Fan: Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (Ixtisoslik Sirtqi 4-kurs 2-semestr)
Mustaqil ta'lim. Variant №: 21
1.
Quyidagi savollarga javob yozing:
1. 16-son Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti (Asosiy vositalar) ga asosan asosiy vositalarni
korxona hisobidan chiqarish haqida tushuntirib bering.
2. 2-son Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti (Zaxiralar) ga asosan tovar-moddiy zaxiralarni
hisobga olishning FIFO va AVECO usullari mazmunini tushuntirib bering.
3. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo'yicha tuziladigan "Pul oqimlari harakati" to'g'risidagi
hisobotning mazmunini tushuntirib bering.
2. Quyidagi masalani yeching:
"Alfa" MCHJ korxonasi xalqaro standart qoidalariga asosan hisob yuritadi. Mamlakatda daromad soliq
(12%), INPS (0,1%) va Ijtimoiy soliq (12%) soliq turlari amal qiladi. Korxonada (5 kunlik ish haftaligida
ish rejimi, bunda kuniga 8 soatlik ish vaqti) ning xodimi Hakimov B. ga 2023-yil uchun ish haqi va
undan soliqlar hisoblanmoqda. Uning lavozim maoshi 4 400 000 so'm qilib belgilangan va ish
jarayonining barcha kunlarda ishda bo’lganda to’liq to’lab beriladi. Fevral oyida Hakimov B 18-fevralda
ish jarayoni zarurati sababli 1 kun dam olish kunida ham ishlagan. Shuningdek, korxonada ushbu
xodimning daromadidan 20% miqdorida har oylik aliment undirishni so'ralgan sudning ijro varaqasi
mavjud. Quyidagi miqdorlarni hisoblang: 1. Xodimga hisoblangan jami daromad; 2. Xodimning ish
haqidan daromad solig'i, ijtimoiy soliq va INPS miqdorlari; 3. Hisoblangan aliment miqdori; 4. Ish
haqining xodimga to'lanadigan miqdori.
3. Quyidagi masalani yeching:
"Beta" MCHJ korxonasi xalqaro standart qoidalariga asosan hisob yuritadi. Korxona 2023-yilning yanvar
oyida boshida ishlab chiqarish binosini xarid qildi va foydalanishga topshirdi. Binoni xarid qilishga 120
000 000 sh.b., xarid qilish bo'yicha konsalting xizmatlariga 3 000 000 sh.b. va davlat ro'yxatidan
o'tkazishga 5 000 000 sh.b. xarajat qildi. Ushbu binoning tugatish qiymati nolga teng va unga yillik 5%
eskirish hisoblash nazarda tutilmoqda. Topshiriqlar: 1. Binoning boshlang'ich qiymatini aniqlang. 2.
Binoning birinchi oyda eskirish summasini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |