Fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti filologiya fakulteti o
Alisher Navoiy asarlarining tekstologik xususiyatlari
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Otaboyeva Sevinchoy. Matnshunoslik-MUSTAQIL-TA LIM
Alisher Navoiy asarlarining tekstologik xususiyatlari Alisher Navoiyning nasriy asarlari Xuroson va Movaraunnahrda yaratilgan fors va qadimgi o‘zbek tilidagi turli janr va har xil mavzudagi nasriy asarlar zaminida yuzaga keldi. Lekin Navoiy buyuk daho sifatida shunday asrlar yozdiki, ularda, bir tomondan, fors-tojik adabiyotidagi nasr ilg‘or an'analarining yangicha talqini va ravnaqi o‘z aksini topdi. Ikkinchidan, o‘zbek tilida nasrning nazmga nisbatan bir muncha sust rivojini nazarda tutgani, shunungdek, nasrning imkoniyatlari nazmga nisbatan anchayin kengligini chuqur tushungani holda Navoiy o‘zbek adabiyotini o‘n beshga yaqin nasriy asarlar bilan boyitdi. Navoiygacha bo‘lgan fors tilidagi nasr asosan tarixchilar tomonidan, qisman esa didaktik va ilmiy yoki yarim ilmiy adabiyotda qo‘llandi. Bu davrdagi o‘zbek tilidagi nasrning shakllanishi va taraqqiyoti Alisher Navoiy nomi bilan bog‘liqdir. Navoiy o‘z nasriy asarlarini yaratar ekan, hech shubhasizki, o‘zigacha bo‘lgan va o‘z davridagi nasrning eng yaxshi xususiyatlarini o‘zlashtirib, o‘z ona tilida ulardagi ilg‘or traditsiyalarni yanada rivojlantirishga alohida ahamiyat bilan qaradi. Alisher Navoiy o‘zining barcha nasriy asarlarini "Vaqfiya"ni istisno qilganda (bu asar 1481-1482 yillarda yozilgan), umrining so‘nggi o‘n yilida yaratgan. Ularning umumiy manzarasi quyidagichadir: 1.Biografik-memuar xarakterdagi "Holoti Sayyid Hasn", Holoti ,Pahlavon Muhammad", "Xamsat ulmutahayyirin". 2.Ilmiy-filologik xarakterdagi "Majolis un-nafois", "Muhokamat ul-lug‘atayn", "Mezon ul-avzon", "Risolai mufradot". 3.Tarix, tasavvuf va din tarixiga oid "Tarixi muluki Ajam", "Nasoyim ul-muhabbat", "Tarixi anbiyo va "hukamo", "Vaqfiya". 4.Insho san'ati-epistolyar proza namunasi- "Munshoot". 5.Ijtimoiy-siyosiy va didaktik xarakterdagi "Mahbub ul-qulub". "Haloti Sayyid Hasan Ardasher", "Haloti Pahlavon Muhammad", "Hamsat ul-mutahayyirin"-Navoiyning biografik memuar xarakterdagi asarlaridir. Bu uch asar Navoiy hayoti va ijodiy faoliyatida muhim rol o‘ynagan davrning madaniyati tarixida o‘chmas iz qoldirgan. Navoiy hayoti va ijodiy faoliyatida muhim rol o‘ynagan davrning madaniyati tarixida o‘chmas iz qoldirgan. Navoiyga yaqin siymolar, uning hamfikr do‘stlari, ustoz va murabbiylariga bag‘ishlanib, ularning vafotidan keyin yozilgan. Navoiy bu asarlarida ana shu uch madaniyat arbobining ma'lum jarajada ijodiy va ijtimoiy biografiyalarini yaratadi, ular bilan o‘zining har sohadagi hamkorligi, muloqatlari haqida hikoya qiladi. Sayyid Hasan Ardasherga bag‘ishlangan risola 896| 1490-91 yilda uning vafotidan ikki yil keyin yozilgan. Sayyid Hasan bilan Navoiy 860|1455-56 yilda birinchi marta uchrashgan va umrining oxiriga qadar yaqin do‘st bo‘lib qolgan. U 821|1425-26 yilda tug‘ilgan bo‘lib, uning otasi shoh Boysung‘ur Mirzo saroyida qushbegilik lavozimida ishlagan. Sayyid Hasan arab tili, tilshunoslik, ritorika, fikh, she'riyat, tarix, astornomiya, muzika bo‘yicha o‘z davrining eng bilimdon kishisi bo‘lgan. Navoiy so‘zi bilan aytganda: "ko‘prak zamonning tab' va fazl ahliga foyiq va sarafroz bo‘libdurlar". U tabiatan g‘oyat kamtar, mansabparastlikni, amaldorlikni xush ko‘rmas, shaxsiy manfaatini kuzlab hukmdorlarga mute bo‘lib xizmat qilishdan nafratlanar edi. Sayyid Hasan Navoiy tarbiyasida yaqindan ishtirok etgan, keyinchalik ham uni doim ijod qilishga undar, o‘rni-o‘rni bilan hamdardlik va sirdoshlik qilar edi. U dunyoviy she'riyatni juda ham sevar, ko‘p she'rlarni, xususan Navoiy g‘azallarini yoddan o‘qir, ayniqsa Hofiz ijodiga ishtiyoqi baland edi. Navoiy ana shunday siymoga hurmat va ixlos bog‘lagani tabiiy albatta. "Holoti Sayyid Hasan Ardasher" risolasida Navoiy yuqorida tilga olinganlarni birma-bir bayon etadi. U Sayyid Hasanning Husayn Boyqaro taxtga chiqqanidan boshlab uning xizmatida bo‘lganini, lekin shohning iltifot va e'tiboriga qaramay xizmatni tark etkanini xabar qiladi. Navoiy Sayyid Hasan xarakteridagi bir qirrani bo‘rttirib ko‘rsatib o‘tadi. U katta-kichikka barobar, qo‘lidan kelganicha birovga yaxshilik qilishga intiluvchi, boshqadan esa hech narsa tama' qilmaydigan shaxs bo‘lgan: O‘zidin elga dare -qatro oso, Vale eldan o‘ziga qatra-daryo. Navoiy Sayyid Hasanning nihoyatda yumshoq ko‘ngilli bo‘lganini, dardli so‘zdan g‘oyat g‘amgin tortib, nazm va kuydan g‘oyat ta'sirlana bilishini alohida ta'kidlab o‘tadi. Risolada Navoiy Sayyid Hasanni rind erdi, deb ta'riflaydi va buni uning yashash va fikr qilish tarzi orqali dalillaydi. Sayyid Hasanning rindligi Navoiy so‘zlariga e'tibor qilinsa, Hofizning rindligini eslatadi. Demak, bu o‘rinda Sayyid Hasanning zamonadan shikoyati, davr nosozliklariga, saroydagi bo‘g‘iq muhitga bo‘lgan nafrati g‘oyat ahamiyatlidir. Asarning so‘nggida Sayyid Hasan Ardasher vafotiga bag‘ishlangan Navoiy marsiyasi keltiriladi. Unda Navoiy juda samimiy qilib o‘z hayotining og‘ir damlarida madadkor bo‘lgan, mehribon, dilkash va hamfikr do‘stidan judolik alamlari haqida yozadi. "Holoti Sayyid Hasan Ardasher" Navoiyning mumuar xarakterdagi go‘zal asari bo‘lib, katta samimiyat bilan yozilgan. Asr, shubhasiz, odamlarni bir-biriga oliyjanob munosabat va sof do‘stlik ruhida tarbiya qilishda ham g‘oyat ahamiyatlidir. "Holoti Pahlavon Muhammad"ning qahramoni Pahlavon Muhammad ham o‘z davrining qomusiy bilimlarga ega bo‘lgan shaxslaridandir. U atronomiya va matematikani, adabiyot va san'atni, fiqh va falsafani, tabobatni yaxshi egallagan. U, musiqa nazariyasi, bastokorlik va xonandalik sohasida ham keng shuhrat qozongan edi. Nafis hissiyotli, quvnoq tabiatli, hazilmutoibaga moyil, odamoxun va ulfatshunos Pahlavon Muhammad o‘sha davrlarda keng tarqalgan varzish (sport) turlaridan qushtigirlik (kurash) san'atining mohir namoyandasi ham edi. Navoiy Pahlavon Muhammadning ma'naviy qiyofasini, insoniy tabiatini qalamga olar ekan, uning zakovati va fazilatlariga alohida urg‘u beradi. Navoiy Pahlavon Muhammadning mashhur kuylaridan-amallaridan "Choshorgoh", "Segosh" va "Panjgoh"larni eslatib o‘tadi. Pahlavon Muhammad badiy ijod sohasida ham yetuk iqtidorga ega bo‘lgan. Uning ruboiy, masnaviy, qi'a, ta'rix va muammolari ham mazmun, ham badiiy jihatdan anchayin yetuk saviyada bitilgan. U, shunungdek, tib ilmi va nujum fanining bilimdonlaridan bo‘lgan. Navoiy katta husn-rag‘bat bilan Pahlavon Muhammadning hazil mutoyibaga moyil ta'bi va tabiati haqida g‘oyat maroqli lavhalar ham keltiradi. Navoiy ularning xotirasini abadiylashtirmoq maqsadida yuqoridagi ikki asarini yaratdi. Ularda ana shu ikki siymoning, agar ta'bir joiz bo‘lsa ijtimoiy biografiyasi yoritiladi. Navoiyning bu ikkala asari zamonning madaniy hayotida faol ishtirok etgan, ijobiy rol o‘ynagan real shaxslarning ijodiy faoliyati haqida haqqoniy ma'lumotlar asosida yozadi. Bu asarlarda badiiy nasrning ilk belgilovchi elementlari mavjud bo‘lib, u ayniqsa, Navoiyning portret yaratish mahoratida yaqqol ko‘rinadi. Navoiy har bir siymo obrazi xarakterining o‘ziga xosligini ochib berishga muvaffaq bo‘ladi. Ularga bo‘lgan muhabbat-ehtiromi asarlarning samimiy ruhini oshiradi, Navoiyning bu asarlari insoniy do‘stlik va hamjihatlik sha'niga bitilgan ajoyib madhiya hamdir. "Hamsat ul-mutahayyirin" 1494 yilda yozilgan bflib, bir muqaddima, uch maqolat va bir xotimadan iborat. Ma'lumki, Abdurahmon Jomiy davrning eng obro‘li va eng bilimdon siymolaridan biri. U ulkan olim sifatida adabiyot nazariyasi, falsafa va musiqiy ilmida qator ishlar ijod qilgan, buyuk so‘z san'atkori sifatida ilg‘or fikrlarni, insonparvarlik g‘oyalarini tarannum etgan edi. Ayni choqda Jomiy o‘zigacha butun O‘rta va Yaqin Sharqda hukmron bo‘lgan, badiiy adabiyotda yuksak mahorat, o‘tkir emotsional ta'sir kuchi bilan o‘z ifodasini topgan mistika ta'sirida ham bo‘lgan edi. Binobarin, Navoiy Jomiy haqida maxsus asar yozishga kirishar ekan, uning ana shu ko‘p qirrali ijodini qamrab olishga, uni izohlashga, o‘zi bilan bu ulug‘ san'atkor orasidagi muloqat va suhbatlarning eng xarakterli tomonlarini ochib berishi lozim edi. Navoiy ana shu vazifalarni bajarishga muvaffaq bo‘ldi. Yana shuni ta'kidlab o‘tmoq lozimki, Navoiy bu asarda badiiy yuksaklik kompozitsion yetuklik va uslubiy ixchamlikka to‘la erishgan. U bu asarda ham tilga olingan siyosiy, ijtimoiy va axloqiy masalalarga o‘zining eng ilg‘or gumanistik pozitsiyasidan yondashgan. "Xamsat ul-mutahayyirin" muqaddimasida Jomiyning nasabi, tug‘ilishi, tarbiyalanishi, bilim olishi, shoir va olim sifatida tanilishi hamda Navoiy uning bilan qachon uchrashgani haqidagi ma'lumotlar beriladi. Shunisi diqqatga sazovorki, Navoiy Jomiyning she'riyatdagi iste'dodini, qudratini, uning belgilovchi fazilati deb biladi. Uning tasavvur yo‘lidagi kamolati va shuhrati xususida so‘zlar ekan, Navoiy tasavvur nazariyasi va istilohlari yuzasidan mavjud adabiyotlardan farqli o‘laroq, Jomiy bu ilmga oid fikrlarni o‘z asarlarida ko‘pchilikka tushunarli qilib, sharh va izohlar bilan bayon etganligini ta'kidlaydi. Asarning birinchi maqolatini Navoiy o‘zi bilan Jomiy oralarida bo‘lib o‘tgan qiziq va ittifoqiy (tasodifiy) voqealar bayoniga bag‘ishlaydi. Bu fasl tarkibidagi 13 lavhada Jomiyning ma'naviy va ijtimoiy qiyofasini ochib beruvchi turli voqealar va shu voqealar munosabati-la u bildirgan mulohaza va maslahatlari, uning hazil-mutoyibaga moyilligini ko‘rsatuvchi maroqli naqllar va turli adabiy mavzularda o‘tkazilgan suhbatlar beriladi. Ayni choqda, Navoiyning o‘zi ta'kidlangandek, Jomiyning unga bo‘lgan alohida xususiyat va iltifotlari ma'lum bo‘ladi. Shuningdek, bu lavhalarning asosiy maqsadni atrofli ochib berishga xizmat qilishi bilan bir qatorda, ularda talay madaniyat ahllari-adib, shoir,san'atchi va davlat arboblariga hamda oddiy xalqning xushta'b namoyandalariga, ilmiy va badiy asarlarga ma'lum munosabat bildirilib o‘tiladi, baho berib ketiladi. Navoiy voqealarni, uchrashuv va suhbatlarni qatorasiga emas, balki Jomiy ijodiy yoki ijtimoiy biografiyasining angiq bir qirrasini ko‘rsatib beruvchi eng xarakterlilarini qalamga oladi. Masalan, Jomiyning hayotdan ajralgan, go‘shanishin ijodkor bo‘lmaganligidan katta voqealar, saroy va saroydagilar, hayoti, xulq-atvori juda yaqindan qiziqtirgan va mashg‘ul etganligidan dalolat beruvchi hikoyatlardan birida bayon etilishicha, Navoiy sipohiylikdan, ya'ni davlat xizmatidan bezor bo‘lib, mansabni tark qilmoqchi bo‘lganida Jomiy buning sababini so‘raydi. Navoiy shunday deb javob beradi: -Inson jinsi suhbat va ixtilotidan malul bo‘lib erdim, bu ishga ul bois bo‘ldi. Jomiy bunga javoban g‘oyat qisqa, lekin nihoyatda o‘tkir, vaziyatga juda muvofiq tushadigan savol bilan murojaat qiladi: -Inson qimni xayol qilib erding, bizga dag‘i ko‘rguz? Bundan Navoiy o‘zining qat'iy qarori Jomiyga "noxush kelmagan"ligini uqadi. Navoiy bilan Jomiy orasidagi bu suhbat ustozning haj safaridan endigina qaytgan, shohning esa Balx ustiga yurish qilib turgan vaqtida sodir bo‘ladi. Buning ustiga yurish qilib turgan vaqtida. Buning ustiga Hirotga kelgandan keyin Jomiyga safar chog‘ida turli shaharlar, jumladan Bog‘doddagi chiqishlari uchun bid'atda ayblangani ovozasini yetkazadilar. Jomiy nihoyatda qakttiq ranjiydi. Hech shubhasizki, bunday vaziyatda Jomiyning Navoiyga yuqorida aytgan so‘zlari g‘oyat samimiy va tabiiy edi. "Xamsatul-mutahayyirin"ning ikkinchi qismi- maqolati Jomiy va Navoiyning o‘zaro yozishmalariga bag‘ishlanadi. Bu yerda Jomiyning Navoiyga yo‘llagan 15 nomasi va javob xatlari hamda Navoiyning ham Jomiyga yozgan 15 maktub va javoblari keltiriladi. Bu ikki shaxs orasidagi yozishmalarni mazmunan uch turkumga ajratish mumkin. 1.Ikki dustning bir-biridan xabar topish maqsadidagi xatlari: 2.Badiiy ijod bilan aloqador yozishmalar: 3.Ijtimoiy-siyosiy voqealar bilan bog‘liq ruq'alar. Jomiy va Navoiy orasidagi do‘stlik, shunungdek siyosiy-ijtimoiiy masalalarda ham sirdosh, hamfikr va maslahatdosh bo‘lishni taqoza qilgan. Bir necha maktublar (uchinchi turkum)da Jomiyning ham, Navoiyning ham davr uchun dolzarb, xalq manfaati uchun zarur bo‘lgan masalalarga munosabatlari qalamga olinadi. Masalan, bir maktubda Jomiy Navoiyning podshohning Qunduz viloyatiga qilmoqchi bo‘lgan yurishiga yo‘l qo‘ymaslikka undaydi. U yozadi: "Ulcha imkoni bor, bu yurishning man'ig‘a sa'y qilg‘aysen va ul matlub sur'at bog‘lamag‘ay, azimat jazm bo‘lsa yozib yuborgaysen". Yana bir xatda Jomiy Navoiyga davlat ishlaridan dilgir bo‘lmasligi lozimligini hamisha xalq manfaati yo‘lida qayg‘urishdan tolmasligi kerakligini uqdiradi. Bulardan ko‘rinadiki, Jomiy davlat ishlari boshida Navoiydek xalqparvar, oqil arbobning turishini istar edi. U Navoiy siymosida mehnat ahli farovonligi va mamlakat osoyishtaligi yo‘lida uhdador davlat arbobini, tolmas muboriz donishmandni ko‘rar edi va unga maslahat, o‘gitlari bilan madadkor bo‘lishni o‘z burchi deb bilar edi. Ayni choqda, Jomiy Navoiyning oliyjanob intilishlari, ulkan orzulari ro‘ybga chiqmagan yoki benihoya mushkil, mashaqqatli harakatlari ko‘ngildagidek natijalar bermaganini, bunday hollarda Navoiyning nihoyatda dilgir bo‘lib, tushkunlikka tushib ketishligini ham chuqur idrok etar, uning dardiga hamdard bo‘lishdan, unga taskin va tasallilar berishdan charchamas edi. Ba'zida esa uning e'tiborini ijod ishlariga tortar edi. Bu nomalarning g‘oyaviy-badiiy va sotsial tarixiy ahamiyati juda kattadir. Ular Sharq insho san'ati tarixi hamda adabiyotshunoslikda Navoiy va Jomiyning shaxsiyatini o‘rganish uchun muhim manba'dir. "Xamsat ul-mutahayyirin"ning uchinchi qismida Navoiy va Jomiyning ijodiy faoliyatidagi hamfikirliklari bayon etiladi, ularning bir-birlari tavsiyalari bilan yaratgan, bir-birlariga, bag‘ishlangan asarlari, Jomiy dostonlaridagi Navoiy shaxsiyati va ijodi haqidagi mulohaza va baholari, Navoiy dostonlarida ham Jomiy sha'niga bitilgan parchalar keltiriladi. Ma'lum bo‘ladiki, Jomiy va Navoiy o‘z ijodiy faoliyatlarida o‘zlari yaratgan har bir asarni bir-birlariga ko‘rsatib, fikr almashib, bir-birining tahriridan o‘tkazib turganlar. Jomiy Navoiy "Xamsa"sini yuksak baholab, uning ona tilida yaratilishini esa davr adabiyotidagi buyuk bir voqea sifatida talqin qilgan. Navoiyni o‘z xalqi adabiyotining asoschisi ekanligini birinchilardan bo‘lib o‘sha zamondayoq belgilab bergan. Har ikkala buyuk shoirlar bir-birlarining maslahat va tavsiyalari bilan o‘z she'riyatlaridan devonlar tuzganlar va ularni nomlab chiqqanlar. "Xamsat ul-mutahayyirin"ning so‘nggi bobi - "Xotima"da Navoiyning Jomiy huzurida mutolaa qilgan asarlari sanab o‘tiladi va Jomiyning hayotida yuzbergan va g‘ayri tabiiy tuyulgan voqealarni bayon etuvchi bir necha naqllar keltiriladi. "Xotima"da shuningdek, Jomiy vafotining tafsilotlari, davn marosimi juda ta'sirli va hayotiy qilib bayon etiladi. Barcha adab ahli keng xalq ommasi uchun kata yo‘qotish bo‘lgan Jomiy o‘limi Navoiy uchun shaksiz og‘ir musibat edi. U o‘zining yurak-yuragidan chiqqan alamini har biri o‘n baytdan iborat yetti bandli (140 misra) tarkibband marsiyada izhor qiladi. Sadriddin Ayniy ta'biri bilan aytganda, marsiya adabiyotning eng jono‘rtovchi namunasi bo‘lgan bu asarda Jomiyning butun ilmiy va adabiy qudrati mujassamlangandir. "Xamsat ul-mutahayyirin" Navoiyning ana shu marsiyasi bilan yakunlanadi. "Xamsat ul-mutahayyirin" davrning talay jihatlarini, xalq, mamlakat hayotiga oid qator masalalarini yoritishda qimmatli ma'lumotlarga boy asardir. Jomiyning ijodiy va ijtimoiy biografiyasini Navoiy birinchi bo‘lib ma'lum yaxlitlikda yaratib beradi. Navoiyning ilmiy-filologik turkumdagi asarlari uning adabiy hayotidagi faol ishtiroki, uni yo‘naltirib turgan madaniyat arbobi sifatidagi faoliyati bilan yaqindan bog‘liq tarzda yuzaga kelgan deb aytish mumkin. Alisher Navoiyning "Majolis un-nafois" asari davrning adabiy hayoti, uning intensivligi, adabiyotdagi yetuk va yosh ijodkor kuchlar, undagi janrlar va hokazo yuzasidan bahs yurituvchi bu asar adabiyot va adabiyotshunoslik tarixi uchun g‘oyat muhim manbadir. Navoiy o‘zining bu antologiyasini 896 (1491-92) yilda yozgan, 903!497-98 yilda esa uning to‘ldirilgan ikkinchi redaksiyasini amalga oshirgan. Bu asarni yozishdan ko‘zlagan maqsadini Navoiy uning muqaddimasida shunday bayon qiladi: "... bu hujasta zamon va farxunda davron shuaro va xushtab'larkim, Sulton sohibqiron (ya'ni Husayn Boyqaro-S.G‘.) yumni davlatidin va natijai tarbiyatdin she'rning ko‘prak uslubida, bataxsis g‘azal tavrida barchadin dilosoroq va nishotafzoroqdur, tarkibi salosat va g‘arobatin ulcha sharti bor, bajo keltiradurlar,otlari ul jamoat zumrasida (ya'ni, avval o‘tgan shoirlar qatorida-S.G‘.) bo‘lmoqdin mahrum va so‘zlari ul tartib va qoidada noma'lum uchun shikasta xotirg‘a va sinuq ko‘ngulg‘a andoq keldikim, bir necha varaq bitilgay va bu asr shuarosi bilan bu davr zurafosi otin anda sabt etilg‘ay, to bu niyozmandlar ham burung‘i shuaro akobiri zaylida mazkur bo‘lg‘aylar va bu payravlar ham ul rahbarlar xaylig‘a qo‘shilg‘aylar". Boshqacha qilib aytganda, Navoiy o‘z davri adabiyot ahllarining nomlari va ijod namunolarini avlodlarga yozib qoldirishni, ularning xotirasini abadiylashtirishni maqsad qilib oladi va o‘z ona tilida birinchi tazkirani yaratadi. Navoiygacha fors tilida 1222 yilda Muhammad Avfiyning "Lubob ul-albob", 1487 yilda Davlatshohning "Tazkari Davlatshohiy" 1486-87 yillarda Jomiyning "Bahoriston"i (7 bobi) kabi tazkiralari yaratilgan edi. Navoiy o‘z salaf va zamondashlaridan farqli o‘laroq tazkirasi materiallariga buyuk so‘z san'atkori va adabiyot tanqidchisi sifatida yondashadi va asos e'tibori bilan uni o‘z zamondoshlariga bag‘ishlaydi. Bu asari orqali Navoiy o‘z davri adabiyotiga o‘zining ilg‘or maqsadlari asosida muayyan yo‘nalishi berishga intiladi, adabiyotning mohiyatini talqin etish, uni baholashda adabiyotning mohiyatini talqin etish, uni baholashda adabiyotning yuksak badiiiyligi va g‘oyaviyligi uchun kurashishda davrining ilg‘or gumanisti va xalqparvari sifatida fikr yuritadi. Mana shu jihatlari bilan "Majolis un-nafois" yozilganidan ko‘p fursat o‘tmay Sharq shoirlari, adabiyot tarixchilari diqqatini o‘ziga jalb eta boshlagan edi. XVI asrning o‘zida bu asar fors tilida uch marta tarjima qilingan edi. Bu Movaraunnahr, Eron va Turkiyada tazkiraga zo‘r qiziqish bilan qaralganidan dalolat beradi. Navoiy tazkirasining kompozitsion qurilishiga kelganda aytish kerakki, u sakkiz qismdan iborat bo‘lib, materiallarni joylashtirishda xronologik, jug‘rofiy hamda sulolaviy prinsipda tuzilgan va 459 shoir, adiblar hamda adabiy hayot voqealari haqidagi ma'lumot beradi. Muallif kim yoki nima haqida yozmasin, bular unga bevosita yoxud u bilan shahsiy munosabatda bo‘lgan kishilar vositasi bilan tanish edi. Tazkirada nomlari keltirilgan ijodkorlarning hammasi has professional shoirlar emas. Asarga turli toifadan bo‘lgan, har xil kasb-hunar egalari ham kiritilgan. Bu hol shundan dalolat beradiki, Navoiy o‘z davridagi adabiy hayotni kengroq qamrab olishga, uning hamma tarmoqlarini o‘rganishga intilgan. Lekin adabiy hayotda ishtirok etganlarning ko‘pligi va ularning turli tabaqaga mansubligi o‘sha davrda xalq hayoti yaxshi, hamma savodxon bo‘lgan degan xulosaga olib kelmasligi kerak. Zotan, bu davrda feodal-klerikal zulm va ekspluatatsiya hukmron, keng xalq ommasi qashshoq, savodsiz edi. Shunga qaramay, Navoiy tazkirisida mehnat ahllari orasidan chiqqan, moddiy jihatdan mashaqqat chekib bo‘lsa-da, o‘z hunarini tashlamagan holda ijod etib, she'riyatda shuhrat qozongan o‘nlab shoirlar haqida keltirilgan ma'lumotlar g‘oyat diqqatga sazovordir. Aytish kerakki, o‘rta miyona saviyada ijod etgan shoirlar, savodli, she'rni tushunadigan, uni ifodali o‘qiy oladigan va goho biror bayt yarata oladiganlar soni juda ko‘p bo‘lgan. Adabiy majlis, munozara, mushoiralarda boshqalar she'rini eshitish bilan zavq oluvchilar, adabiyotga g‘oyat qiziquvchilar, undagi yangiliklarni kuzatib boruvchilar shahar aholisining ma'lum qismini tashkil qilar edi. Shunday qilib, Navoiy asari o‘z davrida adabiy faoliyatning intensivligi manzarasini ham chizib beradi. Bu intensivlik birinchidan, yuqorida keltirilganidek, shoirlar sonining ko‘p va sotsial sostavi rang-barangligi bilan, ikkinchidan, bu faoliyat tor poetik to‘garak, adabiy maktabda yoki biron ijtimoiy-siyosiy ideya atrofida emas, balki odamlar ko‘p joylarda, bozor, ko‘cha, maydonlarda, "oliy majlislarda"da, katta auditoriyada kechkanligi bilan, uchinchidan, adabiyotda juda ko‘p va har xil poetik janr va she'riy turlar mavjudligi bilan Jomiy va Navoiy kabi ulug‘ mutafakkir va buyuk so‘z san'atkorlarini yetishtirgani ham qo‘shilsa, XV asr oxirida adabiy hayot qay darajada ravnaq topganligi yaqqol ko‘rinadi. Navoiy asarda har bir shoirga alohida xarakteristika beradi. Shoirlar ijodining belgilovchi xususiyati, aksar hollarda ularning insoniy fazilatiga ham urg‘u beradi, ularning bilimli darajasi, axloqi, muomalasi, zahmatkashligi kabi xususiyatlarni alohida ko‘rsatib o‘tishga harakat qiladi. Masalan, Jomiiy, Lutfiiy, Shayxim Suxayliy, Mirzobek, Sayyid Hasan, Shoh G‘arib Mirzo, Shohiy Komil, Ziyo va hokazo. Navoiy har bir shoir shaxsiyatiga konkret va xolis yondashadi. U ba'zi shoirlarning ma'naviy qiyofasidagi nuqsonlarni, xarakteridagi kamchiliklarini ko‘rsatib o‘tishni zarur deb hisoblaydi. Masalan, ichkilikka berilgan Sayfiy, Sayyid Imod, Hofizi Sa'd va boshqalar; fitnachi, bezori, urushqoq Sayyid Quroza, Qutblakadang, Abu Nasr, Qavsiy, Shohquli O‘yg‘ur va boshqalar. Navoiy o‘z oldiga yolg‘iz ularni emas, balki ularni misol qila turib, boshqa ko‘p ijodkorlarni ham tarbiyalashni maqsad qilib oladi. Xalq nazaridan chetda qolgan ijodkorlarning va ularning asarlari shuhrat qozona olmagani sababini adabiy hayotdan uzilib qolganliklarida deb hisoblaydi. Masalan, Yaxyo Sebak, Ashraf va boshqalar. Feodal-klerikal ideologiya hukmron bo‘lgan davrda unga va uning vakillariga qarama-qarshi fikrlar bayon etuvchi so‘z san'atkorlari haqidagi ob'ektiv ravishda to‘xtab o‘tar ekan, Navoiy ayrim hollarda ularga nisbatan xayrixohlik bildiradi. Masalan, Husayn Xorazmiy, Abdullativ Mirzo, Mir Shohiy. Adabiy tanqidning badiiiy ijod sohasidagi mustasno rolini Navoiy juda yaxshi tushunar edi. Unga loqayd qaragan yoxud mensimagan qalam ahlini Navoiy g‘oyat qoralaydi. Masalan, Badaxshiy, Riyoziy, Xurramiy va boshqalar. Asarda Navoiy o‘z hamkasblari qarshisida adabiyot davr talabi saviyasida bo‘lishligi lozim degan vazifani qo‘yadi. U asarlar ham g‘oyaviy, ham badiiy jihatdan yetuk va puxta, adabiy an'analarni namunali yzlashtirib, ularni ijodiy boyitgan emotsional ta'sir qudratiga ega va yuksak estetik zavq bag‘ishlay oladigan darajada bo‘lishligi zarur degan talablarni qo‘yadi. Navoiy adabiyotda ma'lum bo‘lgan fikrlarni takrorlovchi, o‘zgalar she'rini o‘ziniki qilib oluvchi soxta ijodkorlar plagiatlar, Nargisiy, Anisiy, Hoja Musolarni ayovsiz tanqid ostiga oladi. Shuningdek, Navoiy hokim tabaqalarga mansub shoirlarni xalqqa zulm o‘tkazganligi,axloqiy qiyoo‘asini tubanligi haqida, she'rlarning ham g‘oyaviy ahamiyatga ega bo‘lmaganligi uchun g‘azab bilan tilga olib keskin fosh etadi. Tazkira materiallari Navoiyning adabiyotga endi kirib kelayotgan yosh iste'dodlarga alohida husn-rag‘bat, katta ehtiyotkorlik bilan qaraganidan, ularga katta umid bog‘laganidan dalolat beradi. Bu yoshlarning ko‘pchiligi Hirotda tahsil olayotgan talabalar bo‘lib, Navoiy ularning aksariyatiga homiylik qilgan, moddiy ahvollaridan xabardor bo‘lib turgan, ularning badiiiy kamolati xusisida qayg‘urgan. Bu hol Navoiy dahosining qudratidan, uni hamma davrlarga jumladan, bizning zamonamizga hamnafas san'atkor ekanligidan dalolat beradi. ""Majolis un-nafois" qimmatli avtobiografik ma'lumotlarga qaraganda ham boy asardir. Navoiyning qayerlarda bo‘lgani, kimlar bilan uchrashgani, uning ustozlari yaqin do‘stlari, shogirdlari, hamsuhbatlari, u bilanyozishib turgan shoirlar, qarindoshlari, farzandi o‘rnidagi shaxslar haqida tazkirada maroqli materiallar mavjud. Asarda, shunungdek, Navoiy davri muzika madaniyati, muzika nazariyasi, badiiy so‘z va muzika ijroshiligi san'ati haqidagi ham ma'lum tasavvur yaratib beradigan ma'lumotlar keltiriladi. Navoiyning "Majolis un-nafois" asari eng qiziqarli, eng hayotiy asarlaridan biridir. U g‘oyat jonli va ravon til bilan yozilgan. Asarning bayon uslubi aniq, puxta va g‘oyat lakonikdir. Maqolalardagi har bir jumla va ularga singdirilgan fikr, g‘oya juda ham ixcham. Muallif o‘rni-o‘rni bilan original tasvir, hazil-mutoyiba, xarakterli badiiy lavhalar ishlatadiki, bular birlashib asarning badiiyatini ta'minlaydi. "Majolis un-nafois" keyingi davrlarda yaratilgan tazkiralarga barakali ta'sir ko‘rsatdi. Sodiq kitobdorning "Majma ul-xavos "Hasan Nisoriyning "Muzakkur ul- ahbob" Som Mirzoning "Tuhfai Somiy", Fazliyning "Majmuat ush-shuaro", Tabibiyning "Majmuat ush-shuaroi Feruzshohiy" shular jumlasidandir. Noma'lum muallifning "Tazkirai shoiron" (XVIII), Ali Ibrohim Halilxonning "Suhufi Ibrohim", Sayid Muhammad Siddiq Hasanxon Bahodirning "Sham'i anjuman", Rizoqulixon Hidoyatning "Riyoz ul-orifin", noma'lum avtorning "Xarobot" nomli ikki tomli, antologiyalarida qayd qilinishincha, Navoiy tazkirasidan asosiy man'ba sifatida foydalanilgan. Navoiy asarida nomlari zikr qilingan ko‘p shoirlarning ijod namunalari bizgacha yetib kelmagan. Bu jihatdan "Majolis" g‘oyat nodir manba' bo‘lib, adabiyot tarixi uchun mustasno ahamiyatga molikdir. Ijodkor faoliyati, uning shaxsiyatiga hurmat, ayniqsa xalq orasidan chiqqan, mehnat ahliga mansub shoirlarga muallif munosabati asarning xalqchillik tendensiyasida yozilganligini ko‘rsatib beradi. Muallif esa bu asarida o‘z iste'dodining yanav bir olmos qirrasi- o‘zining o‘tkir va ziyrak adabiyotshunos olim va tanqidchi ekanligini namoyon qiladi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling