Fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti filologiya fakulteti o
P.Shamsiyevning o‘zbek matnshunosligini rivojlantirishdagi o‘rni
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Otaboyeva Sevinchoy. Matnshunoslik-MUSTAQIL-TA LIM
P.Shamsiyevning o‘zbek matnshunosligini rivojlantirishdagi o‘rni
Porso Shamsiyev (1897.10.2, Buxoro — 1972.21.3, Toshkent) — navoiyshunos va matnshunos olim. Filologiya fanlari doktori (1970), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1972). Buxoro madrasalarida tahsil ko‘rgan. 30-yilarga qadar madrasa, maktab va maorif yo‘nalishidagi muassasalarda xizmat qilgan. O‘zbekiston Davlat nashriyoti (1931—36) va O‘quvpedagogika nashriyoti (1936—40) da muharrir, O‘z FAN nashriyotida muharrir (1941—45), Til va adabiyot intida katta ilmiy xodim (1945—72). «Adabiyotdan ish kitobi», «Adabiyot darsligi», «O‘zbek tili darsligi», «O‘qish kitobi» (1- va 2-kitoblar) muallifi. Navoiyning «Muhokamat ul-lug‘atayn», «Majolis un-nafois», «Mahbub ul-qulub» va boshqa asarlarining ilmiy-tanqidiy matnini nashrga tayyorlagan hamda shoir asarlarining 15 jildligini nashr etishda faol katnashgan. «Xamsa»ning ilmiy-tanqidiy matnini yaratib, mazkur matn yuzasidan amalga oshirilgan tekstologik tadqiqotlarini doktorlik dissertatsiyasi sifatida himoya etgan. Porso Shamsiyev, bundan tashqari, Xondamirning «Makorim ul-axloq» asarini fors tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilgan, Boburning «Boburnoma» (S.Mirzayev bilan hamkorlikda) asarining ilmiy nashrini yaratgan, 5 kitobdan iborat «O‘zbek adabiyoti» majmuasini tuzish, tahrir etish va izoxlar yozishda ishtirok etgan. Sh. Britaniya muzeyida saqlanayotgan va Abdujamilga nisbat berilgan «Tuhfat ul-salotin» asari mikrofilmini o‘rganib, uning Navoiy g‘azallaridan olingan va Abdujamil xattot tomonidan ko‘chirilgan shohbaytlar ekanini va mavzu bo‘yicha 45 faslga bo‘linganini aniqlagan. Porso Shamsiyev G‘afur G‘ulomning 4 jildli «Tanlangan asarlar»i va 2 jildli «Adabiy-tanqidiy maqolalar»ini ham nashrga tayyorlagan. Porso Shamsiyev shuningdek, S.Ibrohimov bilan hamkorlikda «O‘zbek klassik adabiyoti lug‘ati» (1953) va «Navoiy asarlarining lug‘ati» (1972)ni tuzgan. Toshkent ko‘chalaridan biriga Porso Shamsiyevnomi berilgan. Porso Shamsiyev adabiy manbashunos va matnshunos. Porso Shamsiyevning noyob iste’dodi, chuqur bilim egasi ekani tekstologik tadqiqotlar jarayonida juda yorqin namoyon bo‘ladi. Porso Shamsiyevning o‘zbek klassik adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini namoyon qiladi. Porso Shamsiyevning o‘zbek klassik adabiyotining o‘ziga va xususiyatlarini yaxshi bilishi, fors -tojik adabiyotidan puxta xabardorligi, arab va fors tillarini bilishi matnshunoslik faoliyatida katta yordam beradi. Ma’lumki,mumtoz adabiyotimiz namunalari, jumladan, Alisher Navoiy asarlari ustida tekstalogik ishlar olib borish uzoq davrlarda har xil saviyadagi kotiblar tomonidan ko‘chirilgan matnlarda jiddiy xatolar, chalkashliklarni bartaraf etish atroflicha chuqur bilim, o‘tkir ziyraklik, katta mas’ulyat hamda kasbga nisbatan kuchli muhabbat bilan ish olib borishlikni taqazo qilar edi. Kundalik matbuotdagi matnshunoslik mavzusidagi bahs-munozaralar Bugungi kunda matnshunoslik , ayniqsa, Oʻzbekiston uchun dolzarb ahamiyatga ega. Chunki oʻlkamiz tarixi va madaniyatiga oid yuzlab bebaho asarlar hali nashr etilmasdan qoʻlyozma holida saqlanmoqda. Shularni hisobga olib, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida matnshunoslik yetakchi ilmiy yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Qoʻlyozmalar xazinasida saqlanayotgan qimmatli asarlarning ilmiy-tanqidiy matnlarini nashrga tayyorlashga jiddiy eʼtibor qaratildi. Sir emas , bir necha nusxada yetib kelgan asar qoʻlyozmalari orasida ancha-muncha tafovutlar boʻlishi tabiiydir. Asarning turli nusxalari muqoyasa qilinib yaratilgan ilmiy matnigina tarjima va tadqiqotlar uchun ancha ishonchli boʻladi. Qolaversa, turli mavzuda izlanishlar olib borayotgan mutaxassislar tarjima emas, balki asl matnga tayanishsa , ularning tadqiqotlari koʻproq tosh bosadigan boʻladi. Asl matnda muhim atama va unvonlar asar yozilgan davrda qanday ishlatilgan boʻlsa, shunday yoziladi. Tarjimada ular oʻzgarishga uchrashi va boshqa baʼzi kamchiliklarga yoʻl qoʻyilishi mumkin. Milliy fanimizning xalqaro obroʻsi bilan bogʻliq yana bir jihat borki, bizning tariximiz va madaniyatimizga oid asarlarning ilmiy-tanqidiy matnlari Arab mamlakatlari (movarounnahrlik ulamolar kitoblari), Eron (fors tilidagi bir qancha tarixiy va adabiy manbalar), Amerika (Munis va Ogahiyning “Firdavs ul-iqbol” asarining Yuriy Bregel tarafidan tayyorlangan ilmiy-tanqidiy matni), Yaponiya (Muhammad Hakimxonning “Muntaxab ut-tavorix” asarining Yayoi Kavaxara , “Boburnoma”ning Eyji Mano tarafidan nashr etilgan ilmiy-tanqidiy matnlari) va boshqa mamlakatlar olimlari tomonidan nashr etilayotganida oʻzbek manbashunos-matnshunoslari bu ishda nainki ishtirok etish , balki faol kirishib , bu sohada yetakchilikni oʻz qoʻllariga olishga burchlidirlar. O‘zbek matnshunosligi shakllanish bosqichlari Matnshunoslik sohasi filologiya fanining asosiy va muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, yozma yodgorliklarning asl matnini tiklash hamda ularni nashr ettirishning nazariy va amaliy jihatlari bilan shug‘ullanadi. Matnshunoslikning asosiy vazifasi qo‘lyozma yoki toshbosma nusxadagi muayyan asarning matnini muallif qalamidan chiqqan asl holatini tiklash va nashr ettirishdir. Izohli lug‘atda “matnshunoslik” istilohiga shunday ta’rif beriladi: “Matnshunoslik – adabiyot va folklorga oid qo‘lyozma asarlarni, tarixiy hujjatlarni, ularning haqiqiy, asl matnlarini aniqlash va tanqidiy o‘rganish, sharhlab e’lon(nashr)qilish maqsadida ular ustida tadqiqotlar olib boruvchi yordamchi tarixiy-filologik fan sohasi ; tekstologiya”1. O‘zbek tilida bu istiloh arabcha “matn” (ﻥتﻤ) lug‘aviy ma’nosi – mustahkam, pishiq, qattiq degani bo‘lib, qo‘shma so‘zning ikkinchi qismi “shunos”(“tanimoq”, “bilmoq” ma’nolarini ifodalovchi forscha “shenoxtan” fe’lidan olingan) va turkiy “-lik” ot yasovchi qo‘shimcha tarkibidan yasalgan. XX asr boshlarida Turkistonda ham matnni tanqidiy o‘rganishga munosabat shakllana bordi. Turli matbaa yoki kutubxonalarning tashkil etilishi muayyan ma’noda matnshunoslik tarixini yangicha yo‘nalishda o‘rganishga sabab bo‘ldi. 1920 yili martda Turkiston MIK Turkiston davlat nashriyoti(Turkdavnashr) ta’sis etish haqida qaror qabul qilinadi. Bu O‘rta Osiyodagi ilk kitob nashriyoti bo‘lib, unga o‘lkadagi barcha nashr ishlarini birlashtirish, qog‘oz taqsimoti va bosmaxona jihozlarini nazorat etib, rahbarlik qilish vazifalari yuklandi. O‘tgan asr 20-yillaridan ilmiylik bosh mezon bo‘lgan o‘zbek adabiyotshunosligi alohida soha sifatida shakllana boshladi. Adabiyot tarixi tadqiqotchilari muntazam ravishda klassiklarimiz hayoti , ijodiga bag‘ishlangan maqolalar e’lon qilish bilan birga ularning asarlarini chop ettirish, ommalashtirishga ham jiddiy kirishdilar. Olib borilgan amaliy ishlar bevosita matnshunoslikning ilmiy shakllanishiga olib keldi. Matnshunoslik nashr ishlarining olib borilishi bilan rivoj topdi. O‘zbek matnshunosligining shakllanishi, rivojlanish usullari va metodlari mumtoz adabiyot namunalari nashr etilishi bilan bog‘liq. Arxeografiya yozma manbalarni qidirib topish, ilk tavsifga olish , ilmiy muomalaga kiritishni nazarda tutadi. Kutubxona, turli fondlardagi qo‘lyozmalarning turkumlashtirilgan tavsifi, arxeografik qiyosiy tahlili manba matnini tuzishda muhim hisoblanadi. Bunday ishlar natijalari matn ustida ishlashning ravon borishini ta’minlaydi. Germenevtika qadimgi yozma matnlar mazmunini izohlash bilan shug‘ullanadi, matnshunoslik uchun germenevtika asarning qadimda tutgan o‘rni, asar umumiy mazmuni kabi ma’lumotlarni beradi. Ekzegetika esa diniy matnlarni filologik jihatdan tahlil etishda matnshunoslik ishlari bilan bevosita bog‘lanadi. Matnshunoslik, eng avvalo, ikki asosiy qismga bo‘linadi: amaliy va nazariy matnshunoslik. Nazariy matnshunoslik – sohaning umumiy masalalari , matnshunoslik tarixi, matn tuzish tadqiqot usullari hamda asosiy tamoyillari kabi masalalarning jamlanmasidir. Hozirgi kunda matnshunoslik nazariy yo‘nalishini ham rivojlantirish asosiy masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Amaliy matnshunoslik – muayyan asarning muallif qalamiga yaqin eng asl matnini tuzish, sharhlar bilan nashrga tayyorlashni bajaradi. Umuman, matnshunoslikning nazariy va amaliy ishlaridan maqsad, asarning muallif nusxasiga eng yaqin matnini yaratishdan iborat. Matnshunoslik fan yoki soha ekanligini aniqlashda turli xil qarashlar mavjudligi kuzatiladi. Ba’zi olimlar matnshunoslik filologiyaning yordamchi tarmog‘i deb hisoblasalar , boshqalari matnshunoslikni mustaqil fan sifatida e’tirof etishadi. Matnshunoslik fan yoki soha ekanligini aniqlash matnshunoslikning tarixi, amaliy va nazariy yo‘nalishlari rivojlanishi, shu kungacha erishgan natijalari va kelajagiga bo‘lgan ilmiy doiraning mulohaza yoki fikrlarini ham ko‘rsatadi. O‘z tadqiqotlarini asosan qo‘lyozmalar bilan bog‘liq holda olib borgan adabiyotshunos A. Hayitmetov matnshunoslikni “adabiyotshunoslikning uzviy qismlaridan biri” deb yozadi.2 A. Habibullaev esa matnshunoslikni “filologiya fanining adabiy, tarixiy, ilmiy asarlar hamda tarixiy hujjatlar matnini ilmiy-tanqidiy o‘rganish va nashr qilish bilan shug‘ullanuvchi sohasidir”3, – deb hisoblaydi. Adabiy manbalar ustidagi tadqiqotlarda matnshunoslikning nazariy asoslari ham bo‘lishi kerakligini qayd etarkan , N. SHodmonov matnshunoslik masalalariga e’tibor qaratadi va matnshunoslik butun dunyoda, jumladan, O‘zbekistonda ham alohida mustaqil fan sifatida e’tirof qilinganligini ta’kidlaydi.4 Umuman olganda, matnshunoslikning fan yoki sohaga oid bo‘lishi haqida aniq xulosaga kelishning o‘zi munozaralidir. Ravshanki, matnshunoslik XIX asr o‘rtalarigacha to‘liq soha yoki fan sifatida shakllanmagan , u XX asr boshlariga qadar adabiy, tarixiy asarlar nashrida zaruriy bo‘lib, vazifasi ham asosan amaliyot talablari bilan cheklangan. Matnshunoslik keyingi davrlarda nazariy ishlanmasi, metodikasi va vazifalarining aniq belgilanishiga erishdi. Bu kabi ilmiy-tadqiq natijalari uning inson bilim tizimida fan sifatida tavsiflanishiga olib keldi. Lekin matnshunoslikni filologiyaning tarixiy-adabiy dissiplinasi yoki maxsus sohasi deb ta’riflash ko‘proq uning imkoniyatlarini aniq va to‘la namoyon etadi. Matnshunoslikka fan deb yondashilganda esa, boshqa sohalar bilan bog‘liq aralashuvi yuzaga keladi va matnshunoslikning o‘ziga xos xususiyatlari yaqqol ko‘rinmaydi. Matnshunoslikning adabiyotshunoslik va tilshunoslik taraqqiyotidagi o‘rni Matnshunoslik, tekstologiya — yordamchi tarixiyfilologik fan soxasi, adabiyot va folislorga oid qoʻlyozma asarlarni, tarixiy hujjatlarni, ularning aniq matnlarini aniqlash va tanqidiy oʻrganish, sharhlab eʼlon qilish maqsadida ular ustida tadqiqotlar olib boradi. M.ning vazifasi matnni har tomonlama tadrijiytanqidiy (matn tari-xiga chuqur kirib borish, matnni yaratishda foydalanilgan manbalarni, muallif taxrirlari, variantlari va boshqalar) oʻrganib, nashrga tayyorlashdan iborat. M.ning kuy-idagi asosiy xillari farqlanadi: antik, oʻrta asr va yangi adabiyot. Mas, kad. yunon olimi Aristarx (miloddan avvalgi 2-asr) Gomer asarlari matnini tanqidiy oʻrgangan. Sharq islom olamida 7-asrdan hozirgacha bir harfi oʻzgarmay, mashhur xattotlar tomonidan minglab nodir nusxalarda koʻchirilgan qoʻlyozmalardan biri muqaddas Qurʼoni Karim matnidir. Ular dunyoning turli joylaridagi kutubxonalarda saqlanadi. Uygʻonish davrida antik adabiyot yodgorliklarining dastlabki koʻrinishlarini, asliy matnlarini tiklashga qiziqish kuchaygan. Oʻzbekistonda M. oʻz tarixiga ega. 1400-yil davomida Oʻzbekiston olimlarining arab, fors va oʻzbek tilida yaratgan koʻplab yirik durdona asarlari oʻz davrida, undan keyingi davrlarda oʻrganilib, xattotlar tomonidan koʻchirilib, xatonuqsonlari boshqa nusxalar orqali toʻgʻrilanib, hozirgi kunimizga qadar yetkazib kelingan. Bu ishga rus olimlari V. V. Bartold, I. Yu. Krach-kovskiy, A. K. Borovkov, A. N. Kononov va boshqa ham munosib hissa qoʻshishdi. Respublikamizda M. boʻyicha ishlar Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot, Sharqshu-noslik institutlarida olib borilmoqda. Alisher Navoiy asarlarining ilmiytanqidiy matnlarini tayyorlash va nashr ettirishni S. Ayniy ("Hamsa"ning qisqartirilgan nashri), O. Sharafiddinov, I. Sultonov ("Mezon ul-avzon"), A. N. Kononov ("Mahbub ul-qulub") va boshqa amalga oshirdilar. Matn-shunos olim P. Shamsiyev Navoiy "Hamsa"sining toʻla va yaxlit bir kitob holida nashrga tayyorlash borasida murakkab matnchiliktadqiqiy ishlar olib bordi. Natijada "Hamsa"ga kirgan besh doston: "Hayrat ul-abror", "Farhod va Shirin", "Layli va Maj-nun", "Sabʼai sayyor", "Saddi Iskandariy"larning barcha nashrlarini Sultonali Mashhadiy, Abdujamil Kotib va boshqa kotiblar tomonidan koʻchirilgan nusxalari bilan qiyoslab, "Hamsa"ning asl matniga yaqin keladigan ilmiytanqidiy matnini tayyorladi va 1960-yil nashr ettirdi. Hamid Sulaymonov Navoiyning "Xazoyin ulmaoniy" asari tanqidiy matnini tayyorlab nashr ettirdi (1958—61). S. Gʻaniyeva "Majolis unnafois" asari tanqidiy matnini tayyorladi. Oʻzbek olimlardan S. Mirzayev, Gʻ. Karimov, S. Mutallibov, S. Dolimov, R. Majidiylarning matnchilikdagi xizmatlari natijasida bir qator oʻzbek mumtoz shoirlarining asarlari nashr etildi. Yozuvchi va shoirlardan Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Hamza, Oybek, Hamid Olimjon, Gʻafur Gʻulom, Usmon Nosir asarlari matnini nashr etishda ham M. ishlari amalga oshirildi. Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi asarlari matnini tayyorlash, nashr etish sohasida B. Karimov, H. Zarifov, 3. Karimova, M. Afzalov, T. Mirzayev, M. Murodov va boshqa xizmatini taʼkidlash mumkin Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling