“fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari” moduli bo‘yicha
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
hIlwR9XDw3PB8LmKOTRn3sQiCSyxclazgtwelY9g
- Bu sahifa navigatsiya:
- DOLZARB MASALALARI” moduli bo‘yicha KIMYO DARSLARIDA XALARO TDQIQOTLAR TOPSHRIQLARIDAN FOYDALANISH
- “Metallar mavzusiga oid masalalar yechish metodikasi” mavzusidan ma’ruza matni Ma’ruzasi: Ganiyeva Shoira Muratbayevna Toshkent 2021
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi “FANDAGI YANGILIKLAR, FANNI O‘QITISHNING DOLZARB MASALALARI” moduli bo‘yicha KIMYO DARSLARIDA XALARO TDQIQOTLAR TOPSHRIQLARIDAN FOYDALANISH “KIMYO DARSLARIDA XALARO TDQIQOTLAR TOPSHRIQLARIDAN FOYDALANISH” o‘quv kursining “Metallar mavzusiga oid masalalar yechish metodikasi” mavzusidan ma’ruza matni Ma’ruzasi: Ganiyeva Shoira Muratbayevna Toshkent 2021 4-Mavzu: Metallar mavzusiga oid masalalar yechish metodikasi. Reja: 1.Metallar haqida ma’lumotlar. 2.Metodlardan foydalanish. 3.Tavsiyalar. Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish,yoshlarimizni chuqur bilim,yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash,raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlangan ishlarni jadal davom ettirish va yangi zamonaviy bosqichga ko‘tarish asosiy vazifalarimizdan biridir. O‘qitishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning zaruriy sharti quyidagilar: birinchidan, axborot hajmining ko‘pligi, kengligi va tezda yangilanib borayotganligi; ikkinchidan, texnik taraqqiyotning tezligi, zamonaviy asbob va anjomlar tez taraqqiy qilayotganligi; uchinchidan,o‘qitishning turli texnik vositalarining taraqqiy etib borayotganligi; to‘rtinchidan, tashqi ta’sirlar,o‘quvchilar uchun bundanda qiziq telefon, internet, ijtimoiy saytlar va boshqalar mavjudligi. Bundau ta’sirlar bugungi kun darslarini zamon talabidarajasida o‘tishni talab qiladi. Hozirgi zamonda yosh avlodning kompyuter texnikasiga qiziqishi metallar mavzulari bo‘yicha animatsiya va multimediya yaratishga tutrki bo‘ldi.Bunda o‘quvchilarni o‘zlashtirishi lozim bo‘gan bilim,ko‘nikma,malaka va kompenensiyalarga ega bo‘lishiga olib keladi.Bu holat o‘qituvchi ishini osonlashtiradi,Shu bilan birga o‘quvchi uchun kerakli tajribalarni kompyuter yordamida tajribalarni computer yordamida o‘zi bajarib,mavzuni o‘zlashtirish imkonini beradi. O‘quv jarayonida o‘quvchilarga mavzularni etkazib berish muhim hisoblanadi.Hamma o‘quvchilarda bir xil imkoniyatlar yo‘q, shuning uchun kutubxona yordamidan foydalanish yaxshi natija beradi.Yana bir muammo Shundaki,undan mashg‘ulot davomida o‘qituvchi qanday foydalanishi mumkinligini,uni kompyuterda halqilishi mumkin.Mashgulotni tashkil etishda har xil yondashish mumkin. Mavzular kompakt disklarda yoki internet orqali yetkazilishi mumkin.Masalan,metallarning olinishiga doir tajribalarni animatsiyalardan foydaanib o‘rganish mumkin.Shunday qilib,”Anorganik kimyo” fanining metallarga oid mavzularini yoritishda axborot texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning bilim olishlariga bo‘lgan qiziqishini oshiradi,uni rivojlantiradi.Metallar mavzularining ahamiyatini tez va oson tushunib yetishga,kimyoviy reaksiyalarni xavfsiz bajarishga imkon yaratadi. Tabiiy (kimyo) fanlarini o‘qitish boshqa fanlar singari ta’lim-tarbiya birligifa asoslanib, o‘sib kelayotgan yosh avlodda siyosiy,g‘oyaviy, ma’naviy-axloqiy, jismoniy fazilatlarni, yuksak ong va madaniyatni shakllantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qyo‘yadi. Demak, yosh avlod, o‘quvchilarning, umuman, millatning qanday siyosiy, g‘oyaviy, axloqiy tamoyillar asosida yashashi va mehnat qilishi bugungi kunda yurtimizda amalga oshitilayotgan uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimi samaradorligiga bevosita bog‘liq. Bunday muhim vazifalarni amalga oshirishda tabiiy fanlar(kimyo) sohasidagi so‘nggi yutuqlar hamda ilmiy yangiliklarga tayangan holda, mavjud holatni ilmiy- nazariy o‘rganish, mazmunan boyitish, takomillashtirish hamda islohotlar talablariga to‘la javob beradigan darajaga keltirish prinsiplariga asoslanishi zarur. Tizim muvaffaqiyati fanlarning o‘qitlish sifati,fanlar o‘rtasidagi o‘zaro integratsiya, o‘quvchilarning kamoloti, ong va tafakkurini yuksaltirilishiga qaratilgan ta’lim- tarbiya jarayonining samarali tashkil etilishiga bog‘liq. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling