Fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti filologiya fakulteti o


Ilmiy-tanqidiy matn tuzish tamoyillari


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana21.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1644737
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Otaboyeva Sevinchoy. Matnshunoslik-MUSTAQIL-TA LIM

Ilmiy-tanqidiy matn tuzish tamoyillari 
 
Ilmiy-tanqidiy matn. Badiiy 
asarning 
ilmiy-tanqidiy matnini tuzish manbaning 
nusxalari ko‘p bo‘lganda amalga oshiriladi. Ilmiy-tanqidiy matn, bu – matn tarixini 
ilmiy o‘rganish asosida muallif matniga yaqin variantini tuzishdir. Ilmiy-tanqidiy 
matn tuzishning barcha tadqiqotchilar uchun qoidaga aylangan asosiy prinsiplari 
mavjud. Masalan, matn tuzuvchi asarning fanga ma’lum barcha nusxalarini ko‘rib 
chiqishi shart. Ba’zi asarlarning qo‘lyozma nusxalari orasidagi farqlar ko‘p bo‘lishi 
mumkin. Bunday holda ilmiy-tanqidiy matnni tuzuvchi matnshunos barcha 
nusxalarni kuzatishga majbur bo‘ladi. Ko‘p nusxalarga ega manbaning 
ilmiy-tanqidiy matnini tuzishda nusxalarni saralash muhim hisoblanadi. Ko‘p 
nusxalarga ega manba matni ustida ishlash, ayniqsa, uning ilmiy-tanqidiy matnini 
tayyorlash butun “injiqlik”lari bilan o‘ta nozik va mas’uliyatli, to‘xtovsiz aniqlik va 
intizom talab etuvchi “zahmat”lari bilan mashaqqatli, ammo samarali mehnatdir81. 
Ilmiy-tanqidiy matn tuzishda muallif nusxasi(avtograf) bo‘lmagan taqdirda asarning 
qadimiy, ishonchli nusxasi tayanch nusxa sifatida olinib, boshqa nusxalardan 
yordamchi manba sifatida foydalaniladi. Jumladan, adabiyotshunos R. Zohid So‘fi 
Olloyorning “Sabot ul–ojizin” asari ilmiy-tanqidiy matnini tuzishda 150dan ortiq 
nusxaning umumiy va farqli jihatlarini matnshunoslik nuqtai nazaridan izchil 


tekshirgan va 25 (15 qo‘lyozma, 10 toshbosma) nusxani qiyosiy tahlil ob’ekti 
sifatida olgan. Shunisi ahamiyatliki, R. Zohid saralangan 25 nusxani ham muayyan 
prinsipial xususiyatlariga ko‘ra uch guruhga: tayanch nusxa, asos nusxa, yordamchi 
nusxalarga ajratgan. 
Muallif dastxati yoki uning davrida yaratilgan matn mavjud bo‘lsa, ilmiy-tanqidiy 
matnning ilmiy qimmati yuksak bo‘ladi. P. Shamsiev jahon qo‘lyozma fondlarida 
Navoiy asarlari qadimiy qo‘lyozmalarining topilishi shoir asarlari ilmiy-tanqidiy 
matnlarini yaratish uchun katta imkoniyat yaratganligini qayd etgan82. Xususan, P. 
Shamsiev Qozon davlat universiteti qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan 
“Xamsa”ning XVI asrda ko‘chirilgan deb taxmin qilingan nusxasining aniqlanishi 
haqida shunday yozadi: “Xamsa”ning ana shunday qadimiy nusxasining topilishi 
navoiyshunoslikda muhim hodisadir. Chunki u ulug‘ shoir asarining yagona 
ilmiy-tanqidiy matnini tuzish ishini yanada takomillashtirish yo‘lida zarur manba 
xizmatini o‘taydi, matn tuzishdagi ko‘pgina masalalarni, chigalliklarni hal etishga 
yo‘l ochadi”. 
Ilmiy-tanqidiy matnni 
tuzishda matnshunosning 
asar mazmuni, g‘oyasi, matn 
tarixini chuqur bilishi va aniq xulosaga kelishi muhimdir. Bunday matnni tuzishda 
barcha jalb etilgan nusxalar matni tanqidiy o‘rganiladi. 
Matnshunos ishga jalb etilgan nusxalarni qiyosiy o‘rganib, tayanch nusxaga 
solishtirgan holda barcha matniy o‘zgarishlarni ilmiy apparatda qayd etib 
boradi. Tuzilgan ilmiy-tanqidiy matn shakli yodgorlik yozilgan grafikada nashr 
qilinishi bunday shakldagi matn tuzishning asosiy prinsiplaridandir. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling