“fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari” moduli bo‘yicha
Metallarning umumiy xossalari. Ularning fizik va kimyoviy xossalariga
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
hIlwR9XDw3PB8LmKOTRn3sQiCSyxclazgtwelY9g
Metallarning umumiy xossalari. Ularning fizik va kimyoviy xossalariga asoslanib sinflarga bo‘linishi Davriy jadvalning katta IV– VI va tugallanmagan VII davrlari qo‘shimcha gruppachalariga va I, II, III (bordan boshqa) gruppalarinimg asosiy gruppachasiga bo‘lgan barcha elementlar metallardir. Metallarga fizikaviy jihatdan yaltiroqlik, qattiq holat, yorug‘likni qaytarish, issiqpik va elektr tokini yaxshi o‘tkazish, deformatsiyalanish xususiyatlari, kimyo- viy jihatdan esa oson elektron berish va qaytaruvchi-lik xossalarini namoyon qilish xosdir. . Metallarda metall bog‘lanish v kristall panjaradagi musbat zaryadli atom- ionlar bilan panjara bo‘shlig‘idagi “elektronlar oqimi” o‘rtasida yuzaga keladigan o‘za-ro tortiShuv kuchlari mavjud. Shu sababli ular issiq-likni va elektr tokini yaxshi o‘tkazadilar (20-rasm). Metallar atomlarining elektron tuzilishiga ko‘ra s-metallar (ishqoriy va ishqoriy-yer metallari), r-metallar (III – IV gruppalar asosiy gruppachasi metallari), d – metallar, f – metallarga bo‘linadi. Metallarning davriy jadvaldagi o‘rniga ko‘ra, ular-ning xossalari quyidagi tartibda o‘zgarib boradi: – elementlarning davrlarda tartib raqami ortib borishi bilan metallik xossalari kamayib boradi. Chunki tartib raqami ortishi bilan atom radiusi kichrayadi va tashqi elektronning yadro bilan tortishish kuchi ortadi va metall valent elektronini qiyin beradi. Masalan: Na v Mg – Al qatorida suv bilan ta’sirlashishi Na ishtirokida shiddatli, Mg bilan sekin, Al bilan yuqori temperaturada (qizdirganda) boradi. NaaO – kuchli, Mg – kuchsiz asosli oksid bo‘lsa, A1 2 O 3 – amfoter oksid. Gruppalarda elementlarning tartib raqami ortishi bilan ularning metallik xossasi kuchayadi. CHunki, tartib raqami ortishi bilan atomdagi elektron qavatlar soni ortib, atom radiusi kattalashadi va tashqi elektronlar osonlik bilan chiqib ketadi. Masalan: Li (ionlanish energiyasi J = 5,39 ev), Na (5,14), K (4,34), Rb (4,7) va Cs (3,89) qatorida ishqoriy metallarning faol-ligi ortib boradi. Agar Li — metali oddiy sharoitda ochiq havoda vaqt o‘tishi bilan oksidlanib oq rangli moddaga aylansa, Cs – ochiq havoda alanga olib ketadi. Shu siygari LiOH ga nisbatan CsOH kuchli asosdir. Katta davrlarning p- va d-metallarida bu xususiyatlar saqlanib qolinsada, ancha kuchsizroq namoyon bo‘ladi. s-metallardan farq qilib, ular o‘zgaruvchan oksidlanish metallari Sn – qalay va Pb — qo‘rg‘oshin +2 va +4 ok-sidlanish darajasidagi oksidlarni hosil qiladilar. Le-kin bu oksidlarda metallarning oksidlanish darajasi ortishi bilan ularning kislotali xossasi kuchayadi. Past oksidlanish darajasidagi birikmalari Sn +2 , Pb +2 qaytaruvchi, yuqori oksidlanish darajadagi Sn +4 , Pb +4 birikmalari oksidlovchi bo‘ladi. Shu sababli PbO 2 kuchli oksidlovchi sifatida keng qo‘llaniladi. s – metallarning vodorodli birikmalari (gidridlari-LiH, NaH, SaN 2 ) tipik ionli bog‘lanishga ega bo‘lsa, r – metallar gidridlari (A1N 3 , GaH 3 , VSH 3 )da kovalent bog‘lanish hissasi ortadi, ular beqaror bo‘ladilar. d-me-tallarning gidridlari deyarli mavjud bo‘lmay, ular o‘zla-rining sirtlarida vodorodni molekular (N 2 ) holda, mo- lekulalararo ta’sir kuchlari vositasida tutib (adsorbilab) turadilar. Masalan: Pt – metali, N 2 — gazini adsorbilab (H 2 /Pt) vodorod elektrodining ishlashini ta’minlaydi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling