Fan: Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (Ixtisoslik Sirtqi 4-kurs 2-semestr)
Mustaqil ta'lim. Variant №: 12
1.
Quyidagi savollarga javob yozing:
1. 16-son Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti (Asosiy vositalar) ga asosan asosiy vositalarni
korxona hisobidan chiqarish haqida tushuntirib bering.
2. 2-son Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti (Zaxiralar) ga asosan "Xomashyo va materiallar",
"Tugallanmagan ishlab chiqarish", "Tovarlar" va "Tayyor mahsulotlar" atamalarini tushuntirib bering.
3. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo'yicha tuziladigan "Pul oqimlari harakati" to'g'risidagi
hisobotning mazmunini tushuntirib bering.
2. Quyidagi masalani yeching:
"Alfa" MCHJ korxonasi xalqaro standart qoidalariga asosan hisob yuritadi. Mamlakatda daromad soliq
(12%), INPS (0,1%) va Ijtimoiy soliq (12%) soliq turlari amal qiladi. Korxonada (6 kunlik ish haftaligida
ish rejimi) ning xodimi Hakimov B. ga 2023-yil uchun ish haqi va undan soliqlar hisoblanmoqda. Uning
lavozim maoshi 4 600 000 so'm qilib belgilangan. Fevral oyida Hakimov B. 6-7 fevral kunlari ish haqi
to'lanmaydigan ta'tilda bo'lgan. Fevral oyida Hakimov B. ga qo'shimcha 1 mln so'm mukofot
hisoblangan. Shuningdek, korxonada ushbu xodimning daromadidan 20% miqdorida har oylik aliment
undirishni so'ralgan sudning ijro varaqasi mavjud. Quyidagi miqdorlarni hisoblang: 1. Xodimga
hisoblangan jami daromad; 2. Xodimning ish haqidan daromad solig'i, ijtimoiy soliq va INPS miqdorlari;
3. Hisoblangan aliment miqdori; 4. Ish haqining xodimga to'lanadigan miqdori.
3. Quyidagi masalani yeching:
"Beta" MCHJ korxonasi xalqaro standart qoidalariga asosan hisob yuritadi. Korxona 2023-yilning yanvar
oyida boshida ofis mebeli xarid qildi va foydalanishga topshirdi. Mebelni xarid qilishga 4 000 000 sh.b.
va tashib keltirishga 600 000 sh.b. xarajat qildi. Ushbu mebelning tugatish qiymati nolga teng va unga
yillik 20% eskirish hisoblash nazarda tutilmoqda. Topshiriqlar: 1. Mebelning boshlang'ich qiymatini
aniqlang. 2. Mebelning birinchi oyda eskirish summasini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |