Fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti filologiya fakulteti o
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Otaboyeva Sevinchoy. Matnshunoslik-MUSTAQIL-TA LIM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Qo‘lyozma va toshbosma kitoblar
Muzeylarda, maxsus kutubxonalarda saqlanadigan qo‘lyozma kitoblarga ko‘zimiz tushganda uning varaqlari nihoyatda nafisligidan, har bir sahifasi o‘ziga xosligidan hayratga tushamiz. Necha zamonlar o‘tsa-da, qo‘lyozma kitoblar o‘z sifatini yo‘qotmay kelayotir. Quyida bu nodir kitoblarning yaratilish tarixiga bir nazar tashlaymiz. Kitob tayyorlash qadimda murakkab jarayon bo‘lib, qo‘lyozma tayyor kitob holiga kelguniga qadar bir necha kasb egalari uning ustida ishlagan. Eng avvalo, kitob uchun qog‘oz tanlangan. Qog‘ozning sifatiga alohida ahamiyat berilgan. Ma’lumki, O‘zbekiston hududida qog‘oz tayyorlashning bir qancha maktablari shakllangan edi. Ayniqsa, Samarqand, Buxoro va Qo‘qonda tayyorlangan qog‘ozlar dunyoning ko‘pgina davlatlarida ham eng xaridorgir mahsulotlardan sanalgan. Qog‘ozlarni sifati va turiga ko‘ra uch guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi turi ipakdan tayyorlangan bo‘lib, pishiqligi, o‘ta silliqligi, yupqa va nafisligi bilan ajralib turadi. Ikkinchi turi esa ipak va kanop aralashmasidan olingan. Bu qog‘oz qalin va pishiq bo‘lgan. Uchinchi navli qog‘oz asosan paxtadan ishlangan. Tayyorlangan qog‘ozga muhrokash (qog‘ozni silliqlash bilan shug‘ullanuvchi usta) ishlov berib, uni yozish uchun tayyor holga keltirgan. Ba’zan o‘ta sifatli qog‘ozni tayyorlash uchun silliqlash jarayoni 7-8 marta takrorlangan. Bunday oliy sifatli qog‘ozga yozayotgan xattot xato qilib qo‘ysa, matnni yuvib tashlashi va uni qayta ohorlab, ishni davom ettirishi mumkin bo‘lgan. Qog‘ozlarga turli o‘simliklardan tayyorlangan bo‘yoqlar yordamida rang berilgan. Kitob ustalari ko‘proq pushti, sariq, ko‘k rangli qog‘ozlarni ma’qul ko‘rganlar. Usta qog‘ozni muayyan o‘lchamda tayyorlagandan so‘ng qog‘oz xattotning qo‘liga o‘tgan. Xattotlar esa qamishdan ishlangan qalam bilan siyoh yordamida kitob matnini yozib chiqqanlar. Xattotlik ham alohida san’at darajasiga ko‘tarilgan. Xattot o‘z ishini tugatgandan keyin qo‘lyozmani tayyorlash jarayoniga musavvir va naqqoshlar kirishgan. Ular kitob sahifalariga turli naqshlar, asar mazmunidan kelib chiqib miniaturalar ishlagan, sahifalarni hoshiyalar bilan bezagan. O‘ta qimmatli qo‘lyozmalar muzahhib (qo‘lyozma kitoblarning muqova, sarlavha, sahifalarini oltin yoki kumush suvi yugurtirib bezovchi usta) qo‘liga ham topshirilgan. U sahifa, hoshiyalarni zarhal rang bilan bezagan. Keyingi bosqichda kitobga lavvoh ishlov bergan. Lavvoh kitob tuzuvchi bo‘lib, varaqlarni birlashtirish, tikib yig‘ish bilan shug‘ullangan. Qo‘lyozma kitobni yaratish va badiiy bezash jarayonini muqovasoz-sahhof yakunlagan. Muqovaning bir necha qismlari bo‘lgan: ustki va ostki qopqog‘i, qovurg‘asi. Qovurg‘a sahifalarni birlashtirib, qopqoqlar orasida siqib turgan. Sahhof o‘z ishini tugatganidan so‘ng kitob tayyor holga kelgan. Shu tariqa kitoblar bir necha bosqichlardan so‘ng kitobxonning qo‘liga yetib borgan. Qadimda risolalar asosan qoʻlyozma tarzida tayyorlangan. Sharqda qoʻlyozmalarni xattotlar bejirim qilib oqqa koʻchirib, naqqoshlar bezaklar bilan bezashgan, muqovasozlar varaqlarni tikib va qolipga tortib, kitob holida chiqarishgan (qarang Noshirlik). Kitob bosishga doir dastlabki tajribalar Xitoyda 1041—48 yillarda amalga oshirilgan (Bi Shen). Dastlabki B. Germaniyada I. Guttenberg tomonidan 1445-yil tashkil qilingan. Turkistonda birinchi bosma kitob 1868-yil Turkiston harbiy okrugi shtabi (Toshkent) B.sida chop qilindi. Birinchi rasmiy gazeta — "Turkestanskiye vedomosti" ham shtab B.sida bosila boshladi. Oʻzbek tilida nashr qilingan birinchi kitob Shohimardon Ibrohimovning "Kalendar" ("Taqvim") kitobi (1871) boʻldi (Sh. Ibrohimov bir necha yil "Turkiston viloyatining gazeti"da tarjimonlik qilgan, keyinroq muharrir muovini lavozimida ishlagan). 1874-yil Xiva shahrida Muhammad Rahimxon (Feruz) tomonidan litografiya (toshbosma) qurildi vauyerda 19-asr 80- yillaridayoq anchamuncha kitoblar bosildi. Unda 1880-yilda Alisher Navoiyning "Hamsa"si, shoir Munis Xorazmiyning "Devoni Munis" va "Devoni Roji" bayozlari bosilib chikdi. 1898-yil Toshkentda eski shahar markazida hozirgi 1bosmaxona tashkil qilinib, bu yerda oʻzbek, tojik, turkman, qozoq va qirgʻiz tillarida darsliklar chiqarila boshladi. Ayni vaqtda u matbaachi kadrlar va matbaa tashkil otchilari tayyorlaydigan markazga aylandi. Keyinchalik Toshkentda, viloyatlar va tumanlar markazlarida birinketin B.lar qurildi. Oʻzbekistonda 123 Bosmaxona faoliyat koʻrsatadi (2000). Shundan "Sharq" nashriyotmatbaa aksiyadorlikjamiyati bosmaxonasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi ijaradagi Toshkent matbaa kombinati, rangli bosma fabrikasi, kitobjurnal fabrikasi, Birinchi Toshkent bosmaxonasi, Yangiyoʻl kitob fabrikasi, "Fan" nashriyoti bosmaxonasi va Nukus matbaa kombinati, OʻzbekBritaniya "Rastr" qoʻshma korxonasi yirik Bosmaxona hisoblanadi (yana qarang Matbaachilik sanoati) . Blarning har xil turlari mavjud. Ikki yoki undan koʻp bosma usullaridan foydalanadigan Bosmaxona matbaa kombinata deb ataladi. Asosan ofset bosma yoki chuqur bosma usullarida ishlaydigan Bosmaxona fabrika (mas, harita fabrikasi, kitob fabrikasi, rangli bosma fabrikasi, harf terish fabrikasi) deb ataladi, Tayyorlaydigan mahsuloti turiga qarab B. gazeta, jurnal, kitob, plakat, harita, blank chiqaradigan va boshqa turlarga bulinadi. Bosmaxonalar yirik, oʻrta va kichik xillarga ham ajratiladi. Bosmaxonalar birlashib, matbaa ishlab chiqarish birlashmalarini tashkil qilishi mumkin. B.ning asosan bosma qoliplar tayyorlash, bosish, mahsulotlarni pardozlash va yordamchi sexlari boʻladi. Qoliplar tayyorlash sexida yuqori bosma usuliga — harf terish, sinkografiya klishelari va quyma stereotiplar; ofset usuliga — qolip va monometall (alyuminiy, rux), bimetall va trimetall (mas, poʻlat, mis, xrom); chuqur bosmaga — mis yoki xromlangan qoliplar tayyorlaydi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng Bosmaxonalar tubdan qayta jihozlandi. Bosmaxonalarda matn va rasmlar zamonaviy kompyuterlarda terilmoqda va chop etilmoqda. Chop etish jarayonida adadining kamkoʻpligiga qarab yuqori tezliqda ishlaydigan gʻaltak (rotatsiya) hamda tekis bosma, bir va koʻp rangli bosma mashinalar ishlatilmoqda. Pardozlash sexida ham adadining kamkoʻpligiga qarab yakka stanoklar yoki katta agregatlar, potok liniyalar qoʻllanilmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar: Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling