud organlarining rahbarlari ham kiradi. 115 moddaga ko’ra sud hujjatlari o’zbek tili bilan birga qoraqalpoq tilida ham olib boriladi. 71 moddada belgilab qo’yilganidek, Qoraqalpog’istonRespublikasi o’z konstitutsiyasiga ega bo’lishi kerak. SHu qonunga ko’ra 1992 yil 14 dekabrda bo’lib o’tgan Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Kengashining X1 sessiyasida Qoraqalpog’iston Davlat bayrog’i, 1993 yil 9 aprelda bo’lib o’tgan X11 sessiyasida Davlat gerbi va Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul ( 6 bo’lim, 26 bob, 120 modda) qilindi. 1993 yil 4 dekabrda bo’lib o’tgan X1V sessiyasida Davlat madhiyasini qabul qildi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan 1994 yil 25 dekabrda Oliy Kengashning tarkibiga muqobillik asosida 75 deputat saylandi. Respublika parlamenti Qoraqalpog’iston Respublikasi Juqorig’i Kengesi deb ataladi. Juqorig’i Kengesning Nukus shahrida 1995 yil 11 yanvarda bo’lib utgan I chaqiriq birinchi sessiyasida Juqorg’i Kenges raisi, uning o’rinbosarlari, mandat komissiyasi, 8 ta qo’mita raislari va uning a’zolarini sayladi. Ayni paytda deputatlar qo’mitalar raislari rahbarligida respublika qonunchilik tizimini yaratishda faol ishtirok etmoqdalar. Qoraqalpog’iston Respublikasi Juqorig’i Kengesining xuquqiy makomi Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasi (1993 yil, 9 aprel’) va «Qoraqalpog’iston Respublikasi Juqorig’i Kengesi to’g’risida»gi Qonun (1994 yil sentyabr’: yangi taxrirda 1998 yil 28 yanvar’) da belgilab berilgan. Qoraqalpog’iston Ijroiya hokimiyat organi Vazirlar Kengashi hisoblanadi, uning tarkibiga Rais, 2ta birinchi o’rinbosar va to’rtta tarmoqo’rinbosarlari kiradi. SHuningdek, ijroiya hokimiyat tarkibiga Vazirliklar va qator tarmoqqo’mitalari rahbarlari ham kiradi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida o’zining ish olib boruvchi doimiy vakiliga ega. Qoraqalpog’iston Respublikasida faoliyat ko’rsatayotgan qator jamoat tashkilotlari bu yerda demokratik jarayonlarning tobora qaror topayotganidan dalolat beradi. Download 212.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling