Fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti filologiya fakulteti o


Yig‘ma-qiyosiy matn tuzish tamoyillari


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/15
Sana21.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1644737
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Otaboyeva Sevinchoy. Matnshunoslik-MUSTAQIL-TA LIM

Yig‘ma-qiyosiy matn tuzish tamoyillari 
O‘zbek matnshunosligining ildizi teran. Turkiy tilda matn tuzish an’analari yuzaga 
kelibdiki, uning bilan izma-iz matn bilimi (matnshunoslik) ham eviga kela 


boshlagan; matn tuzishning yo‘l-yo‘riqlari, printsiplari va nazariy 
asoslari ishlab 
chiqilib
, fan sifatida yuzaga kelgan edi.O‘zbek matnshunosligi o‘zining tarixiy 
taraqqiyoti davomida bir qancha yuksaluv bosqichini kechirdi. Ilkin bosqichi 
VI–VIII yuzyilliklarga to‘g‘ri keladi. Uning izlarini, matnga ilmiy munosabat, 
tayanch 
hamda 
asosli 
matn 
tuzish 
borasida 
to‘plangan 
bilim 
va 
tajribalarning 
amaldagi tadbiqini xoqonlar
, davlat arboblari, sarkardalar xotirasiga 
bitilgan ko‘hna monumental matnlarda — ko‘k turk bitiglarida kuzatamiz. Ko‘k turk 
bitiglari o‘tganlarning xotirasiga tiklangan yodgorliklar bo‘luviga qaramay, ularda 
matn tuzishning aniq printsiplari ishlab chiqilgan edi. Qiziq bir hodisa: adib va 
tarixchi Yo‘llug‘ tigin 732 yili, otasining topshirig‘iga ko‘ra, amakisi Kul tigin 
xotirasiga atab bitig yozgan. Oradan ko‘p o‘tmay, 735 yili o‘z otasi Bilga xoqon 
xotirasiga atab o‘rnatilgan bitigni yozishda ham xuddi o‘sha yo‘lni tutgan: hatto 
birinchi bitigdagi matnning katta bir bo‘lagini olib, uni tahrir qilib, ikkinchi bitigga 
ham kiritgan. Yo‘llug‘ tiginning matnshunoslikdagi 
yutuqlaridan biri shunda ediki

u tarixiy matn tuzish printsiplarini ishlab chiqdi. Ulug‘ adib boshlab bergan an’ana 
keyingi davrlarda ham davom etdi. Matnshunoslik tarixida temuriylar davri katta bir 
yuksalish bosqichi sanaladi. Bu davrda o‘zbek matnshunosligida klassik asarlarni 
o‘rganish va ularning tayanch nusxalarini yaratish borasida katta yutuqlarga 
erishildi. Matnshunoslik tarixida ilmiy-tanqidiy matn tuzish tamoyillari ana shu 
kezlari ishlab chiqildi. Bunga Boysung‘ur mirzo qo‘l ostida Firdavsiy 
“Shohnoma”sining tanqidiy matni yaratilganligi o‘rnak bo‘la oladi. Matn 
so‘zboshisini ham Boysung‘urning o‘zi yozgan edi. Yoki Xo‘ja Arslonxon qo‘l 
ostida, uning ko‘rsatmasi bilan Adib Ahmad Yugnakiy qalamiga tegishli “Hibat 
ul-haqoyiq” asarining yig‘ma matni yaratildi. Ushbu tayanch matnni 1444 yili 
Samar qandda Zaynulobidin baxshi uyg‘ur xatida tuzib chiqqan. Asarning qolgan 
nusxalari esa ushbu tayanch matn asosida yaratilgan.O‘tmish matnshunosligining 
diqqatga sazovor muhim belgisi — an’anaviylik va uzluksizlik, shu sohada 


to‘plangan bilim va ko‘nikmalar amalda qo‘llab kelingani bilan o‘lchanadi. 
Hozirgi zamon matnshunosligi o‘tgan asrning 30-yillaridagi suronli davrlardan 
keyin yangidan, 
aytish mumkinki
, yo‘q yerda bo‘y ko‘rsatdi. Shunday esa-da, oz 
fursatda fanning ilg‘or yutuqlarini egallab, katta mavqega ko‘tarilib ulgurdi. 
Matnshunosligimizda o‘tgan davr ichida katta ishlar amalga oshdi. Quvonarlisi, 
hozirgi o‘zbek 
matnshunosligi
, ayrim yo‘nalishlarda, amaliy sohalarda, arab 
yozuvli manbalarni o‘rganishda yetakchi o‘rinda turadi. Biroq matnshunosligimiz 
bu yutuqlarda to‘xtab qolmasligi, har qachon ham dunyodagi ilg‘or o‘rinlarni 
egallamog‘i kerak. Eski va boy yozma merosga ega bo‘lgan xalqning matn bilimi 
ham shunga yarasha bo‘lmog‘i lozim. 
Tinimsiz izlanishlar
, hozirgi zamon 
matnshunosligining ilg‘or yutuqlariga tayanilgan bilim va tajribalargina soha 
kelajagiga yo‘l ochadi. Buning uchun, bizningcha, quyidagi jihatlarga e’tibor 
qaratilgani ma’qul.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling