“fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari” moduli bo‘yicha
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
hIlwR9XDw3PB8LmKOTRn3sQiCSyxclazgtwelY9g
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Metallarning ichki tuzilishi nazariyalari, kamyob va nodir metallarning umumiy xarakteristikasi.
Fizikaviy xossalari. Metallar xona temperaturasi-da qattiq moddalar bo‘lib,
faqat simob – suyuq metall. Metallar yumshoq, oson bolg‘alanuvchan va juda qattiq bo‘lib, yumshoq metallarga Li, Na, K, Sa, In larni kiritish mumkin (ularni pichoq bilan kesib bo‘ladi). Oson bolg‘alanuvchan va ishlov berish oson bo‘lgan metallar – Al, Cu, Ag, Sn, P va oltin, undan 0,003 mm qalinlikdagi yupqa plastinka yoki simlar tayyorlash mumkin. Eng qattiq metall — Cr (xrom), u bilan shishani kesish mumkin. Zichligiga ko‘ra: yengil (p < 5 g/sm3) va og‘ir (p > 5 g/sm3) metallarga bo‘linadi. Yengil metallarga: Li, Na, K, Rb, Cs, Mg, Ca, Ba, Al lar kiradi. Og‘ir metallarga: G‘ye, Zn, Cu, Ag, Au, Hg, In, Mn, Co, Ni, Pb, Sn, Mo, W. kiradi. Metallar ichida eng yengillari: Li (0,534 g/sm3), Na (0,97 g/sm3), K (0,86 g/sm3) lar bo‘lib, ular suvdan yengildir. Eng og‘ir metall – osmiy Os (22,5 g/sm3). Elektr o‘tkazuvchanlik bo‘yicha: kumush > mis > oltin > aluminiy va boshqa metallar turadi. Suyuqlanysh temperaturalariga ko‘ra: "oson suyuqlanuvchan" - Hg (-30°S), Cs(28,5°), Ga (29,7°), K (63,6°), Na (97,8°), Sn (231,-2°) va Pb (327,3°) metallarga, "qiyin suyuqyaanuvchan" - Ni (1453°), So (1493°), G‘ye (1540°), Pt (1769°), Cr (1875°), Mo (2620°), W (3390°S) metallarga bo‘linadi. Tabiatda tarqalishiga ko‘ra: kam tarqalgan (Li, Rb, Cs, Ve, Mo, V, Nb, ffi); siyrak-yer metallari (Sc, Y (it-triy)), La va lantanoidlar; tarqoq (Ga, In, Tl, Ge), noyob (Au, Ag, Pt, Pd, Rh, Ir, Ru, Os) metallar va radioaktiv (Ra, Th, U, Ac va aktinoidlar) metallarga bo‘linadi. 2. Metallarning ichki tuzilishi nazariyalari, kamyob va nodir metallarning umumiy xarakteristikasi. Metallar tabiatda erkin holda (Au, Ag, Cu, G‘ye, Hg) va turli irikmalar (oksidlari, sulfidlari va boshqa tuzlari) holida tarqalganlar. Metallarni olish, ular asosida turli qotishma va maxsus birikmalar ishlab chiqarish bilan kimyo sanoatining o‘ziga xos sohasi – m-tallurgiya Shug‘ullanadi. Metallurgiya deb, kimyo sanoatining tabiiy manbalar va rudalardan metallarni olish va qayta ishlash bilan Shug‘ullanadigan sohasiga aytiladi. Metallurgiya qora (temir va ularning asosidagi qotishmalar) va rangli metallurgiyaga bo‘linadi. Rangli metallurgiya yengil, noyob va og‘ir metallar ishlab chiqarish bilan Shug‘ullanadi. Hozirgi vaqtda metallurgiya sanoati yordamida 75 xil metall va ular asosidagi turli qotishmalar ishlab chiqarilayapti. Metallurgiya metallarni olish usullariga ko‘ra: piro-metallurgiya, gidrometallurgiya va elektrometallurgiya turlariga bo‘linadi. Tarkibida ajrashib olinadigan metall saqlagan qazilma boylik — ruda deyiladi. Rudaning asosiy moddadan tashqari qismi — bekorchi aralashma bo‘lib, ularga: qum – Tuproq, loy. oxaktosh kabilar kiradi. Rudanining suyuqlanish temperaturasini kamaytirish uchun qo‘shiladigan qo‘shimcha – flyus deyiladi. Flyus bekorchi aralashmalar bilan oson suyuqlanuvchi aralashma – shlak hosil qiladi va chiqarib yuboriladi. Agar bekorchi aralashma qum bo‘lsa, flyus – ohaktosh (CaCO3) bo‘ladi va aksincha. Ikkala holda ham shlak CaSiO3 holida chiqarib yuboriladi. Agar ruda tarkibida ajratib olinadigan metall miqdori kam bo‘lsa, ruda boyitiladi yoki kontsentrlanadi. Uning flotatsion, gravitatsion va magnit usullari mavjud. Flotatsion usulda rudaga sirt aktiv xossaga ega bo‘lgan modda — flotareagent qo‘shiladi. Bu modda ruda bilan aralashma hosil qilib uning sirtini namlanishdan saq-lab, suv va havo oqimi ta’sirida ko‘pik hosil qilib, sirtida ruda zarrachalarini suvning sirtiga ko‘tarib chiqadi, bekorchi jinslar cho‘kadi. Suv sirtidagi boyi-' tilgan ruda ajratib olinadi. Flotareagentlar – tarkibida qutbsiz yea qutbli atomlar gruppalari saqlagan organik sirt aktiv moddalardir. Masalan, stearin – C 17 H 35 – COOH va palmitin – C 15 H 35 COOH kislotalari. (C 17 H 35 –, C 15 H 35 – qutbsiz, – COOH – qutbli gruppalar). Gravitatsion usul — turli o‘lchamli ruda zarrachalarining zichligi (og‘irligi) har xilligidan foydalanib, suyuqliklar bilan aralashmalari (suspenziyalari)da ruda zarrachalarining turlicha cho‘kishiga asoslangan boyitish usulidir. Magnitli usul – magnitga tortiluvchi (yoki magnit bilan ta’sirlashmaydigan) zarrachalarga magnit maydoni ta’sir ettirib axratishga asoslangan usuldir. O‘zbekistonda metallurgiyaning rangli, o‘tga chidamli va radioaktiv metallar ishlab chiqarish sohalari rivojlangan. CHirchiq shahrida "O‘tga chidamli va qiyin eruvchan metallar" korxonasi Mo, W, So, Ni metallarini olish va ular asosida turli qotishmalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Olmaliq “Tog‘-kon metallurshya kombinati” turli rangli va noyob metallar (Cu, Zn, Au, Ag) olishga ixti-soslashgan. Navoiy “Tog‘-kon metallurgiya kombinati” noyob (Au, Ag) va radioaktiv metallar (uran va uning birikmalari) tushgan rudalarni boyitish, qayta ishlash va tarkibiy qismlarga ajratishga ixtisoslashtirilgan. Bekobod metallurgiya zavodi, Samarqand Cho‘yan zavodida metallar va qotishmalarni qayta ishlash jarayonlari olib boriladi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling