Fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti


Download 212.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana02.06.2024
Hajmi212.53 Kb.
#1834963
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi

Engil sanoat. 2011 yilga kelib Qoraqalpog’iston Respublikasi yengil 
sanoatida “Nukus tekstil”, “To’rtko’l Asaka tekstil”, “Astera tekstil” va 
“Amudaryo tekstil” kabi korxonalarda jami 25 million AQSH dollaridan ortiq 
modernizatsiya ishlari olib borildi. yengil sanoat, oziq-ovqat, yog’-moy, paxta 
tozalash va don korxonalarida ham yangilanishlar yaqqol ko’zga tashlana boshladi.
SHu bilan birga, kapital qo’llanmalarning umumiy ko’lamida chet el 
investitsiyalari va kreditlarining ulushi 13,3 foizni tashkil etgan bo’lsa, shundan 
bevosita chet el investitsiyalari jami 32,6 milliard so’mdan oshib ketdi.
2011 yilning to’rtinchi kvartalida Nukus shahrida Angliya davlati 
sarmoyadorlari ishtirokida “White Macine Tehnology” (“Nukus – Samsung”) 
qo’shma korxonasi ishga tushirildi. Qo’shma korxona loyiha quvvati 1,9 million 
AQSH dollari bo’lgan korxonada chang yutgichlar ishlab chiqarishni yo’lga 
qo’ydi. Bugungi kunga kelib qo’shma korxona sexida uch yillik kafolat sifati bilan 
uch xil turdagi chang yutgichlar ishlab chiqarilmoqda. Korxonada ishlaydigan har 
uch xodimdan bittasini kollej bitiruvchilari tashkil qilmoqda. 2012 yilning o’tgan 
besh oyi ichida qo’shma korxona tomonidan konveyer usulida jami 2 milliard 
so’mlik bo’lgan 16 ming dona chang yutkichlar ishlab chiqarildi.
Ushbu qo’shma korxonada 2011 yilning oxirigacha 8178 dona chang 
yutgich ishlab chiqarilgan bo’lsa, 2012 yilda bu ko’rsatkich 43 ming 689 donani 
tashkil etdi. Boshqacha aytganda, ichki bozorga 5 milliard 236 million so’mlikdan 
ziyod mahsulot ishlab chiqarildi. Bu esa ish hajmining deyarli besh barobar 
oshganligini ko’rsatadi. 2010 – 2012 yillar mobaynida 12 ta yirik yengil 
sanoatkorxonalari faoliyatini yo’lga qo’yish maqsadida 74 milliard so’mdan ziyod 
mablag’lar o’zlashtirildi. 2012 yilda Qoraqalpog’iston Respublikasida 9242 nafar 
kishilar kasanachilikishlariga jalb qilindi.2019 yili Nukus Erkin iqtisodiy zonasi 
(EIZ) tashkil etildi. 

Download 212.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling