Fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti filologiya fakulteti o


  Matnni tushunishda ijodkor konsepsiyasini aniqlash omili. Tabdil muammolari.  22


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/15
Sana21.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1644737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Otaboyeva Sevinchoy. Matnshunoslik-MUSTAQIL-TA LIM

21. 
Matnni tushunishda ijodkor konsepsiyasini aniqlash omili. Tabdil muammolari. 
22. 
Nashr turlari. Matnshunoslikda ilmiy tavsif. 
23. 
Qo‘lyozma va toshbosma kitoblar. 


Xat turi: nasta'liq 
Xat va xattotlik san’ati Sharqda, asosan musulmon millatlari orasida alohida 
e’tibor va mavqega ega. Bu soha qadimdan alohida fan va san’at darajasiga chiqib, 
turli mamlakatlarda bir qator xattotlik maktablarining tashkil bo‘lishiga sabab 
bo‘lib, bugungi kunga qadar davom etib kelmoqda.
Darhaqiqat, arab yozuvining sir-sinoatiga, xattotlarning mahoratiga nazar 
solsangiz hayratga tushasiz. Bu yozuv dunyodagi boshqa xalqlar yozuvidan shakli, 
jozibasi va boshqa imkoniyatlari bilan keskin farq qiladi. Shuning uchun ham dunyo 
olimlari fikriga ko‘ra biror yozuv turi arab yozuvidek san’at darajasiga, o‘ziga xos 
naqshinkor va maftunkor shakllarga ega emas. Buning albatta ma’lum sabablari bor. 
Birinchidan, arab xati Qur’oni karim va hadisi shariflarning xatidir. Shuning uchun 
ham bu xatni islom millatlari tabarruk deb biladilar va unga hurmat bilan qaraydilar. 
Ikkinchidan, o‘ziga xos hikmat va san’at bulog‘i bo‘lgan Sharqda juda ko‘p 
allomalar yetishib chiqqan. Shular qatori mashhur xattotlar ham yetishib, avvalo 
Qur’oni karimni va boshqa diniy-adabiy manbalarni keyingi avlodlarga yetkazib 
berishni sharaf deb bilganlar. Uchinchidan, arabiy yozuvning tabiati o‘nlab boshqa 
xat turlarini yaratishga imkon bergan. Arab yozuvining eng qadimiy namunasi 
bo‘lgan ma’qaliy va ko‘fiy xatlari asosida keyinchalik, suls, rayhoniy, riqo‘, 
devoniy, ta’liq, nasx va nasta’liq kabi xat turlari paydo bo‘lgan va ular asosida yana 
yuzlab xat namunalari yuzaga kelgan. 
Ayni paytda har bir xat turi o‘zining yaratilish tarixiga va yozilish qoidalariga ega 
bo‘lgan. Mutaxassis olimlar buni yaxshi bilishadi. 
Arab xattotlik maktablari bilan bir qatorda ajam xalqlari xattotlik maktablari ham 
taraqqiy etib keldi. Shu sohaning umidli tadqiqotchilaridan biri Olimxon Asrorov bir 
maqolasida yozadiki, XIV–XV asrlarda ilm-fan, madaniyat va san’atning barcha 
sohalarida bo‘lgani kabi xattotlik san’atida ham misli ko‘rilmagan yuksalish 


kuzatilgan. Markaziy Osiyoda Temuriylar, Shayboniylar va so‘nggi sulolalar 
(ashtarxoniylar, mang‘itlar) davrida ham bu san’at turi yuksak darajada taraqqiy 
etgan. Shu davrlardan boshlab O‘rta Osiyoning turli mintaqalarida bir necha 
xattotlik maktablari paydo bo‘lgan. Podshohlar, sultonlar saroyida maxsus xattotlar 
faoliyat yuritgan. Birgina Navoiyning huzurida o‘ndan ortiq xattotlar 
qo‘lyozmalarni ko‘chirish bilan band bo‘lgan. 
«Xattotlar sultoni» Sultonali Mashhadiy (1437–1520), “nasta’liq” xatini ixtiro qilib, 
uni san’at darajasiga ko‘targan Mir Ali Tabriziy (1330-1405), Darvesh Muhammad 
Taqiy Hiraviy (XV asrning birinchi yarmi), Abduljamil Kotib (vafoti 1505/1506 
yil), kabi vakillarining ko‘chirgan qo‘lyozmalari dunyodagi shoh asarlardan 
sanaladi. Va aynan shu kotiblarning mehnati tufayli biz Alisher Navoiy ijodi bilan 
yaqindan tanish bo‘lganmiz. Chunki temuriyzoda sultonlari va shahzodalarning 
o‘zlari bu sohaning rivojlanishiga doimo xayrixohlik qilib turganlar. Boysung‘ur 
Mirzo kabi podshohlar esa mohir xattot bo‘lish bilan birga saroyidagi xattolarga 
doimo homiylik qilib, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib turgan. Keyinroq Boburmirzoning 
“Xatti Boburiy”ni ixtiro qilgani bu sohaga bo‘lgan qiziqishining yuksak ekanidan 
darak beradi. 
Tarixga nazar tashlasak, XVI asrda Shayboniylar sulolasi ham xattotlikka 
katta e’tibor qaratganligi, hukmdorlardan Muhammad Shayboniyxon va 
Ubaydullaxonlarning o‘zlari ham xattotlik bilan shaxsan shug‘ullanishgani, 
ayniqsa, Ubaydulloxonning yetti qiroatni bilishi va yetti xil xatda mahorat bilan 
yozishi ishonchli tazkiralarda qayd etilgan. Ular qaysidir ma’noda Buxoro xattotlik 
maktabiga asos solishgan. Bu maktabdan keyinchalik Mir Ubayd Buxoriy (vaf. 
1601 y.), Mir Husayn Ko‘lankiy Buxoriy (XVI asr), Sayyid Abdulloh Buxoriy 
(vafoti 1647), Hoji Yodgor (vafoti 1663), Ahmad Donish (1826–1897) kabi yetuk 
xattotlar yetishib chiqqan. XVIII asr boshlarida Xiva va Qo‘qon xonliklari 


hududida Xorazm va Farg‘ona xattotlik maktablari, XIX asrda esa Samarqand va 
Toshkent xattotlik maktablari shakllangan. 
Xorazm xattotlik maktabi o‘zining Munis Xorazmiy (1778–1829), Komil Xorazmiy 
(1825–1899) kabi namoyandalari bilan tanilgan bo‘lsa, Farg‘ona xattotlik maktabi 
Mirzo Sharif Dabir (XIX asr), Muqimiy (1850–1903), Samarqand xattotlik maktabi 
Ochildimurod Miriy Kattaqo‘rg‘oniy (1830–1899), Abduljabbor Urgutiy 
Samarqandiy (1885–1910), Toshkent xattotlik maktabi esa Muhammad Yunus 
Kotib (XIX asr) va Muhammad Shohmurod Kotib (1850–1922) kabi vakillari bilan 
mashhur bo‘ldi. 
Tarixchi va xatshunos olim Abdulqodir Murodov “O‘rta Osiyoda xattotlik san’ati 
tarixidan” kitobida yurtimizdagi xattotlik maktablari ularning rivojlanish 
bosqichlari haqida batafsil ma’lumot bergan. Xat va xattotlik tarixi bilan 
shug‘ullanadigan har bir odam shu kitobni albatta ko‘zdan kechirishi kerak, deb 
o‘ylayman. 
Bizning ota-bobolarimiz xattotlik san’atini chuqur his qilgan, kotiblarning 
mehnatlarini qadrlagan holda har bir qo‘lyozma asarni ko‘ziga surtib, asrab-avaylab 
kelishgan. Ming yillardan beri nodir qo‘lyozmalar bizgacha yetib kelgan bo‘lsa, 
avvalo, xattotlarning mehnati, so‘ngra iymon-e’tiqodli, ilmu irfonga ega bo‘lgan 
ota-bobolarimizning sa’y-harakatlari bilan saqlanib kelgan. Bugungi kunda birgina 
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik 
instituti qo‘lyozmalar fondida 100 minglab toshbosma va qo‘lyozma asarlar borligi 
bizni ham xursand qiladi, ham tashvishga soladi. Xursand qilganining sababi aniq. 
Tashvishga solishi esa u benazir asarlarni o‘qiydigan yoshlarning yetishmasligi, 
xalqimiz bunday bebaho asarlardan bebahra qolayotganligidir. Sababi, hozircha 
qilinayotgan ishlarning salmog‘i va samarasi qoniqarli emas. 
Yana bir gap. Arab yozuvini yaxshi o‘qimasdan, shu yozuv asosidagi abjad hisobini 
bilmasdan mumtoz shoirlarimiz she’rlaridagi muammolarni, chistonlarni 


yecholmaymiz. Shuningdek, abjad hisobiga asoslangan tarixiy baytlarning aniq 
sanasini chiqarolmaymiz. Demak, mumtoz adabiyotimizni yaxshi bilish uchun bu 
yozuvning barcha imkoniyatlarini o‘zlashtirishimiz lozim. Aks holda bilimimiz 
chala bo‘lib qolaveradi. 
Ma’lumki, xattotlik arab va ajam diyorlarida bosmaxonalar paydo bo‘lguncha faol 
davom etib kelganidek, keyin ham davom etdi. Har qancha kitob chop qilish 
texnikasi rivojlanmasin xattotlikning sehri, jozibasi insonlarni o‘ziga tortib kelgan 
va bugun ham amalda davom etib kelmoqda. Dunyoda xattotlar musobaqalarining 
joriy etilishi, bu borada fikrlar almashinishi, xattotlar asarlarini nashr qilinishi 
fikrimizga yorqin dalildir. 
Qolaversa, Payg‘ambarimiz solallohu vasallamning xat va xattotlar haqidagi: “Xat 
ilmning yarmidir”, “ Xat faqir, kambag‘allar uchun moldir, boylar uchun jamoldir 
va akobirlar uchun kamoldir”, kabi hadisi shariflari insoniyatni bir umr xattotlikka 
undab kelgan va bundan keyin ham targ‘ib etishda davom etaveradi. 
Ma’lumki, O‘rta asrlarda kitob chop etish uskunalari ixtiro qilinmagan, bir paytda, 
barcha asarlar qo‘lda ko‘chirilgan va tarqatilgan. Shu bois kotiblarning ishi juda 
mashaqqatli va mas’uliyatli bo‘lgan. Kotiblik yoki xattotlik degan ish, ayrimlar 
o‘ylagandek oddiy bir ish yoki hunar emas. Nodir qo‘lyozma asarlarni ko‘chirgan 
xattotlar juda savodxon va pokiza insonlar bo‘lishgan. Shuningdek, o‘tmish 
mutafakkirlarimiz, shoirlarimiz ham xattotlikni fazilat bilib, alohida o‘rganishgan. 
Alisher Navoiy “Majolis un-nafois” asarida Mavlono Riyoziyning samarqandlik 
“mutakabbir va mu’jib kishi”ligini, uning yaxshi g‘azal yozishligini aytar ekan yana 
shunday ta’riflaydi: “Jome’ ul-fazoyil va muqavvi yud-daloyil kishi erdi va yetti 
qalam bilan xatni xub bitar erdi va ham mullo va ham hofizki, Qur’oni majidni yetti 
qiroat bilan bilur va o‘qur erdi va ham kotib va ham shoir va ham maoliy erdi”. Yoki 
«Ixlosiya» xonaqohining shayxi va «Qudsiya» masjidi jomeining xatib va imomi va 
yaxshi mehrobxon hofizi bo‘lgan Hofiz Jaloliddin Mahmud haqida ham: “She’r va 


muammo aytur va xatni yaxshi bitur. Muncha salohiyatni bot kasb qildi”, deb 
ta’riflaydi. 
Ko‘rib o‘tganimizdek, hazrat Navoiy har ikkala shaxsdagi xattotlik mahoratini, 
xatni chiroyli yozish xislatini alohida fazilat qilib ko‘rsatmoqda. O‘z tariximizdan
birgina misol keltiradigan bo‘lsak, Xorazmlik mashhur shoir Shermuhammad 
Munis ( 1778-1829) va Qo‘qonlik taniqli shoir Muqimiylar (1850-1903) juda mohir 
xattot bo‘lishgan. Munisning hatto nasta’liq xati qoidalari xususida “Savodi ta’lim” 
degan alohida risolasi ham bor. 
Zamonamizning ham olim, ham xattotlaridan bo‘lgan G‘afurjon Razzoqov 
domlaning ta’kidlaganidek, xattotlik san’atidan me’morchilik va xalq amaliy 
san’atida ham keng foydalanilgan. Yurtimizda azaldan me’moriy inshootlar – 
masjidlar, madrasalar va maqbaralarning tashqi va ichki devorlari, peshtoqlari turli 
naqshlar bilan birgalikda xattotlik uslublarida yozilgan bitiklar – Qur’oni karim 
oyatlari, hadislar, hikmatli so‘zlar va she’riy parchalar bilan bezatilgan. 
Darhaqiqat, xalq amaliy san’atiga tegishli bo‘lgan sopol idishlar, mis tovoqlar, 
obdastalar, qilich-qalqon kabi urush asboblarida yozilgan nafis yozuvlar ma’naviy 
merosimizga daxldor bo‘lib, ularni hamma ham o‘qiyolmaydi va qadriga 
yetolmaydi. Biz xattotlik kurslarida shu jihatlarga ham e’tibor qaratmog‘imiz 
lozim. Zero, ota-bobolarimiz qurgan minoralar, tarixiy obidalar qanchalik qadrli 
bo‘lsa, ular peshtoqidagi mohirona yozilgan bitiklar ham biz uchun sharafli va 
yuksak san’at asaridir. 
Nastaʼliq — xattotlik uslubi, arab mumtoz xat uslublaridan biri. 14-asrda 
shakllangan, nazariy asoschisi Mir Ali Tabriziy. Bu xat nasx va taʼlsh xat uslublari 
asosida yaratilgan boʻlib, har-flarning 5/6 qismi egri va 1/6 qismi toʻgʻri chiziqlar 
asosida yoziladi. Dastlab moʻʼtabar qoʻlyozmalarni, asosan, badiiy adabiyot 
namunalarini kuchirishda va alohida qitʼalarni bitishda foydalanilgan. Keyinchalik 
bu yozuv kitobat sanʼatidan nasx va suls yozuvlarini siqib chiqaradi. Oʻrta Osiyo, 


Eron, Ozarbayjon, Afgʻoniston va Hindistonda keng tarkalgan. Jaʼfar Boysunkuriy, 
Azhar Tabriziy, Sultonali Mashxadiy va uning shogirdlari N.da ijod qilgan. 
Ayniqsa, Mir Ali Haraviynnng N.ni Movarounnahrda tarqalishida xizmati katta. 
Darvish Muhammad ("Favoid ul-xutut"), Munis Xorazmiy ("Savodi taʼlim"), 
Muhammad Azim ("Mirʼoti taʼlim") asarlarida N. xatining asoslarini oʻrganish 
bayon etilgan. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling